O'zbek adabiy til me'yorlari
Download 0.6 Mb.
|
1 2
Bog'liq3.1.O\'ZBEK ADABIY TIL ME\'YORLARI
O'ZBEK ADABIY TIL ME'YORLARIO’zbek xalq adabiy tilining shakllanishi o`zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog`liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub”, ”Muhokamatul lug`atayn” kabi asarlari bilan o`zbek adabiyotini yuksaklikka ko`tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o`zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o`zbek) tilni ulug`ladi, uning boyligini o`z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo`shdi. Navoiy so`z qadrini, so`z va tilning keng imkoniyatlarini chuqur anglagan holda quyidagi hikmatli, dono o`gitlarni bitdi:
So`zdurki, nishon berur o`likka jondin, So`zdurki, berur jonga xabar jonondin, Insonni so`z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo`q ondin. “Ko`ngul mahzanining qulfi til va mahzanning kalidin so`z bil”.
O’zbek xalq adabiy tilining rivojida Boburning she’riyati va birinchi o`zbekcha nasriy asar “Boburnoma”ning yozilishi, XVIII-XIX asr o`zbek demokratik adabiyotining yirik vakillari Turdi Farog`iy, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Maxmur kabi shoirlarning ijodi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Xalq manfaatini himoya qilgan bu shoirlar, albatta, xalqning ahvolini, turmushi, dard va orzularini yaxshi bilganlar hamda o`z ijodlarida xalq ruhiga mos keluvchi, uning kechinmalarini ifodalovchi, xullas, unga yaqin, xalqona so`z va iboralarni ko`plab qo`llab, adabiy tilni boyitishga, uni xalqqa yaqinlashtirishga xizmat qilganlar.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling