O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.78 Mb.
|
ишланилаётган
Men yozdim. Biz yozdik.Shaxs va son ma`nosini ifodalash imkoniyatiga ega birliklar o‘zbek tilida bir qanchadir: shaxs olmoshlari, ayrim mayl ko‘rsatkichlari, kesimlik shakllari. Shaxs-son kategoriyasi shakllari quyidagicha ziddiyatlar tizimini hosil qiladi: shaxs ma`nosini ifodalashga ko‘ra kategoriya shakllari uch guruhga birlashib, o‘zaro ekvipolent ziddiyatga kirishadi: -man, -miz, -m, -k, I shaxsni ifodalaydi. -san, -siz, -ng, -ngiz, II shaxsni ifodalaydi. O – III shaxsni ifodalaydi. Son ifodalashda ham ekvipolent ziddiyat yuzaga keladi. Ammo bu ziddiyatga shakllar ikki guruhga bo‘linib kirishadi: -man, -san, -, -m, -ng – birlik ifodalaydi. [O] birlik ham, ko‘plik ham ifodalovchi shakl sifatida faqat birlik ifodalovchilar bilan birlik ifodalash, faqat ko‘plik ifodalovchilar bilan ko‘plik ifodalash belgisiga ko‘ra qisman privativ ziddiyat hosil qiladi. Bunda har ikki ziddiyatning ham kuchsiz a`zosi bo‘ladi. Tasdiq-inkor ma`nosini ifodalashda morfologik ko‘rsatgichlardan tashqari na, emas yordamchi so‘zlarini, yo‘q so‘zini ko‘rsatish mumkin. [O] bo‘lishlilikni, [-ma] bo‘lishsizlikni ifodalash bo‘yicha ekvipolent ziddiyatga kirishadilar: 1.Majlis yarim kechagacha cho‘zild. (O.M.). 2.Uzoqdan Navoiyning qorasi ko‘ringuniga dovur u amirning kelishiga ishonmagan edi (O.M.). Tasdiq-inkor shakllari mohiyatining semantik tomonini bo‘lishli – bo‘lishsizlik ifodalash, sintaktik tomonini gap kesimini shakllantirishda qatnashish tashkil etadi. Kesimlilik kategoriyasi ko‘rsatkichlariga shaxs – son, tasdiq – inkor, mayl – modallik mansub ekan, bu ma`nolar ifodalanishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: Kesimlik ma`nolarining yig`iq ifodalanishi: a) fe`l – kesimlarda: Yoz! Yozgin!; Boray. b) ot – kesimlarda: O‘qituvchiman; Shifokorsiz. Kesimlik ma`nolarining yoyiq ifodalanishi: a) fe`l – kesimlarda: Yozmasaydingiz. b) ot – kesimlarda: O‘qituvchidirman. Kesimlik ma`nolarining tafsiliy usul bilan ifodalanishi: a) fe`l – kesimlarda: Olgan bo‘lsangiz; O‘qisa bo‘ladi. b) ot – kesimlarda: O‘qituvchi edim; Bahor bo‘ldi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling