O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


IV. Hid bildiruvchi sifatlar


Download 0.76 Mb.
bet59/118
Sana31.01.2024
Hajmi0.76 Mb.
#1817561
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118
Bog'liq
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)

IV. Hid bildiruvchi sifatlar ham tilda kam sonni tashkil qilganligi uchun ular o‘rnida predmet nomlaridan foydalaniladi. Ya’ni hid tarqatuvchi predmet nomiga “hidli” so‘zini qo‘shish orqali qo‘shma sifatlar hosil qilinadi: Masalan, rayhon hidli, limon hidli kabi.
VII. Miqdor sifatlari. Predmetning miqdorini ifodalash uchun xizmat qiladi: ko‘p, mo‘l, oz, serob, kamchil kabi (Ko‘p, mo‘l, oz so‘zlari dastlab ravish so‘z turkumi doirasida o‘rganilgan. Bularning o‘zgarishi nazarda tutilgach, sifat so‘z turkumi doirasida o‘rganilishi fanda aniqlandi.)
VIII. O‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar. Bu turkumga taalluqli sifatlar ko‘pincha ot turkumidagi so‘zlardan -gi, -ki, -dagi yasovchilari vositasida hosil qilinadi: tonggi, tungi, kuzgi, ko‘chadagi, kechki, sirtqi va sh.k. Bunday sifatlar zamon va makon sifatlari deb ham yuritiladi.
IX. O‘lchov bildiruvchi sifatlar. Predmetlar uchun xos vazn, uzunlik, hajmni ifoda etadi:
-vazn anglatuvchi belgi: og‘ir, yengil.
-masofa anglatuvchi belgi: uzoq, yaqin, olis.
-hajm anglatuvchi belgi: katta, kichik, ulkan.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, barcha sifatlar uchun birlashtiruvchi, umumiy grammatik ma’no predmet, narsa, hodisaning belgisini ifodalashdir. Ular o‘rtasida darajalanish (graduonimik) munosabatlari ham ko‘p uchraydi:
-qizg‘ish, qizil,to‘q qizil, qip-qizil;
-ko‘kish, ko‘k, ko‘m-ko‘k;
-sovuq, iliq, issiq, qaynoq;
-kuchli, baquvvat, zabardast;
-katta, azamat, ulkan, bahaybat, yirik.
Sifatlar yasalishida otdan sifat yasovchi (-li; -dor; -mand; -gi (-ki); -iy, -viy; -dagi; -simon; ba-;bo-; be-; ser-; no-; -kash…) va fe’ldan sifat yasovchi (-ik,-iq, -uk, -uq; -kin, -qin, -gin, -g‘in, -gun; -gir, -kir, -qir, -g‘ir; -ag‘on; -choq…) kabi qo‘shimchalar, ayniqsa, ko‘p qo‘llanadi. Qo‘shma sifatlar doirasida [ot+fe’l+ar], [sifat+fe’l+ar], [son+fe’l+ar] (kunbotar, osmono‘par, tezyurar, beshotar) qolipli va [ot+ot] (bodomqovoq, sheryurak), [sifat+ot] (oqbadan, qorasoch) qolipli qo‘shma sifatlar keng uchraydi. Tarkibida nim, yarim, g‘ayri, umum, aro, rang, kam kabi so‘zlar bo‘lgan qo‘shma sifatlar tarkibi qo‘shilgan holda yoziladi: nimtatir, g‘ayriilmiy, yarimochiq, umumjahon, xalqaro, kulrang, kamsuxan, kamquvvat.
Sifat gapda, asosan, sifatlovchi-aniqlovchi, kesim bo‘lib keladi. Ayrim o‘rinlarda hol, to‘ldiruvchi, ega vazifasini ham bajarishi mumkin: Yaxshilar ko‘paysin dunyoda. Ko‘ylak qimmatbaho matodan chiroyli tikildi. Osmon yiroq-yer qattiq. Yaxshidan ot qolar, yomondan-dod.
Son. Son predmetlarning sanog‘ini, tartibini ko‘rsatuvchi so‘z turkumidir. Sonlar otlar bilan birga qo‘llanilib, bir necha predmetlarning yig‘indisini, aniq miqdorini bildiradi. Shu jihatdan aniq miqdor bildiruvchi bu so‘zlar predmetlarning noaniq miqdorini ifodalovchi ko‘p, mo‘l, oz kabi sifatlardan farqlanib turadi. Ushbu sifatlar raqam bilan ifodalanmaydi. Son noaniq miqdorni bildirganda ham raqam bilan yozilishi mumkin: uch-to‘rt kun (3-4 kun).
Sonlar tuzilishiga ko‘ra to‘rt asosiy guruhga bo‘linadi:
1. Sodda sonlar.
2.Qo‘shma sonlar.
3. Juft sonlar.
4.Takror sonlar.
Sodda sonlar tub so‘z holida bo‘ladi: bir, ikki, uchtadan, mingtacha. O‘zbek tilida sodda sonlar ichida ayrimlarining ma’nodoshlari mavjud. Masalan, bir o‘rnida yakka, yagona, yolg‘iz; ikki so‘zi o‘rnida qo‘sh, juft so‘zlari qo‘llanadi. Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq o‘zakdan tuziladi: o‘n bir, ikki yuz qirq besh. Juft sonlar har xil o‘zakni juftlash (beshta- oltita), takror sonlar bir xil o‘zakni takrorlash (o‘nta-o‘nta) orqali hosil qilinadi. O‘zbek tilida son quyidagi xususiyatlarga ega:
1.Ma’noviy jihatdan miqdorni nomlaydi.
2.Sintaktik jihatdan cheklanmagan muchalanuvchilikka ega.
3.Morfologik jihatdan o‘zgaradi.
4.Sondan boshqa turkumdagi so‘zlarni hosil qilish mumkin: ikkilanmoq, mingoyoq va sh.k.
5.Sonning o‘ziga xos lug‘aviy shakllari mavjud: bitta, o‘ntacha, uchov, ikkitadan, beshinchi.
6.Son narsa miqdorini turli tomondan aniqlash uchun sanoq bilduruvchi
so‘zlar­– numerativlar (o‘lchovlar) bilan qo‘llanadi: bir siqim tuproq, bir qop un, ikki gektar, besh tonna kabi.
Sonlar sanoq, dona, chama, kasr, jamlovchi, tartib, taqsim sonlar kabi ma’noviy guruhlarga bo‘linadi. Sanoq sonlar son (miqdor) nomlarini, narsa-buyumlarning son-sanog‘ini ifodalab keladi. Sonnig bu turi boshqa so‘zlarga bog‘lanmagan holda, mustaqil ravishda qo‘llana oladi. Sanoq sonlar ichida “bir” so‘zi gapda xilma-xil ma’noni ifodalab, turli vazifada keladi:
1.Predmetning aniq miqdorini ifodalaydi: Buloq boshida bir katta chinor o‘sardi (Ertakdan). Bu o‘rinda “bir” so‘ziga yolg‘iz, yagona so‘zlari ma’nodosh bo‘lishi mumkin.
2.Noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda (H.Olimjon). Bu ma’noda “bir” so‘ziga qandaydir, kimdir, nimadir kabi gumon bilduruvchi so‘zlar ma’nodosh bo‘ladi.
3.Chegaralov ma’nosini ifodalaydi: Sinf majlisiga bir Zaynabgina kelmadi.
4.Sifatlovchi aniqlovchilar oldida kelib, ma’noni kuchaytirish uchun qo‘llanadi: Bir jozibali, bir yoqimli kuy chalindi (Oybek).
5.Takroriy shaklda fe’lga bog‘lanib, harakatning belgisini ifodalaydi: O‘ktam kabinetda o‘tirganlarga bir-bir qarab chiqdi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling