O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Chunonchi, 1.Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga


Download 0.76 Mb.
bet95/118
Sana31.01.2024
Hajmi0.76 Mb.
#1817561
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118
Bog'liq
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)

Chunonchi, 1.Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga,

Yomon bilan yursang qolarsan uyatga (Maqol).

2.To‘lqinlarning kuchli na`rasi


Yulduzlarga qadar yetardi (Uyg`un).
b) gap bo‘laklari yoki gaplarni o‘zaro bog`laydi. Bunday funksiyada, asosan, bog`lovchilar va yuklamalar keladi:
Xonaga baland bo‘yli, biroq oriqqina yigit salom berib kirdi. (S.A)
Saida bu-gapni aytdi-yu, chiqib ketdi (S.A.).
v) gap ma`nolarini ifodalashga xizmat qiladi (so‘roq, inkor va sh.k.). Bu yuklamalarning vazifasi.
Yordamchi so‘zlar shakliy xususiyatlariga ko‘ra uch guruhga ajratib o‘rganiladi:
qo‘shimchasimon yordamchi so‘zlar;
sof yordamchi so‘zlar;
yarim yordamchi so‘zlar.
Qo‘shimchasimon yordamchi so‘zlar har uchala yordamchi so‘zlar tarkibida uchraydi. Ko‘makchilar orasida [-dek/-day,-cha], bog`lovchilar orasida [-ki(-kim);-u, -yu,-da (affikssimon yuklama - bog`lovchilar], yuklamalar orasida [-mi, -chi, -a, -ya, -ku,-oq (-yoq), -da, -gina] kabi qo‘shimchaga o‘xshash yordamchi so‘zlarni uchratish mumkin. Qo‘shimchasimon yordamchi so‘zlar shaklan qo‘shimchaga o‘xshaydi, ammo yordamchi so‘zlarning vazifasini bajaradi. Chunonchi, 1.Po‘latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo‘ladi (O.M.). 2.Shu payt o‘g`ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog`iga otildi (O.). 3.Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi (S.A).
Sof ko‘makchilar sirasiga avvaldan ma`lum uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali so‘zlari; sof bog`lovchilar sirasiga va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, yoxud, go‘yo, agar, basharti kabilar; sof yuklamalar qatoriga xuddi, faqat, axir, hatto, naq, atigi, so‘zlari kiradi. Yarim yordamchi so‘zlar atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo‘lgan so‘zning yordamchi vazifasida qo‘llanilishi (old, orqa, avval, bo‘ylab, boshlab…) yoki tabiatida “shakldoshlik” mavjud bo‘lgan birliklar tushuniladi. Masalan, “yolg`iz” sifat turkumiga oid so‘z yuklama o‘rnida (Yolg`iz senga suyanaman.) ishlatiladi. Yoki “Vaqtida yomg`ir yog`adi, vaqtida qor” gapida “vaqtida” so‘zining vazifasi bog`lovchilarga yaqindir. Bunga o‘xshash misollar nutqimizda ko‘p uchraydi. Yordamchi so‘zlarning shakliy xususiyatlariga ko‘ra turlarini quyidagi jadvalda umumlashtirish mumkin:





Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling