O`zbek adabiy tili me`yorlari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbek tilining me`yorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- -ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina
mavqeying kabi;
b) III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, obro‘, avzo, mavqe so‘zlariga -yi shaklida qo‘shiladi, mavzu, orzu so‘zlariga -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, obro‘yi, mavzusi, orzusi kabi. O‘zak va qo‘shimchadagi undoshning o‘zgarishi: -k, -q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda «k» undoshi g ga, q undoshi esa g‘ ga o‘zgaradi va shunday yoziladi. Masalan: ohak> ohagi, bek > begi, tayoq > tayog‘i, yo‘q > yo‘g‘i kabi. Ammo ishtirok, erk, huquq, ravnaq, yuq, haq, ishtiyoq so‘zlari bundan mustasno. -ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina kabi -g harfi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar qanday tovush bilan tugagan o‘zakka qo‘shilishiga qarab quyidagicha aytiladi va yoziladi: a) -k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda yuqoridagi qo‘shimchalarning bosh tovushi -k tarzida aytiladi va shu harf bilan yoziladi: tok + ga > tokka, ek + gin > ekkin, kichik + gina > kichikkina kabi; b) -q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi -q tarzida aytiladi va shunday yoziladi: soliq + ga > soliqqa, chiq + gani > chiqqani, yoq + gach > yoqqach, qo‘rq + guncha > qo‘rqquncha kabi; d) qolgan barcha hollarda so‘z qanday tovush bilan tugashidan qat’i nazar ( jumladan, g, g‘ bilan tugasa ham), ushbu qo‘shimchalarning bosh harfi g bilan yoziladi: barg + ga > bargga, dialog + ga > dialogga, bug‘ + ga > bug‘ga, tog‘ + ga tog‘ga kabi. Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yozuvda -ning shaklida ifodalanadi: O‘zbekistonning iqtisodi, bilimning kuchi. Bu kelishik ma’nosi jonli nutqda -ni, she’r tilida -n, -im shakllarida ifodalanishi mumkin: Ukamni oldiga kirdim. O‘zbekiston Vatanim manim. Tushum kelishigi doimo -ni shaklida yoziladi: Lolani ko‘rdim, mehrimni berdim kabi. She’riy til va og‘zaki nutqda -n, -di, -ti, -i shakllarida qo‘llanishi mumkin: Har fasl o‘z ishin qilar. Adl qulog‘i-la eshit holini (Muqimiy). Qaratqich va tushum kelishiklari ba’zi o‘rinlarda belgili (-ning, -ni qo‘shimchasi bilan), ba’zan belgisiz (qo‘shimchalarsiz) qo‘llanadi. Xususiylik, aniqlik ma’nosi ifodalanganda bu kelishiklar belgili ishlatiladi (uyning eshigi, oq gulni uzatmoq kabi), umumiylik, noaniqlik ma’nosi esa bu kelishiklarning belgisiz shakli orqali ifodalanadi (shahar ko‘chasi, olma yemoq kabi). QO‘SHMA VA JUFT SO‘ZLAR IMLOSI Quyidagicha tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: • bir tushunchani bildiradigan va bir bosh urg‘u bilan aytiladigan qo‘shma so‘zlar: belbog‘, asalari, oshqozon, sheryurak, qashqargul kabi; • xush, kam, ham, umum, bop, noma, xona, sifat, rang, baxsh kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar: xushxabar, kamhosil, hamfikr, umumxalq, hammabop, tavsiyanoma kabi; • ikkinchi qismi -(a) r, -mas qo‘shimchalari bilan tugaydigan qo‘shma so‘zlar: o‘rinbosar, cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi; • keyingi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan ifodalangan geografik nomlar: Amudaryo, Yangiyo‘l, Kosonsoy, Yunusobod kabi. Quyidagi tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi: • birinchi qismi sifat, ikkinchisi atoqli ot bo‘lgan geografik nomlar: Kichik Osiyo, Sharqiy Òurkiston, Quyi Chirchiq kabi; • qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: shifo topmoq, olib chiqmoq, yoza boshlamoq, aytib bermoq, ko‘rgan edi kabi; • qo‘shma ravishlar ajratib yoziladi: har kim, hech bir, hamma vaqt, qay kuni kabi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling