GLOSSARIY
AHVO – borliq hodisalari zamirida yotgan umumiylik (mohiyat, imkoniyat, sabab) asosida namoyon bo‘ladigan alohidalik (hodisa, voqelik, oqibat)
Botiniy belgi – borliq hodisalarining kishi sezgi a’zolari bilan fahm qilinmaydigan, idrokiy yo‘l bilan zohiriy xususiyatlarni umumlashtirish asosida aniqlanadigan belgilari
Fahmiy (empirik) bilish – ilmiy bilishning ilk bosqichi bo‘lib, borliq hodisalarning bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan zohiriy jihatlarini tadqiq qilish; empirik yondashuv
Ilmiy bilish – borliq hodisalarini muayyan ilmiy xulosalarga kelish maqsadida va ongli ravishda maxsus tadqiq metodikasi (metodologiyasi va metodlari) asosida o‘rganish
Munosabat – borliq hodisalari orasidagi aloqadorliklar, o‘xshash va farqli jihatlar majmuyi
Nazariy (idrokiy, mantiqiy, ratsional) bilish –ilmiy bilishning ikkinchi bosqichi bo‘lib, borliq hodisalarning bevosita kuzatish mumkin bo‘lmagan botiniy jihatlarini fahmiy (empirik) bilish xulosalariga tayangan holda tadqiq qilish; nazariy yondashuv
UMIS – bevosita kuzatishda berilgan borliq hodisalari zamirida yotgan, ularda namoyon bo‘ladigan umumiylik (mohiyat, imkoniyat, sabab)
Zohiriy belgi – borliq hodisalarining kishi sezgi a’zolari bilan fahm qilinadigan xususiyatlari
[WPm] – o‘zbek tilidagi AHVO tabiatli muayyan gaplarning umumiy qolipi, UMISi
Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Оliy oʻquv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: ЎзМЭ, 2013.
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
3. Замонавий ўзбек тили. Морфология. Дарслик.– Тошкент: Мумтоз сўз, 2008.
4. Abuzalova M. Substansial morfologiya, valentlik va gap qurilishi talqini. – Toshkent: Fan, 2009.
5. Mengliyev B. Hozirgi oʻzbek tili. (Kirish. Fonetik sath, lek-sik-semantik sath). Darslik. – Toshkent: Tafakkur boʻstoni, 2018.
Do'stlaringiz bilan baham: |