O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.78 Mb.
bet76/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

Tovushga taqlid so‘zlar bular kishilar, jonivorlar, narsa va hodisalarning chiqargan tovushlariga taqlid qilish natijasida paydo bo‘ladi.
Holat, ko‘rinishga taqlid so‘zlar – tovushga taqlid so‘zlar eshitish bilan bog’liq hodisalarni ifodalasa, holat, ko‘rinishga taqlidlar ko‘rish bilan bog’liq hodisalarni ifodalaydi.
Mavzu boyicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
2. Asadov T. Soʻz turkumlari tizimida ravish. Monografiya. – Toshkent: Muharrir, 2010.
3. Abuzalova M., Toirova G. Hozirgi oʻzbek tili (Morfologiya). Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, 2019.
4. Замонавий ўзбек тили. Морфология. Дарслик.– Тошкент: Мумтоз сўз, 2008.


MAVZU: SO‘ZLARNING SINTAKTIK (ALOQA-MUNOSABAT) SHAKLLARI.


Reja:
1. So‘zlarning sintaktik (aloqa-munosabat) shakllari.
2. Sintaktik shakllarning tarkibi va ichki bo‘linishi:
a) so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiluvchi kategoriyalar (kelishik, egalik);
b) so‘zlarga alohida sintaktik vazifa belgilovchi kategoriya (kesimlik kategoriyasi).
3. Egalik kategoriyasi va uning UGMsi.
4. Egalik kategoriyasi shakllarining murakkabligi. Ushbu shakl-ning nokategorial ma'nolari.
5. Kelishik kategoriyasi. Kelishik kategoriyasi va uning UGMsi.
6. Kesimlik kategoriyasi va uning murakkab kategoriyalar tizi-midagi o‘rni.
7. Kesimlik kategoriyasi UGMsi – gap markazi-kesimni shakl-lantirish ekanligi.
8. Predikatsiya va kesimlik.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
Kelishik kategoriyasi, aloqa-munosabat shakli, qaratqich-qaralmishli birikma, kelishik shakllarining o‘rin almashtirishi (bir-birining o‘rnida qo‘llanishi), kelishiklarning ma’no va vazifasi, kelishik kategoriyasining UGM si, makon kelishiklari OGMsi va ularning XGMlari, sof grammatik shakllar, bosh kelishikning qo‘llanish imkoniyatlari, kelishiklarda variant va invariant tushunchasi, so‘z birikmasi qoliplari, kesimlik kategoriyasi, predikativlik tushunchasi, morfologik kategoriyalarning ma`noviy xususiyati va sintaktik imkoniyatlari, kesimlik kategoriyasi UGMsi, tasdiq-inkor, mayl-zamon, shaxs – son shakllarining ifodalanish xususiyatlari, kesimlik kategoriyasining murakkab kategoriya ekanligi, kesimlik kategoriyasi shakllariga munosabat jihatdan mustaqil so‘zlarning ismlarga va fe`llarga ajralishi.
Grammatik shakllarning ma’lum bir ma’no ifodalash bilan birga bir shakl o‘ziga xos sintaktik vazifani ham bajarishi qadimdan tilshunosligimizda aniqlanilgan. Ammo grammatik shakllarning ma’noviy va sintaktik tomoni bir-biridan uzib talqin qilinar edi. Grammatik shakllarga zotiy yondashuv bu masalalarda ma’noviy (semantik) va sintaktik (vazifaviy) tomonlarning dialektik birlikda bo‘lishi, bir tomon bo‘rttirilganda ikkinchi tomon zaiflashishini to‘g‘ri aniqlay olish va uni tushuntirishga imkon berdi [4, 40;].
Morfologik shakl [MSH]da ma`no va vazifa mushtarak holda yashaydi. Morfologik vositalar nutq jarayonida ma`lum bir so‘zga qo‘shilib, muayyan sintaktik shakl [SSH]larni hosil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, morfologik vositalar birikish jarayonida o‘ziga xos ma`noga ega bo‘ladi va sintaktik imkoniyatlarini voqelantiradi. Morfologik vositalar leksemalarga qo‘shilib yangi SSHni vujudga keltirar ekan, ayni paytda uni boshqa SSHga bog`lash vazifasini ham bajaradi.
Shu bilan bir qatorda leksemaning valentlik imkoniyatini qisman o‘zgartiradi. Chunonchi , gul leksemasi va gulni SSHini olib ko‘raylik.
Gul leksemasining birikish imkoniyati chegaralanmagan [qizil gul, ko‘p gul, beshta gul, xushbo‘y gul … ]. Bu bir tomondan, ikkinchi tomondan gulni termoq, gulga o‘xshamoq, guldan uzmoq, gulda yig`ilmoq va hokazo. Gulni SSHida esa bu birikish tobe so‘z bilan bog`lanish q`obiliyati to‘la saqlangan holda hokim so‘z turlarini keskin chegaralaydi: gulni termoq, gulni olmoq, gulni sotmoq, ya`ni bu SSH faqat o‘timli fe`llar bilangina birika oladi.
Shuning uchun formal-funksional tahlilda morfologiya bilan sintaksis bir-biridan keskin ajratilmaydi. So‘z shakli ikki jihatdan tadqiq etilishi mumkin. So‘z shaklidan vazifaga – sintaksis, vazifadan so‘ shakliga – morfologiya sifatida talqin etiladi. [2;] So‘zning sintaktik shakllari tizimi aytib o‘tganimizdek, egalik, kelishik va kesimlik shakllarini o‘z ichiga oladi. Bu shakllarni birlashtiruvchi umumiy xususiyat so‘zning lug`aviy ma`nosiga ta`sir etmay, so‘zlarni so‘z birikmalari tarkibiga birlashtirish va ularga ma`lum sintaktik funksiya belgilashdan iboratdir. Shuning uchun sintaktik shakllarning o‘zi o‘z ichiga ikki guruhni tashkil etadi. Bir tomondan egalik va kelishik shakllari, ikkinchi tomondan kesimlik shakllari.
Formal tilshunoslikda qo‘shimchalar (grammatik shakllar va kategoriyalar) so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi va forma yasovchilarga ajratiladi. Forma yasovchilarga, jumladan, son, daraja, mayl, nisbat, zamon qo‘shimchalari kiritiladi. O‘zbek tilshunosligining keyingi taraqqiyotida nosintaktik sof ma`noviy deb tavsiflangan son, daraja, nisbat, egalik shakllarida ma`lum ma`nolar bilan bir qatorda o‘ziga xos sintaktik imkoniyatlar va, aksincha, sof sintaktik deb tavsiflangan kelishik, mayl, zamon, shaxs-son shakllarida ma`lum ma`nolar yashiringanligi aniqlandi. Bu esa grammatik shaklning ma`noviy qobiliyati va sintaktik imkoniyati masalasini o‘rtaga qo‘ydi. Chunonchi, mayl / zamon shaklining ma`nosi so‘zlovchining harakatga va harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalash bo‘lsa, uning sintaktik imkoniyati gap kesimini shakllantirishidir. Grammatik shakllarning ma`nosi va sintaktik qobiliyatlari B.Mengliyevning tadqiqotidan olingan quyidagi jadvalda umumlashtirilgan:




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling