O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Nisbat shakllarining UGMsi
Download 0.78 Mb.
|
ишланилаётган
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orttirma nisbat
- Majhul nisbat
Nisbat shakllarining UGMsi.
Tilshunoslar, jumladan, S.Ivanov va uning izdoshlari nisbat grammatik ma’nosini “foilning harakatda ishtirok tarzini ifodalash”da deb bilishadi. Demak, nisbat kategoriyasining UGMsi bu “foilning harakatda ishtirok tarzi”. Fe’l nisbatlarida foilning harakatni bajarishda qanday ishtirok etishi xususiylashgan bo‘ladi: Aniq nisbat. Salima kir yuvdi. Orttirma nisbat. Onasi Salimaga kir yuvdirdi. Majhul nisbat. Kir yuvildi (Salima tomonidan yuvildi). O‘zlik nisbat. Salima yuvindi. Birgalik nisbat. Salima onasiga kir yuvishdi. Ushbu fe’llarning barchasi bitta foil “yuvmoq” harakati bajaruvchisining bir xilliligi bilan o‘zaro bog‘langan. Faqatgina bu foilning harakatni bajarishdagi ishtirok tarzi turlicha: Aniq nisbatda u o‘zi harakatni bajaradi. Aniq nisbat [0] shaklga ega bo‘lib, foilning harakatda ishtirok tarzi fe’lning lug‘aviy ma’nosi bilan belgilanadi va shunga mos ravishda foilning ishtirok tarzi xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, 1.Foil harakatning bajaruvchisi: O‘timli fe’llarda – Karim xat yozdi. Qush uya qurdi. O‘timsiz fe’llarda- Mashina yurdi. Bola chopdi. 2.Foil harakatni o‘zida mujassamlashtiradi va bir holatdan ikkinchi holatga o‘tadi: Karima qizardi. Bola qo‘rqdi. Orttirma nisbat shaklida foil harakatni bajarishga qo‘zg‘altiriladi, biror ta’sir orqali harakat bajariladi: ”Onasi Salimaga kir yuvdirdi”. “Qiziqchi bolani kuldirdi”. “Xushxabar Karimjonni Toshkentga keltirdi”. “Haydovchi mashinani yurgizdi” kabi gaplarda nisbat UGMsi voqelanadi, ya’ni harakat bajarilishiga tashqi ta’sir mavjud. Ammo “Karimjon xushxabar keltirdi”, “Rahbar ishni yurgizdi” gaplarida orttirma nisbat UGMsi voqelanmagan. Majhul nisbat shakli UGMsi–harakatni bajarishda foilning chetlashtirilishidir: Kir yuvildi. Paxta terildi. Qo‘shiq kuylandi. Juda ko‘p fe’llarda, xususan, harakat natijasida obyektning shakli, rangi, tusi, ko‘rinishi, o‘zgarishini ifodalaydigan fe’llarda ikki xil ma’no voqelanadi: ularning birida foilning harakat tarzi majhul, ikkinchisida esa shu majhullik yo‘q. Chunonchi, Sir ochildi.(Sir tergovchi tomonidan ochildi). Sir ochildi (o‘z-o‘zidan bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish). “Gul ochildi” tipidagi gaplarda esa majhul ma’no yo‘q. Uni aniq nisbat shakliga aylantirib bo‘lmaydi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling