O`zbek adabiy tili me`yorlari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbek tilining me`yorlari
( birinchi
va oxirgi bo`g`inlarda), birinchi (birinchi,ikkinchi va oxirgi bo`g`inlarda) kabi. U chuqur til orqa q, g`, x undoshlari bilan yonma-yon kelganda yo`g`on (orqa qator) unli tarzida, boshqa barcha pozitsiyalarda esa ingichka (old qator) unli sifatida talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: kir va qir, tarkib va targ`ib, himmat va xilvat kabi. Urg`usiz bo`g`inda kuchsizlanadi: biroq, bilan (b’r q, b’l n) kabi. So`zning oxiridagi ochiq bo`g`inda bir oz kengayadi; bordi>borde, ketdi > kette kabi: «e» fonemasi – o`rta keng, old qator, lablanmagan unli. Bu fonema bir bo`g`inli so`zlarda (men,sen,besh kabi), ko`p bo`g`inli so`zlarning birinchi bo`g`inida (beshil, etik, telpak kabi) ko`proq qo`llanadi. Tobe, tole, voqe, foye, telefon, televizor kabi o`zlashma so`zlarda qo`llangan «e» unlisi etimologik jihatdan o`zbekcha»e» ning o`zi emas. O`zbekcha “e” ekin, eshik so`zlarining boshidagi to`la ochiq bo`g`inda, shuningdek, ertak, ellik kabi so`zlar boshidagi berkitilmagan bo`g`inda ochiqroq talaffuz etiladi, begzod, mergan kabi so`zlar boshidagi to`la yopiq bo`g`inda yumuqroq bo`ladi; xez, xezlamoq kabi so`zlarda (chuqur til orqa x undoshi bilan yonma-yon kelganda) esa orqa qator, yo`g`on unli tarzida aytiladi; “a” fonemasi – quyi keng, old qator, lablanmagan unli. So`zning barcha bo`g`inlarida kela oladi: anor (birinchi bo`g`inda), telpak (ikkinchi,oxirgi bo`g`inda), nafaqa (so`zning uchala bo`g`inida) kabi. Bu fonema ham, boshqa unlilarda bo`lganidek chuqur til orqa q,g`,x undoshlari bilan yonma-yon qo`llanganda orqa qator, yo`g`on unli tarzida talaffuz qilinadi, sayoz til orqa q, g, ng, til o`rta y va faringal h undoshlari bilan yondosh bo`lganda esa sayoz til orqa, ingichka ottenka bilan aytiladi. Qiyos qiling: kasal va qasam, kamar va qamar, taka va taqa, mahal va shag`al, so`gal va nag`al, nasihat va tilxat, dangal va dag`al kabi; “u” fonemasi – yuqori tor, orqa qator, lablashgan unli. So`zning barcha bo`g`inlarida qo`llanadi: uka (birinchi bo`g`inda), uzum (birinchi, ikkinchi bo`g`inlarda), ko`zgu (oxirgi ochiq bo`g`inda) kabi. Urg`uli bo`g`inda kuchli, bir oz cho`ziq; urg`usiz bo`g`inda esa qisqa, kuchsiz talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: butun, uchun, tuzuk (birinchi bo`g`inlar – urg`usiz, oxirgi bo`g`inlar- urg`uli) kabi. Bu unli ham q, g`, x bilan yondosh qo`llanganda yo`g`onlashadi (orqa qator ottenkaga aylanadi), q, g, ng, y, h kabi undoshlar bilan yonmayon kelganda esa old qator, ingichka ottenka bilan aytiladi. Qiyos qiling: kul va qul, tugun va turg`un, ko`zgu va qayg`u, buyuk (buy uk)va urug`, hukm va xulq, guv va g`uv, mangu va urg`u kabi; “o`” fonemasi – o`rta keng, orqa qator, lablashgan unli. Sodda so`zning birinchi bo`g`inida qo`llanadi: o`n, bo`r (bir bo`g`inli so`zlar), o`tin, to`lqin (ikki bo`g`inli so`zlar) kabi. Birinchi bo`g`indan keyin qo`llanish holatlari ayrim qo`shma so`zlarda (gultojixo`roz, Go`ro`g`li kabi) yoki tojikcha o`zlashmalarda (obro` so`zida) uchraydi. Bu unli ham q, g,h,y undoshlari yonida ingichkalashadi (old qator ottenka bilan qo`llanadi), q, g`,x undoshlari yonida esa yo`g`on talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: ko`l va qo`l, go`l va g`o`r, ho`l va xo`r (“xo`r bo`lmoq), yo`l va xo`sh kabi; “o” fonemasi –quyi keng, orqa qator, kuchsiz lablashgan unli. Bu fonema ham so`zning barcha bo`g`inlarida uchraydi: ota (birinchi bo`g`inda), bahodir (ikkinchi bo`g`inda), baho (oxirgi bo`g`inda), bobo (har ikkala bo`g`inda) kabi; q, g, y, h undoshlari yonida ingichka (old qator unli tarzida), q, g`, x undoshlari yonida esa yo`g`on (orqa qator unli tarzida) talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: komil va qobil, gov va g`ov, yosh (yosh) va qosh, hol va xol kabi. IZOH: yer, bayon, tayoq, yaxshi,yurak kabi so`zlar tarkibidagi unli fonemalarga tavsif berilganda ye,yo,yu,ya grafemalarining ikkitadan tovushni (y+e, y+o,y+u,y+a fonemalarini) ifodalayotganligi hisobga olinadi, shunga ko`ra “y” undoshi alohida “e”, “o”, “u”, “a” unlilari ham alohida tavsiflanadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling