Kirish. Kurs ishi mavzusining dolzabriligi
Download 15.32 Kb.
|
QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH
Kirish. Kurs ishi mavzusining dolzabriligi. Iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari bir-biridan farqli jihatlarga ega. Ushbu farqli jihatlar ularni boshqarish uchun kerakli bo‘lgan axborotlami yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash va uzatish vositasi boigan buxgalteriyahisobigaham o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiy hol. Aynan shular boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobini maxsus fan sifatida o‘rganilishi va o‘qitilishini taqozo etadi. «Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» fanining asosiy maqsadi iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida buxgalteriya hisobining asosiy xususiyatlarini ochib berish, talabalarda turli tarmoq va sohalarga tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalami shakllantirishdan iborat. Respublikamizda barqaror va muvozanatlashtirilgan o‘sish sur’atlarini ta’minlashda qurilish tarmog‘i muhim o‘rin tutadi. Chunonchi, ushbu tarmoq xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga kiritishga mo‘ljallangan investitsiyalarni haqiqatda ro‘yobga chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Qurilish tarmog‘ining o‘rni ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasini yaxshilashda, modernizatsiya qilishda, texnik va texnologik jihatdan yangilashda beqiyosdir. Shu bois ham bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, mamlakatimizda qurilish tarmog‘ini ravnaq toptirish, uning moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash, ushbu tarmoq sub’ektlariga yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, o‘z navbatida, o‘ta dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni va unga muvofiq qabul qilingan Davlat dasturlarida mamlakat iqtisodiyotini yanada jadal rivojlantirishda iqtisodiyotning lokomotivi sifatida qurilish sohasiga, xususan yangi bino va inshootlar, yangi ishlab chiqarish ob’ektlari hamda xususiy tadbirkorlik, temir va avtomobil yo‘llari, turar joy binolari qurilishiga alohida urg‘u berilgan. 2022 yildan boshlab, ―O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida “Hisob palatasi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlariga birinchi navbatda byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasiga alohida e‘tibor qaratish, jumladan: byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarning to`g`ri hisoblanishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini monitoring qilish va ularda nazorat tadbirlarini o`tkazish, byudjet tizimi byudjetlaridan to`lanayotgan subsidiyalarning manzilliligini va samaradorligini baholash, davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish, davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini o`rganish” vazifalari yuklatildi. «Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari» nomli bo‘limida ushbu sohaga tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, ulaming texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqajihatdan mavjud bo‘lgan xususiyatlari, ushbuxususiyatlaming buxgalteriya hisobini tashkil qilishgata'siri ko‘rsatib berilgan. Alohida e’tibor qurilish mashinalari ish faoliyati, ulami saqlash xarajatlari, amortizatsiyasi, qurilish materiallari, qurilish va qurilish - montaj ishlarining bajarilishi, buyurtmachilarga topshirilishi, daromadlami tan olish va bajarilgan ishlar tannaixini kalkulyatsiya qilisli usullari, soliq va to‘lovlar hamda yakuniy moliyaviy natijalami hisob va hisobotda aks ettirishdagi xususiyatlarga qaratilgan. Download 15.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling