“O`zbegim o`g`lonlari ” bellashuv tadbiri ssenariysi 1-boshlovchi
Download 46 Kb.
|
14-yanvar ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi
- 4-boshlovchi
- Xurshid
- Jasur
- Asadbek
- RAQS RAQS RAQS RAQS
- TAQLID TARANNUM III- SHART Arg`amchada uchish
- VATAN HAQIDA QO‘SHIQ
- Yakka ovoz
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan Qurolli kuchlar tashkil topganining 28 yilligi munosabati bilan “O`zbegim o`g`lonlari ” bellashuv tadbiri SSENARIYSI
Keksalar dardiga darmon yigitlar, Barnolar tilida doston yigitlar. Chaqindek charaqlab ko‘kni qoq yorib, Parvozi burgutdek osmon yigitlar.
Yigitlar qo`shiqqa o`ynashadi. Asadbek : do`stlar kelinglar avval salomlashib olaylik. Bexruz : xa to`g`ri Mo`min : kelinglar hamma o`ziga o`xshagan o`quvchilar bilan salomlashsin Xurshid : oooo zo`r fikr lekin avvalombor aziz ustozlarimizga Hamma : ASSALOM Abdullo : Assalomu aleykum Assalomu aleykum qaddi qomati kelishgan, bo`ylari uzungina, moda yarataman sochini peshonasiga tushirib olgan yigitlar. Dilshod : Assalomu aleykum Assalomu aleykum bo`ylari past bo`lsayam mushtlashishni yaxshi ko`radiganlar Bexruz : Assalomu aleykum Assalomu aleykum tanaffuslarda qizlarni sochidan tortib keyin esa qizlar hujumidan tirik chiqqan yigitlar Jasur : Assalomu aleykum Assalomu aleykum o`rtog`I bilan urushib ko`zini qizartirib ko`zimda allergiyasi bor deydigan o`quvchilar Xurshid : Assalomu aleykum Assalomu aleykum karidorlarda yugurib charmagan, Dono Ibragimovnaning kabinetlariga bir necha bor tashrif buyurgan, tushuntirish xatlarini dona dona qilib yozganlar. Asadbek: Assalomu aleykum Assalomu aleykum bo`ylari kichkina bo`lsada g`ururlari osmon, nega formang yo`q deganda manaku deb Jaketini ko`rsatadiganlar. Mo`minmirzo : Assalomu aleykum Assalomu aleykum sportga oshno hamda bir ishni qilib qo`yib men qilmadim deydiganlar.( Mo`-mi-n kechirasan san maktabimizda tanhosan) Asadbek : hurmatli maktabimiznig aziz o`quvchilari mexribon ustozlar barchangizni bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz. Marhabo : Assalomu aleykum qadrli tadbir qatnashchilari barchangizni 14- yanvar vatan himoychilari kuni bilan tabriklagan holda bellashuvimiz shartlari va hakamlar hay`ati a`zolari bilan tanishtiramiz. Demak,
1- SHART Ma`naviyat jasorati 2- SHART: Tosh ko`tarish 3- SHART: Arg`amchida uchish 4- SHART: Bayram salatini tayyorlash Marhamat hakamlar hay`ati a`zolari : …………………………………………………………………………………………………………………………………………………… Demak I SHART Hozir har biringizga iboralar aytiladi va siz shu iboralarni serma`no qilib izohlab berishingiz kerak. 1 ishtirokchiga …………………………………. 2 ishtirokchiga ……………………………………………. Marhamat ishtirokchilarimiz fikrlari baholangunga qadar musiqali tanaffuz.
Endi ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. Raxmat . Sizlarga yaxshi kayfiyat tilagan holda II SHARTni boshlaymiz. Bu shartda yigitlarimiz vatan himoyasiga qanchalik darajada jismonan tayyor ekanliklarini namoyish qiladilar. Shunday qilib II shartimiz TOSH KO`TARISH. 1- raqamli ishtirokchimizdan sahna qolishlarini va qolgan ishtirokchilardan sahnani tark etishlarini so`raymiz. Marhamat ishtirokchilarimiz baholangunga qadar bizda musiqali tanaffuz. TAQLID TARANNUM III- SHART Arg`amchada uchish.Bu shartda har bir ishtirokchi 1 minut ichida necha marta arg`amchada ucha olishini sinovdan o`tkazamiz. Marhamat 1- ishtirokchi keling. Marhamat ishtirokchilarimiz baholangunga qadar bizda musiqali tanaffuz. VATAN HAQIDA QO‘SHIQ Endi ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. IV- SHART Bizning mard-u maydon o`g`lonlarimiz nafaqat vatan posboni balki oila qo`rg`onidirlar. Oxirgi shartimizda yigitlarimiz 7 minut ichida bayram salatini tayyorlashlari kerak. Marhamat. Salat tayyor bo`lguncha she`rlar aytiladi. Halovat izlaydi hatto qushlar ham, Bexavotir joyga quradi uya. Uyi tinch, yurti tinch har bitta odam, Shukrona aytadiVatanni suya. Hamid Olimjonlar kuylagan Vatan, Ruhlari hali ham tinchlik bermaydi. Aylanay Oybegim aytgan so‘zidan, Yurtim “tuprog‘ida oltin gullaydi”… Hamma sharofatlar mustaqillikdan, Bugunda o‘zbekni dunyo taniydi. Qodiriy, Cho‘lponu Usmon Nosirlar, Bu kunni bir kelib ko‘rsa qaniydi. Shubha qilganlarga Temur da’vati, Kelib bir ko‘rsinlar imoratlarni. O‘zni tutgan elim buyuk savlati, Ko‘rsin bunda kechgan jasoratlarni… Ollohga beadad shukurlar bo‘lsin, Vatanim osuda kechirgin hayot. Xurlikning bolasi o‘ynasin, kulsin, Kuylasin hamisha tinchlikdan bayot… Farishta momolar duolar qilsin, Qaldirg‘och in qursin har bir ayvonga. Navqorin bo‘ylarga tumorlar ilsin, Ko‘z tegmasin sira O‘zbekistonga!!! RAQS RAQS RAQS Marhabo : Endi 4- shart bo`yicha ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. Marhamat umumiy ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. Barcha ishtirokchilarni sahnaga taklif qilamiz. Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch, Hamma: - Saflarimiz zich. Yakka ovoz: - Baland bo’lsin parvozing Hamma: - Samolarda uch. Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch, Hamma: - Doim zafar quch. Yakka ovoz: - Qudratimiz qoshida Hamma: - Dushman makri puch. Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch, Hamma: - Tanga sig'mas kuch. Yakka ovoz: - Vatan uchun ko'ksimiz - Hamma: - Qalqon va qilich. Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch, Hamma: - Olam bo'lsin tinch. Yakka ovoz: - Ona yurtni qo’riqlash - Hamma: - Eng muqaddas burch! “TO`XTA” degan buyruq boladi o`quvchilar to`xtaydi. «Sahnaga yuzlanib, o'ngga buril!» Saflan! Marhabo chiqadi. Ballar e`lon qilinadi O`quvchilar taqdirlanadi. Boshlovchi: Mana shu qutlug' bayram kunida biz Vatanni himoya qilishdek murakkab, ayni paytda dunyodagi eng olijanob va mas'uliyatli burchni sharaf bilan ado etayotgan mard va jasur posbonlarimizni hamda barcha hamyurtlarimizni samimiy qutlaymiz! Boshlovchi: Bugungi tantanali bayram bilan tabriklash uchun so`zni maktabimiz direktori _________________________ga beramiz. Rahmat.
Bugungi bayram tadbirimiz shu bilan yakun yasaymiz. E`tiboringiz uchun, rahmat. Download 46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling