O`zb tarix 11 узб indd


Download 166.34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.05.2023
Hajmi166.34 Kb.
#1421399


Mavzu. 
Umumiy, o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim tizimi
Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi. Madaniy-ma’naviy
rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir. Chunki zamon 
talablariga javob beradigan, ilg‘or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini
egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi. 
O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 
Bu dasturilamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning 
burch va mas’uliyatlari aniq belgilab
berildi. Mustaqillikning dastlabki yilla- 
rida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi 
xodimiga davlat uylari, 22 mingdan
ortiq xodimga esa tashkilot va muas- 
sasalar tasarrufidagi uylar bepul xusu- 
siylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq 
pedagog xodimga shaxsiy qurilish
uchun yer maydonlari ajratildi. Qish-
loqlarda istiqomat qiladigan pedagog
Maktab binosi. 1991–2000 yillar.
xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun to‘lovlardan ozod etilgan 
bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab bordilar. Keyinchalik, 
kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo‘shib 
beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi.
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha
amalga oshirila boshlandi.
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4 sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf); 
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11 sinf);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori
bilan 1-oktabr – «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi hamda
bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi. 


Xalq ta’limi
vazirligi
O‘z R ta’lim 
turlari
↓ 
 
Vil XTB 
↓ 
 
Tum XTB 
↓ 
 
Shah XTB 

 
 
 
Yodda tuting!
 
1997-yildan boshlab har yili 1-oktabr 
«O‘qituvchilar va murabbiylar 
kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda. 
O‘zbekistonda barcha jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, 
dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar 
joyidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi 
siyosati 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi 
tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi.
1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‘qish 
yangi alifboda olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, 
qo‘llanma va darsliklar yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga 
oshirildi. I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart- 
sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 
milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga 
olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. III bosqich – 2005-yildan 
bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida 
erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda 
yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab, 
yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi.
Maktabdan
tashqari ta’lim
muassasalari
Umumiy ta’lim 
maktablari
Maktabgacha 
ta’lim 
muassasalari
Malaka oshirish 
institutlari
OTM (5)

Download 166.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling