O‘zaro hamkorlik to‘G‘risida shartnoma №2023 yil “ ” Xiva sh. Quyida “Ta’lim muassasasi”


Download 146.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi146.29 Kb.
#1205776
  1   2
Bog'liq
2 5426959364843906280



O‘ZARO HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA 
SHARTNOMA №______ 
 
2023 yil “___” _____________ Xiva sh. 
 
Quyida “Ta’lim muassasasi”deb nomlanuvchi “Ma’mun universiteti” NTM nomidan 
rektor A.Xudaybergenov bir tomondan va ikkinchi tomondan “Hamkor tashkilot” deb 
nomlanuvchi _______________________________ __________________________ 
nomidan 
______________________________ 
______________________, 
ushbu 
shartnomani quyidagilar haqida tuzdik: 
1. Shartnomaning mazmuni 
1.1. “Ta’lim 
muassasasi” 
va 
_______________________________________ 
___________________________ o‘rtasidagi shartnomaning maqsadi tegishli bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali iqtisodchi 
kadrlar tayyorlash borasida o‘zaro hamkorlik qilishdan iborat. 
 
2. Tomonlarning majburiyatlari 
2.1. “Ta’lim muassasasi” majburiyatlari: 
a) Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun umumkasbiy va 
ixtisoslik fanlari ro‘yxatini tuzishda “Hamkor tashkilot” takliflarini inobatga olish; 
b) Magistrlik dissertatsiyalari, bitiruv malakaviy ishlari, kurs ishlari va boshqa ilmiy-
tadqiqot ishlari mavzularini “Hamkor tashkilot” ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
belgilash; 
v) “Hamkor tashkilot”ning yetakchi mutaxassislarini “Ta’lim muassasasi” 
mutaxassislik kafedralari faoliyatiga soatbay va o‘rindoshlik asosida ishga jalb etish; 
g) Bakalavriat va magistratura bitiruvchilarini “Hamkor tashkilot” buyurtmasiga ko‘ra 
ishga yo‘llash;
d) “Hamkor tashkilot” yetakchi mutaxassisliklari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot 
ishlarini bajarish, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish; 
e) bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari hamda professor-o‘qituvchilarni 
yil davomida belgilangan muddatlarda “Hamkor tashkilot” boshqarma va bo‘limlariga 
amaliyot stajirovka o‘tash uchun yo‘llash; 
j) talabalarni amaliyotga yuborishdan avval va amaliyot jarayonida: 
- talabalarni amaliyot dasturlari bilan ta’minlash; 
- talabaning amaliyotni o‘tkazish jadvalini uning amaliyot rahbari bilan o‘zaro 
kelishgan holda ishlab chiqish. 
2.2. Hamkor tashkilot” majburiyatlari: 
a) Iqtisodiyot sohasiga oid yangi me’yoriy hujjatlar bilan “Ta’lim muassasasi”ni 
ta’minlashda ko‘maklashish; 
b) “Ta’lim muassasasi” doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar
talaba, magistrantlar ilmiy ishlarini tegishli amaliyot ma’lumotlari bilan ta’minlashda 
ko‘mak berish; 
v) “Ta’lim muassasasi” doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar, 
talaba, magistrantlari tomonidan bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘rganib borish, 
ularning natijalaridan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan hollarda, bu 
haqda tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish; 
g) “Ta’lim muassasasi” bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari hamda 
professor-o‘qituvchilarining yil davomida belgilangan muddatlarda “Hamkor tashkilot” 
va uning quyi organlarida amaliyot va stajirovka o‘tashlarini ta’minlash;


d) Talabalar amaliyotiga “Hamkor tashkilot” va uning quyi organlaridan yetakchi 
mutaxassislarini ilmiy rahbar sifatida biriktirish; 
e) “Hamkor tashkilot” va uning quyi organlaridan tajribali yetakchi mutaxassislarini 
soatbay va o‘rindoshlik asosida maxsus kurslarda o‘qituvchilik qilish uchun institutga 
jalb etishni qo‘llab quvvatlash; 
j) “Hamkor tashkilot” va uning quyi organlaridan ilmiy daraja va amaliy tajribalarga 
ega bo‘lgan yetakchi mutaxassislarini “Ta’lim muassasasi” bitiruvchilarining bitiruv 
malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik va opponentlik 
qilishlarini qo‘llab quvvatlash; 
z) Amaliyot o‘tash mobaynida faoliyati ijobiy baholangan talabalarni “Hamkor 
tashkilot” va uning quyi organlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda ishga qabul qilish; 
i) “Ta’lim muassasasi” tomonidan bir yilda bir marta o‘tkaziladigan “Karera 
xaftaligi”da “Hamkor tashkilot” va uning tegishli quyi organlarining ishtirokini 
ta’minlash. 

Download 146.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling