Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston xalq xo‘jaligining
Download 423.88 Kb. Pdf ko'rish
|
13-N
1. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch qurilishga o‘tishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida umumiy dushman fashizmga qarshi kurash antifashist davlatlar va xalqlarni birlashtirgan bo‘lsa, urush tugagandan keyin bu ittifoqdagi davlatlar orasida ajralish yuz berdi va ikki o‘rtada sovuq urushlar munosabati boshlanib ketdi. Urushdan so‘ng fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xo‘jaligini tinch qurilish yo‘liga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va rivojlantirish kabi murakkab vazifalar turardi. Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan keyingi vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham g‘arb davlatlari bilan hamkorlik qilish zarurligini ko‘rsatdi. Lekin haddan tashqari mafkuralashgan sovet tizimi Respublikalarni xorijiy mamlakatlardan “temir qo‘rg‘on” bilan ajratib, mamlakatni ortiqcha qiyinchiliklar va qurbonga mahkum etdi. Sobiq Ittifoq boshqa mamlakatlardagi tiklanishning ilg‘or tajribalaridan, chet el sarmoyalaridan foydalanishni istamadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov II jahon urushida vayron bo‘lgan Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya mamlakatlari birinchi navbatda, albatta, “o‘z kuchiga tayanib, o‘z imkoniyatlariga suyanib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarildi”,-deydi. Lekin, ularning bu yutuqlarida chetdan kelgan sarmoyalar ham katta o‘rin egallagan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida qabul qilingan “Marshall plani” asosida ajratilgan taxminan 50 mlrd. dollar Yevropa mamlakatlarining iqtisodini o‘nglab, hayot darajasini ko‘tarishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda hal qiluvchi kuch bo‘ldi. Sovet davlatining g‘oyat mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkalanib qoldi va bu xalqimizning boshiga ortiqcha kulfat olib keldi. O‘zbekiston urushdan keyingi yillarda o‘z xalqining arzon kuchidan, boy xom- ashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga bo‘ysundirilgan Respublika iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani bajarishda o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi. Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946- 1950 yillarga mo‘ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko‘ra, xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so‘m kapital mablag‘ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari jumhuriyat iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Elektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik va o‘rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 kv. soat kuchga ega bo‘lgan Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya sobiq ittifoqda uchinchi o‘rinda bo‘lib, urushgacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga teng quvvat beradigan bo‘ldi.
S obiq Sovet Ittifoqi yillarida turli siyosiy, ijtimoiy, g‘oyaviy, diniy sabablarga ko‘ra millionlab odamlar qatag‘onga duchor bo‘ldi. Qatag‘on siyosatining qurbonlari haqida haligacha aniq ma’lumotlar mavjud emas. Saqlanib qolgan mavjud faktlar shuni ko‘rsatadiki, 1921–1953-yillar orasida to‘rt milliondan ortiq odam qatag‘on qurboniga aylangan. Ulardan 800 ming kishi o‘lim jazosiga hukm etilgan . Sovet Ittifoqida qatag‘onlar to‘lqini uch davrga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqich 1920- yillarni, ikkinchi bosqich 1937 –1938-yillarni, uchinchi bosqich 1950–1953-yillarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, urush davrida va undan keyin urush qatnashchilari ham qatag‘onga uchrab turli muddatlarga ozodlik mahrum etiladi. Qatag‘on siyosatining eng yuqori cho‘qqiga chiqqan nuqtasi 1937–1938-yillarga to‘g‘ri keladi. Shu yillar mobaynida 1,3 million kishi RSFSR Jinoyat kodeksining 58-moddasi, “aksilinqilobiy faoliyat” ayblovi bo‘yicha hibsga olingan. Hibsga olinganlarning yarmi o‘lim jazosiga hukm etilgan. Qatag‘onlar aholining deyarli barcha tabaqasi vakillarini qamrab olgan edi. Dehqonlar, ziyolilar, boylar, dindorlar, siyosiy elita qatlami vakilari eng ko‘p jabr ko‘rgan qatlam edi. SSSRdagi dastlabki qatag‘onlar “Qizil terror” deya nomlandi. Ushbu terror 1917-yilgi oktyabr inqilobidan keyin boshlandi va 1922- yilgacha davom etdi. Ushbu qatag‘onlar paytida asosan bolsheviklarning siyosiy dushmanlariga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning siyosatiga xayrixohlik bildirmagan oddiy odamlar ham bundan chetda qolmadi. Bundan tashqari, qatag‘onlarga ijtimoiy tus ham berildi va sobiq politsiya zobitlari, jandarmlar, podshoh hokimiyati siyosatchilari, dindorlar, yer egalari va ishlab chiqaruvchilarni ham qamrab oldi. Qizil terr ordan keyin siyosiy qatag‘onlar davom ettirildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 20-yillardagi siyosiy ishlar asosan soxta ayblovlar orqali amalga oshirlgan. Litseychilar ishi ,
shaxta ishi kabi jinoiy ishlar shu yillarda amalga oshirlgan edi. 1922-yil sentyabr- noyabr oylarida RSFSRdan “falsafa paroxodi”da juda ko‘plab ziyoli qatlam chiqarib yuborildi (“Ochistim Rossiyu nadolgo…” Repressii protiv inakomislyashix. Konets 1921 — nachalo 1923 g., M.: Mejdunarodniy fond “Demokratiya”, 2008). SSSR mavjudligining 15 yili mobaynida ( 1923–1938) 900 nafar fotograf qatag‘on qurboniga aylangan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi otib tashlandi .
3. Totalitar tizim sharoitida madaniy-ma’rifiy muassasalardan ommaga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish maqsadida keng foydalanildi. 1960 yillar respublikada 2.977 klub bo‘lsa, 1970 yilda ularning soni 3.441 taga yetdi. Shu yillari kutubxonalar soni tegishli ravishda 3.418 tadan 5.822 taga; muzeylar soni 14 tadan 26 taga; kinoqurilmalar soni 2.178 tadan 3.988 taga oshdi. Lekin, bularning ko‘pchiligi statistik hisobotlarda oshirib ko‘rsatilgan bo‘lib, aslida o‘zlarining bevosita funksiyalarini samarali bajarish uchun hayotiy imkoniyatga ega bo‘lmadi. Ularning moddiy texnika bazasi past darajada bo‘lib, moliya bilan yetarli ta’minlanmadi. Bu jihatdan O‘zbekiston sobiq sovet respublikalari o‘rtasida eng quyi pog‘onada turdi. 1969 yilda Rossiyada aholining 10 ming nafariga 14 klub muassasasi to‘g‘ri kelsa, Belorussiyada 11 ta, O‘zbekistonda esa atigi 4 ta edi. Madaniy-ma’rifiy muassasalarga davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ aholini jon boshiga Estoniyada 21,3 so‘mni, Armanistonda-17,9 RSFSRda-9,7 so‘mni tashkil qilsa , O‘zbekistonda 4,5 so‘mni tashkil qilardi. Respublika kutubxonalarining kitob fondi 1950-1970 yillarda o‘n barobarga ko‘paygan bo‘lsa, lekin ularning ko‘pchiligini mafkuraviy targ‘ibot uchun zarur bo‘lgan marksizm-leninizmga oid asarlar tashkil qilar edi. Olingan kitoblarning 8-10 foizgina respublikada nashr etilgan bo‘lib, qolganlari chetdan keltirilib, ularning aksariyati rus tilida edi. Madaniy-ma’rifiy muassasalar moliyaviy jihatdan davlat nazorati chetda qolganligi uchun bunday muassasalar ko‘pincha jamoatchilik asosida qurildi. Masalan: 1961 yili O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan jamoatchilik asosida 45ta madaniyat va texnika universitetlari, 5 ta xalq teatrlari, 1.258 jismoniy tarbiya jamoalari ish olib bordi. O‘zbekistonda ta’lim tizimini yaxshilash uchun o‘nlab qarorlar qabul qilinardi. Biroq, bu qarorlar milliy maktablarda to‘liq bajarilmasdi. Maktablar urushdan keyin ham darsliklar bilan to‘liq ta’minlamadi. Moddiy o‘quv bazasi rusiyzabon maktablarnikidan ancha past edi. O‘rta maktabni bitiruvchilari orasida erta turmushga berilishi tufayli qizlar kamchilikni tashkil qilar edi. Maorifni rivojlantirishda mahalliy millatlarga past nazar bilan qarash sovet tuzumi siyosatining pinhona faoliyatiga yashiringan edi. Keyingi yillarda ochilgan arxiv ma’lumotlarida sobiq ittifoqdagi respublikalarda ongli, madaniyatli, hurfikrli kishilarni bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi mahfiy ko‘rsatmalar bejiz emas edi. 1985 yilda oliy o‘quv yurtlari soni 42 taga yetdi. 1946-47 o‘quv yilida respublikada 4483 maktab bo‘lib, 212.000 o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1965- 66 o‘quv yilida 9716 ga undagi o‘quvchilar soni 2.476.000 kishiga yetdi. Oliy o‘quv yurtlarida talabalar soni 21.190 dan 168.800 taga yetdi. Bu miqdor “mahalliy millat yigit qizlari bilim uchun emas, diplom uchun qiziqsin” degan aqidaga asoslanganligini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lishiga qaramay O‘zbekistonliklarni, xususan o‘zbeklarni ilmga chanqoqligi har qanday sun’iy to‘siqlarni yenga boshladi. O‘zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar yetishtirilib, fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo‘yicha sobiq SSSRda oldingi qatorlarga chiqdi. 1950 yil O‘zbekistonda 1760 fan nomzodi 180 fan doktorlari ilmiy ish olib bordi. 1965 yilda esa, fan nomzodlarining soni 4000 va fan doktori 324 ga yetdi. 50-60 yillari Respublika Fanlar Akademiyasining olimlari ayniqsa matematika-mexnanika, tibbiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi
sohalarida ishlar olib bordi. Bir qancha ilmiy-tekshirish institutlari travmatologiya va ortepediya , energetika, matematika, onkologiya va radiologiya, O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, kibernetika va boshqa bir qancha institutlar shu yillarda ishga tushirildi. Fanlar Akademiyasi qoshida Falsafa va Huquq instituti tashkil etilib, Sharqshunoslik instituti faoliyati kengaytirildi. 50-yillardan boshlab respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarida atom quvvatidan foydalana boshladi. Dastlabki paytda atom quvvati Toshkent va Samarqand Davlat Universitetlari laboratoryalaridan Fanlar akademiyasining fizika-texnika institutida, Politexnika va meditsina institutlarida ishlatildi. Lekin texnika bazasi yetarli bo‘lmaganlikdan atom quvvatidan foydalanish doirasi tor bo‘ldi. 1956-yil boshlarida Toshkentdan 30 km yiroqda, 750 shtat birligida mo‘ljallangan ilmiy- tadqiqot yadro insituti va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan shaharcha qurilib, 1958-yili ishga tushirildi. Uning birinchi direktori etib yirik fizik olim, akademik Ubay Orifov tayinlandi. 1951-1954 yillari respublikada yana bir yirik ilmiy markaz bunyod etildi. 80 gektar maydonda, ittifoqda yagona tibbiy sharoitda o‘sadigan, Toshkent botanika bog‘i yaratildi. 1956-yili 5- noyabrda O‘rta Osiyoda birinchi Toshkent telemarkazi ishga tushirildi. Keyinchalik 1962 yil Urganchda, 1964-yil Nukusda ham televizon markazlar ish boshladi. O‘zbekistonlik olimlarning bir qanchasi , ayniqsa tabiiy fanlar sohasida, o‘zlarining ilmiy yutuqlari bilan nafaqat sobiq Ittifoq doirasida, balki jahon miqyosida tan olindi va yuqori darajadagi davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldilar. O‘zbek olimlaridan matematiklar-T.N.Qori- Niyoziy, T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov, fiziklar-U.O.Orifov,S.A.Azimov, ximiklar- O.S.Sodiqov, S.YU. Yunusov, M.I.Nabiyev, geologlar-X.M.Abdullayev, I.X.Xamraboyev, G.A.Mavlonov, biologlar- A.M.Muzaffarov, K.Z. Zokirov, T.Z.Zohidov, texnika sohasida M.T.O‘razboyev, X.A.Rahmatullin, X.Fayziyev, jamiyatshunoslik fani sohasida I.M.Mo‘minov, H.Sulaymonova, YA.G‘.G‘ulomovlar shular jumlasidandir. Respublika ziyolilari qatorida 125 mingdan ortiq oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislar bo‘lib, shulardan 25 mingdan ko‘prog‘i muhandis va texniklar, 10 ming qishloq xo‘jalik mutaxassislari, 24 ming vrachlar va 60 mingdan ortiq o‘qituvchilar, yuzdan ortiq yozuvchi, shoir, dramaturglar, rassomlar uyushmasida 105 kishi, kompozitorlar uyushmasida 26 nafar a’zolari bor edi. 1956 yilning oxirlarida respublika ziyolilarini birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Partiyaviy g‘oyaviy tizginga qaramasdan adabiyot va san’at sohasida ko‘zga ko‘rinarli asarlar yaratildi. G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Zulfiya, Mirtemir, Turob To‘la, M. Boboyev, Mirmuxsin va boshqalarning tinchlik mavzusiga bag‘ishlangan she’rlari yuzaga keldi. Oybekning “Oltin vodiydan shabadalar”, Parda Tursunning “O‘qituvchi”, Asqad Muxtorning “Opa-singillar” romanlari, Abdulla Qahhorning “Shohi so‘zana”, “Og‘riq tishlar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari” dramalari katta shuhrat qozondi. 50-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab siyosiy qatag‘onlikdan ozod bo‘lgan ijodkorlarning asarlari yuzaga chiqa boshladi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani, Mirtemirning “Surat” dostoni, Shayxzodaning “Toshkentnoma”si nashrdan chiqdi.
60-yillardan adabiyotda yangi avlod paydo bo‘ldi. Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O‘lmas Umarbekov, Husniddin Sharipov , Ozod Sharafutdinovlar bilan izma-iz yangi ijodiy tafakkurga ega bo‘lgan iste’dodli Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, O‘tkir Hoshimov, Muhammad Ali, Jamol Kamol, Omon Matjon, Rauf Parfi kabi yosh adabiyotchilar maydonga chiqdi. O‘zbek adabiyotining rivojlanishida adabiyotga mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning quroli sifatida qarab, ijod erkinligi bo‘g‘ildi va partiyaviy sinfiy aqidalar tiqishtirildi. 50-80 yillarda ahyon-ahyonda bo‘lsa ham ozodlikka intiluvchi fikrlar ko‘zga chalinardi. Biroq bunga darhol tanqidlar, ma’muriy jazolar to‘sig‘i qo‘yilardi. 80-yillarning o‘rtalaridan adabiyot xalq hayotini haqqoniy aks ettirish yo‘lida yangicha qadamlar qo‘ya boshladi. Badiiy asarlarning mavzui doirasiga Orol fojeasi, o‘zbek dehqonining mashaqqatli taqdiri, tabiat, til, madaniyat va tariximizga oid muammolar shiddatliroq kirib keldi. Yangi mazmun ijodda yangicha zamonaviy shakl , xalqona ohanglarda keng yo‘l ocha boshladi.
Jahon bankining katta iqtisodchisi Eskander Trushinning tadqiqotlari natijasi bugungi O‘zbekiston uchun juda muhim. Biz navbatdagi marta ayro yo‘l ustida qoldik. Xo‘sh, biz qaysi yo‘ldan yurishimiz kerak: imtiyozlar taqdim etish, import uchun to‘siqlar o‘rnatish, iqtisodiyotga ommaviy ravishda davlat va yarim davlat investitsiyalarni joriy etish vositasida raqobatni cheklash hamda «milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash» yo‘li bilanmi yoki xususiy tadbirkorlik yuritish xarajatlarini qisqartirishga yo‘naltirilgan raqobat oldidagi har qanday ma'murchilik, har qanday to‘siqlarni bartaraf etuvchi ijobiy biznes- iqlim yaratish yo‘limi? Birinchi yo‘ldan ko‘p yillar va o‘n yilliklar davomida biror muvaffaqiyat nishonasisiz yurib kelgandekmiz. Bir qarashda, bu yo‘l hech qayerga olib bormasligi kundek ravshan. Lekin unday emas, deb fikrlovchilar ham topilmoqda. Garchi biroz boshqacha ko‘rinishda bo‘lsa ham, eski siyosat davom etmoqda. Bunga ikkita sabab bor. Birinchidan, eski tizimda o‘zini suvdagi baliqdek his qilgan, turli foydali daromadlar chiqarib olish imkoniga ega bo‘lgan insonlar va ijtimoiy guruhlar «yangi relslar»ga o‘tishga qarshi. Ular, tabiiyki, bozor islohotlariga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatishadi. Ikkinchidan, 10 yil, 20 yil avval iqtisodiyotni boshqargan ayrim insonlar uni hamon boshqarishda davom etishmoqda. Ular shunchaki boshqachasiga boshqarishni bilishmaydi. Eski uslubdagi davlat boshqaruvchilari iqtisodiyotga ta'sir o‘tkazishning faqat ikki yo‘lini bilishadi: taqiqlash va imtiyozlar taqdim etish. Shuning uchun yana bir karra yechimi go‘yoki avvalroq topilgan masalaga qaytishga to‘g‘ri kelmoqda. Janob Trushinning maqolasi va bojxona to‘lovlarini oshirish borasidagi so‘nggi voqealar meni uning taqdimotida aytib o‘tganim ayrim mulohazalarga undadi. Ushbu maqola — o‘sha mulohazalarning qisqacha bayoni.
5. Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha , O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod bo’lmasligi shubhasiz , mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi. Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek , iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan
, mamlakat xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi.
Download 423.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling