Sana Dars mavzusi: Kichik “a: harfi, bosh “A” harfi. Darsning maqsadi: a Ta’limiy maqsad
Download 216.57 Kb.
|
yozuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- II.O’tgan mavzuni mustah kamlash .
- III . Yangi mavzu bayoni
- VI . Yangi mavzuni mustahkamlash .
- O`IBDO`:______________________________
Sana__________________________ Dars mavzusi: Kichik “a: harfi , bosh “A” harfi. Darsning maqsadi: a)Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga kichika va bosh A harfini yozishga oid ko’nikmalarini tarkib toptirish . b)Tarbiyaviy maqsad: Onalarni hurmat qilishga , e’zozlashga o’rgatish . O’quvchilarda mehnatsevarlik tuyg’usini tarbiyalash. d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarning yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish . Lingvistik kompetensiya elementi:o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiolardan eshitgan, ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish va tushunish. Dars turi: yangi bilim,ko’nikma,malakalarini shakllantiruvchi dars Dars metodi: Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko’rsatish , didaktik o’yin . Dars jihozi:Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar . Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. O’quvchilarni darsga tayyorlash . O’quvchilarga to’g’ri o’tirish , yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish qoidalarini eslatish . II.O’tgan mavzuni mustah kamlash . O'quvchilarga O va n harflaridan boshlanadigan so’zlar toptirish . Masalan : ona , ota , non , nok , ninachi . O va n harfini doskada o’quvchilarga yozdirish . Didaktik o’yin o’tkazish . O’quvchilarga rasmlar ko’rsatiladi , rasmlarning bosh harfi so’raladi. Bosh harflardan so’z tuzish kerakligi aytiladi .Rasmlarning bosh harfidan hosil bo’lgan so’z o’qiladi .O N A So’zini o’quvchilar topadilar . O’quvchilarga onalarni hurmat qilish , e’zozlash haqida tushunchalar beriladi . III . Yangi mavzu bayoni:O’quvchilarga ayiq rasmi ko’rsatiladi va bu rasm asosida gap tuziladi . Necha bo’g’in va nechta tovush borligi aniqlanadi . Kichik a harfining yozilishini tushuntirish bilan yangi mavzu bayoni boshlanadi. Doskada a harfining yozmacha shakli yozib ko’rsatiladi . Bosma a harfi va yozma a harfi qiyoslanib , o’xshash va farqli tomonlari tushuntiriladi . Aa harfiga n harfini qo’shib bo’g’in hosil qilish , yozma shakli ko’rsatiladi . an , na , ona , ana , so’zlari yoziladi va shu so’zlar o’qiladi . O’quvchilarga doskada a harfini yozib ko’rsatiladi . Ko’rsatilgandan so’ng havoda yozish mashqi ko’rsatiladi . Shu o’rinda to’g’ri o’tirish qoidasi , ruchkani uch barmoq orasida ushlash , ruchka bilan barmoq oralig’ini eslatib o’tish . Darslikdan bo’g’inlarga bo’lib ko’rsatilgan rasm nomlarini ayting . Bu so’zlar necha bo’g’in ekanligi tushuntiriladi . Dam olish daqiqasi . Qo’l muskullariga dam beruvchi mashqlar bajariladi . ( Ikki qo’l oldinga cho’zilgan holatda barmoqlar orasini ochish va yopish .)
Yozuv daftari bilan ishlash . Daftardagi namunaga qarab yozishni davom ettiriladi . Har bir yozilgan elementlar tahlil qilinadi . V . Darsni yakunlash . Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish. VI . Uyga vazifa: Yozishni o’rganib kelish . O`IBDO`:______________________________ Download 216.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling