O`zbekistonda hayotning tubdan o`zgargani, hokimiyatning mehnatkash qo`liga o`tgani hamda xalqni savodli, ilmli, sog`lom bo`lishi, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqli bo`lishlariga ko`p ahamiyat qaratildi. Shu bilan birga, xalqning diniy e’tiqodlari, o`ziga xos milliy udumlariga, tiliga, aksincha, e’tibor kamaydi; chunki bu zamonda tabiat va jamiyat qonunlari materialistik falsafaga suyanib ish ko`rar edi. SSSRdagi barcha respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham “qardoshlik va birodarlik tili” bo`lgan rus tilining ta’siri kuchli edi. - O`zbekistonda hayotning tubdan o`zgargani, hokimiyatning mehnatkash qo`liga o`tgani hamda xalqni savodli, ilmli, sog`lom bo`lishi, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqli bo`lishlariga ko`p ahamiyat qaratildi. Shu bilan birga, xalqning diniy e’tiqodlari, o`ziga xos milliy udumlariga, tiliga, aksincha, e’tibor kamaydi; chunki bu zamonda tabiat va jamiyat qonunlari materialistik falsafaga suyanib ish ko`rar edi. SSSRdagi barcha respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham “qardoshlik va birodarlik tili” bo`lgan rus tilining ta’siri kuchli edi.
Eng avvalo, rus kirill grafikasi asosidagi alfavitga o`tildi, undan keyingi yillarda esa sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va san’at, ilm-fanning tez sur’atlardagi taraqqiyoti bilan bog`liq holda rus tilidan bevosita va bilvosita Yevropa tillaridan ko`plab so`zlar, affikslar hamda qisqartmalar o`zlashtirila boshlandi. Ruscha va internatsional so`zlar hisobiga bu davrda o`zbek tili beqiyos darajada boyidi. - Eng avvalo, rus kirill grafikasi asosidagi alfavitga o`tildi, undan keyingi yillarda esa sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va san’at, ilm-fanning tez sur’atlardagi taraqqiyoti bilan bog`liq holda rus tilidan bevosita va bilvosita Yevropa tillaridan ko`plab so`zlar, affikslar hamda qisqartmalar o`zlashtirila boshlandi. Ruscha va internatsional so`zlar hisobiga bu davrda o`zbek tili beqiyos darajada boyidi.
O`zbek tiliga rus tilidan va u orqali boshqa tillardan so`z o`zlashtirilishiga bir umumiy nazar tashlagandayoq, bu so`zlar o`z davrining ruhiyatini aks ettirishini kuzatish mumkin. Demoqchimizki, 30-yillardagi o`zlashtirilgan so`zlar 40-yillarnikidan,bu davrlarga xos so`zlar esa 50-70 – yillar oralig`ida o`zlashgan so`zlardan farq qiladi. - O`zbek tiliga rus tilidan va u orqali boshqa tillardan so`z o`zlashtirilishiga bir umumiy nazar tashlagandayoq, bu so`zlar o`z davrining ruhiyatini aks ettirishini kuzatish mumkin. Demoqchimizki, 30-yillardagi o`zlashtirilgan so`zlar 40-yillarnikidan,bu davrlarga xos so`zlar esa 50-70 – yillar oralig`ida o`zlashgan so`zlardan farq qiladi.
- Ikkinchi jahon urushidan keyingi tinch qurilish, xo`jalik va sanoatni rivojlantirish, fan-texnika va madaniyat, yuksalgan SSSRdagi xalqlarning do`stligi kundalik turmushimizning belgisiga aylanib ketgan yillarda esa quyidagi so`zlar amalda bo`lgan: Vilt, godovoy,gudok, dejur, doxod, ideya, kadr, kandidat, kanikul, kvalifikatsiya,, kvartal, besh yillik, kitel, klesh,klub, kollektiv, mayovka, konkurent, zayom, zakaz, otvyortka, parad, povestka, nakladnoy, proba, pristup, razbor, priyomnik, sberkassa, sbor, setka, sort, spekulant, staj, etaj, subbotnik, schotchik, klass, tipovoy, podxod, ukol, propiska,, chekanka, polka, chexol, shuba, sessiya, kanal. Bu so`zlar shunchalik faol va keng qo`llanar ediki, ularni adabiy til me’yori darajasida qabul qilish mumkin edi.
- Xayriyatki, 1989-yilda o`zbek tiliga davlat tili maqomi rasmiy tarzda berilishi bilan Respublikamizning o`z Mustaqilligiga chiqishi yangi, o`zligini topaman degan xalqimizning orzusi ro`yobga chiqishi davri boshlandi. O`zbek tilining o`z qadrini topib, oyoqqa turishi, avvalo, o`zbek tilining boyishi, rivojidagi shu paytgacha e’tibordan chetda qolib kelayotgan ichki manbalar: shevalardan so`zlar va qo`shimchalarni adabiy tilga o`tkazish, eskirib iste’moldan chiqib ketgan arxaizm-so`zlarni va qo`shimchalarni faollashtirish, o`zlashib, “me’yoriy” maqomga ega bo`lgan va faol qo`llanib kelgan ruscha-xorijiy so`zlarni o`zbekcha muqobili bilan almashtirish davri boshlandi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |