Kurs ishi mavzu: "差点儿,几乎 ravishdoshlarining qo'llanilishi "
Download 221 Kb.
|
Husniya Otajonova ASHT
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA KIRISH
- II BOB. RAVIAHDOSHLARNING BIR-BIRIDAN FARQLARI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI Sharq tillari fakulteti Yaqin sharq tillar kafedrasi KURS ISHI MAVZU: "差点儿,几乎 RAVISHDOSHLARINING QO'LLANILISHI " Ilmiy rahbar: Norbo'tayev Shoxrux Bajardi: Otajonova Husniya Guruh: 405 Samarqand 2021 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………… I BOB. XITOY TILIDA RAVISHDOSHLARINING TURLARI…….. 1.1. 差点儿ravishdoshi haqida………………………………………………. 1.2. 几乎ravishdoshining qo'llanilishi…………………………………………. II BOB. RAVIAHDOSHLARNING BIR-BIRIDAN FARQLARI………... 2.1. Ravishdoshlarning ma'no jihatdan ishlatilishi……….……………………… 2.2. Ravishdoshlarni o'rganish usullari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI KIRISH O`zbek xalqi qadim zamonlardan buyon Buyuk Chin mamlakatiga katta e`tibor va qiziqish bilan qaragan. Mamlakatlarimiz o`rtasida qadim-qadimdan savdo-sotiq munosabatlari yaxshi yo`lga qo`yilgan. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O`bekiston Respublikasi Prezidentiga diplomatik munosabatlar ornatilganining 30 yilligi munosabati bilan yo`llagan tabrik xatida jumladan shunday degan edi: “Diplomatik munosabatlar o`rnatilganidan buyon o`tgan 30 yilda Xitoy-O`zbekiston aloqalari izchil rivojlanib, muvaffaqiyatlarga erishdi hamda tinchlik-totuvlik va o`zaro manfaatli hamkorlik ruhidagi davlatlararo munosabatlarning yorqin namunasiga aylandi.”1 Xitoyning mashhur chinnisi, shoyisi, qog`ozi va choyi yurtimizda barchaga ma’lum va manzur bo’lgan. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan O‘zbekiston va Xitoy hozirda ham o‘zaro do‘stlik, birodarlik va hamkorlik munosabatlarini asrlar osha tobora kengaytirib bormoqda. Xalqlarimizning bunday samimiy bir-biriga yaqinlashuvi va mushtarakligida o‘ziga xos sabablari bor. Har ikki xalqda mehnatsevarlik, samimiylik, tarixga va xalq urf-odatlariga hurmat bilan qarash, an’a1nalarga va qadriyatlarga sodiqlik, ota-onalarni va umuman nuroniy-keksalarni e’zozlash, bunyodkorlik va shu kabi qator fazilarlar mujassam. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda turli o‘zgarishlar, yangiliklar ko‘zga tashlana boshlanadi. Respublikamiz taraqqiyoti kun sayin yuqori pog’onalarga ko‘tarilib, o‘z madaniyati, tili, urf-odatlari biz yoshlarning ilmga bo‘lgan salohiyati bilan dunyo sathlarida samarali foydalanilgan holda dunyo mamlakatlarini o‘rganish , dini urf-odatlari, madaniyati, tilini bilish zarurdir. Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda ta‘lim sohasi eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Bunga yaqqol dalil sifatida ta‘lim sohasida olib borilgan ko‘rilgan islohotlarni misol tariqasida keltirib o‘tishimiz mumkin. Masalan, 1997-yil 29-avgust kuni Oliy majlisning IX-sessiyasida ‘‘Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi’’ ning qabul qilinganligini, ‘‘Ta‘lim to‘g‘risidagi’’ qonunlarning ishlab chiqilganligini ko‘rsatishimiz mumkin. Ta’lim olishning yangi milliy modelida o‘quvchi talabalarga yangicha usulda dars berish, ularni izlanishga, mustaqil bilim olishga o‘rgatish, keng dunyoqarashga ega kadrlar tayyorlash maqsad qilib qo‘yilgan. Bu islohotlarning barchasi biz talabalarga yanada ko‘proq e’tibor berilishi va ilmiy tadqiqot ishlarida ham yordam ko‘rsatilishlikni talab etadi. Respublikamiz taraqqiyoti kun sayin yuqori pog‘onalarga ko‘tarilib o‘z madaniyati, tili, urf-odatlari biz yoshlarning ilmga bo‘lgan salohiyati bilan dunyo sathlarida samarali foydalangan holda dunyo mamlakatlarini o‘rganish, ularning dini, urf-odatlari, madaniyati, tilini bilish zarur. Respublikamiz va Xitoy aloqalarining bugungi kunga kelib tobora rivojlaninb borishi Xitoyning rasmiy tili bo‘lgan xitoy tilini o‘rganishga chuqur zaruriyat keltirib chiqarmoqda. Xitoy tilida dunyo tillari qatoridan o‘rin olgan va brogan sari o‘z nufuzini mustahkamlab borayotgan tillardan biri hisoblanadi. Xitoy tili grammatikasi ko‘p qirrali va juda keng masalalarni o‘z ichiga olgani sababli, o‘z ilmiy rahbarim bilan kelishgan holda ushbu kurs ishini ‘‘Xitoy tilida Ravish so‘z turkumi haqida umumiy ma‘lumot’’ mavzusi ostida ilmiy-tadqiqot ishini olib bordik.. ‘‘Xitoy tilida ravish so‘z turkumi’’ mavzusi xitoy tilshunosligi grammatikasida muhim o‘rin tutadi. Bu mavzu ravishning turlari, ravishlarning tarkibiy qismi, gapdagi o‘rni, qo‘llanish darajasi, ravishlarning yasalashi haqida tushuntirib o‘tadi.Ularning qo‘llanishining o‘z o‘rni bor. Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda davlatimiz rahbari biz yoshlarni zamonaviy ta’lim olishimiz, XXI asr talablariga to‘laqonli javob beradigan kadrlarni yetishtirib chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Barkamol yoshlarni tarbiyalash va oliy ma`lumotli bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha qaror farmonlar qabul qilindi. Mamlakatimizda chet tillarni o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi. O‘rganayotgan mamlakat tilining gramatik tizimini chuqur o’rganish, jumladan so’z turkumlarini alohida tahlil qilish tilni mukammal egallashda muhim ahamiyatga ega. Xitoy tili gramatikasidagi mustaqil so’z turkumlaridan ravishni o’rganishga o’zgacha ylndashuv talab qiladi. Xususan, mustaqil so’z turkumlari mavzusini umumiy emas, balki torroq ko’lamda tahlil qiladigan bo’lsak, zamonaviy xitoy tilida ravishning o’rni, ishlatilishi, uni tarixan o’rganish bilan bog’liq bo’lgan muammolar va muammolarni yechish bilan bo’lgan fikr, mulohazalar ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi va ravish so’z turkumining ahamiyati kattaligini isbotlaydi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi so’zlari alohida ahamiyatga molikdir: “ Biz yoshlarga doir davlat siyosatni hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat, davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz. Yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz ”. O‘zbek tilidan farqli o‘laroq xitoy tilida ravish so’z turkumining predloglar ishtirokida namoyon bo’lgan ravish turkumining tegishli predlogi ravishning o’zi qo’shimchasi so’z bo’lib keladi. Xitoy tilida ravish so’z turkumining o’ziga xos xususiyatlari juda ko’p bo’lib, ularni turlicha tahlil qilish va shu yordamida o’zbek tilida xitoy tili gramatikasi yuzasidan ma’umotlar bilan boyitishning zaruriyligi mavzuning dolzarbligini belgiliydi. Ravish so’z turkumi gap bo’laklaridan hol vazifasida keladi. Download 221 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling