Муаллимлар ва мураббийлар, умуман, зиёлиларнинг меҳнат фаолияти ҳам бу соҳада яна ҳам муҳим аҳамият касб этади.
Ниҳоят, жазолаш (огоҳлантириш, танбеҳ бериш, шарт қўйиш ва жарима солиш – товон тўлатиш ва бошқа шу каби усул) ҳам тарбия воситасидир.
Қолаверса, бу саъй - ҳаракатлар энг олийжаноб ишга – она тилимиз равнақи масаласига бағишланаётганлигини унутмаслигимиз лозим.
Улуғ бобомиз Алишер Навоийга, қалам суриб, «жаҳонни олмоқ» имконини берган дилбар ва қудратли тилимиз шаънига муносиб тарзда муомала қилайлик.
GLOSSARIY
Atoqli otlar – umumiy tushunchalar bilan bog`liq bo`lgan otlar sifatida narsa, predmet, buyum, voqea-hodisalarni mustaqil predmet sifatida ifodalaydi. Turdosh otlar – ot turkumiga kirgan so`zlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Turdosh otlar bir turdagi narsa, voqea- hodisa, harakat- holat, o`rin-joylarni atab keladi. Muayyan otlar – narsa turli sifatlarning barqaror butunligi , yaxlitligi tarzida talqin etiladi. Mavhum otlar – turi turli narsalarda mavjud bo`lgan bir xil yoki o`xshash sifatlarni bir alohidalik tarzida ifoda etadi.
Sifat – turg’un belgilarni ifodalovchi turkum.
Predmet, voqea-hodisalarga xos bo‘lgan belgi-xususiyatlarni ifodalovchi, gapda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifasida keluvchi mustaqil so‘z turkumi sifat hisoblanadi.
Turg’un belgi – deganda belgining harakatsizligi, barqarorligi, holatning qanday bo‘lsa, shunday aks ettirilishi tushuniladi. Turg’un belgi shu jihati bilan o‘zgaruvchan (dinamik) belgidan farq qiladi.
Nisbiy sifatlar – belgini qandaydir bir predmet, belgi, miqdor, o‘rin va harakatga nisbatan ifodalaydi: moddiy yordam, siniq piyola, burchakdagi o‘tirg’ich…
Sanoq sonlar – son (miqdor) nomlarini, narsa-buyumlarning son-sanog’ini ifodalab keladi.
Chama sonlar – predmetning noaniq miqdorini, taxminiy hisobini ifodalaydi.
Jamlovchi son – jamlash, birgalik ma’nolarini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |