O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


LEKSEMALAR O‘ZGARUVCHILAR+ O‘ZGARMASLAR 0


Download 0.78 Mb.
bet25/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

LEKSEMALAR


O‘ZGARUVCHILAR+ O‘ZGARMASLAR 0
sonlanuvchi-ot, ko‘makchi, bog‘lovchi,yuklama,
darajalanuvchi-sifat, ravish, undov, so‘z-gap.
tartiblanuvchi-son,
nisbatlanuvchi-fe'l
Ushbu tasnifdan ishora so‘zlar va taqlidlar o‘rin olmagan. Chunki olmoshlarga o‘zlari ishora qilib kela oladigan barcha leksema guruhlarining morfologik kategoriyalari ham, sintaktik vazifalari ham xosdir. Bu isbot talab qilmas holatdir: ot-olmoshlar son kategoryasiga (kim-kimlar); fe'l-olmoshlar nisbat kategoriyasiga (shunday qilishdi); son-olmoshlar: tartib kategoryasiga (necha - nehanchi); sifat-olmoshlar daraja kategoriyasiga (shunday-shundayroq) ega. Taqlidlarning esa o‘ziga xos tasniflovchi morfologik kategoriyasi yo‘q. Biroq ular o‘zgarmas so‘zlar ham emas. Taqlidlarning morfologik kategoriyalarga ega bo‘lishi ularning gapda qanday bo‘lak bo‘lib kelishi bilan bog‘liq. Professor H.Ne'matov o‘zining "Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI – XII веков" nomli kitobida taqlidlarda leksemalarning ajralmagan "embrion - diffus holati" o‘z aksini topganligini qayd etadi [3,192;].
Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog‘lana olish yoki bog‘lana olmasligi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olishi yoki kela olmasligi kabi xususiyatlar o‘z aksini topadi. Sintaktik tasnifga ko‘ra leksemalarni uch tipga ajratamiz:
1. Gap bo‘lib keladiganlar – undov, modal, tasdiq va inkor, taklif so‘z – gaplar.
2. Gap bo‘lagi bolib keladiganlar – hamma mustaqil so‘zlar–fe'l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, ishora so‘z – olmoshlar.
3. Sintaktik aloqa vositasi bo‘lib keladiganlar–ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
So‘z-gaplar nutqda boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o‘zi mustaqil gap bo‘lib kela olish qobiliyatiga ega, ya'ni ajralish xususiyatiga ega. Mustaqil va yordamchi so‘zlar esa bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo‘lak bo‘lib kela olmaydi, ammo sintaktik jihatdan bog‘lash vazifasini bajaradi. Mustaqil so‘zlar esa mustaqil ravishda "muchalanadi", ya'ni gap bo‘lagi bo‘lib keladi.
Bizningcha, quyidagi jadvalda leksemalarning serqirralik xususiyatini, ya’ni ularning ma'noviy, sintaktik, morfologik belgilarini umumlashtirish mumkin:



Leksema turlari

Ma’noviy

Sintaktik

Morfologik

Izoh (ajralish-ning asosiy
belgisi)

1

Fe’l

Harakat holatni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchilik (gap bo‘lagi bo‘lib kelishi)

Nisbatlanuvchi o‘zgaruvchi (yozmoq-yozildi)

Morfologik va ma’noviy

2

Ot

Predmet va predmetlikni nomlash orqali atash mustaqil leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchilik

Sonlanuvchi o‘zgaruvchi
(kitob-kitoblar)

Morfologik va ma’noviy

3

Sifat

Belgini nomlash asosida atash mustaqil leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchi
lik

Darajalanuvchi o‘zgaruvchi
(yaxshi- yaxshi -roq)

Morfologik va ma’noviy

4

Son

Miqdorni nom-lash asosida atash mustaqil leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchilik

Tartiblanuvchi o‘zgaruvchi (bir-birinchi)

Morfologik va ma’noviy

5

Ravish

O‘rin, payt, tarz-tusni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari

Cheklangan muchalanuvchilik

O‘zgarmaslik

Morfologik va sintaktik

6

Taqlid

Tovush yoki ko‘rinishga taq lid leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchilik

-

Ma’noviy

7

Ishoralar (olmoshlar)

Ishora mustaqil leksemalari

-

-

Ma’noviy

8

Ko‘makchi




So‘zni so‘zga tobelantiruvchi muchalanmas leksemalar

O‘zgarmaslik

Sintaktik

9

Bog‘lovchi




So‘zni va gapni bog‘lovchi muchalanmas leksemalar

O‘zgarmaslik

Sintaktik

10

Yuklama

Ta’kid

Muchalanmaslik

O‘zgarmaslik

Ma’noviy

11


Modal


Munosabatni nomlash asosida atash leksemalari



Ajraluvchilik (gap bo‘laklari bilan munosabatga kirishmaydi)



O‘zgarmaslik



Ma’noviy va sintaktik



12

Undov

His-hayajonni tasvirlash leksemalari

Ajraluvchilik

O‘zgarmaslik

Ma’noviy va sintaktik

13

Tasdiq va inkor so‘zlar

Tasdiq-inkor ma’nosi

Ajraluvchilik

O‘zgarmaslik

Ma’noviy va sintaktik

14

Taklif so‘zlar

Tasdiq ma’nosi

Ajraluvchilik

O‘zgarmaslik

Ma’noviy va sintaktik

DTSga asoslangan ona tili o‘quv dasturi va darsliklarida ham o‘zbek tili qurilishi talqinida qator yangiliklar ko‘zga tashlanadi:



  1. Olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe'l, ravish, taqlidiy so‘z, undov gap va, hatto, matnni almashtira olish,ularga ishora etish xususiyati hisobga olingan holda ularni o‘rganish fe'l, ravish, taqlidiy so‘zlardan keyinga ko‘chirilgan va ular ishora so‘zlar sifatida izohlanilgan.

  2. Dasturda bir so‘z turkumidan ikkinchi bir so‘z turkumiga o‘tish talqini rus tili grammatikasidan ko‘chirilgan hodisa sifatida baholanadi (“Yaxshi bola yaxshi o‘qiydi”; “Mardona yigit mardona gapiradi” kabi gaplarda yaxshi va mardona so‘zlari birinchi birikmada sifat deb, ikkinchi birikmada esa ravish deb bahslanadi). Darslikda ravish so‘z turkumining xususiyatlari o‘rganilar ekan, uning morfologik kategoriyalarni, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi asosiy belgisi qilib ko‘rsatilgan. Ravishlarning morfologik jihatdan o‘zgarmas ekanligi qator misollarda (tasodifan, birga, qasddan, o‘zbekona, haqiqatan) aniqlab berilgan. Ravishlarning sintaktik vazifasi ularning aniqlovchi bo‘lib kela olishi bilan kengaytirilgan.

  3. Egalik, kelishik qo‘shimchalari faqat otlar va otlarni almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan g‘ayriilmiy talqin dasturdan o‘rin olmagan. Grammatikadagi otlashuv hodisasi "ma'no torayishi" mavzusi doirasida izohlangan.

  4. So‘z turkumlarini o‘rganishda ularning asosiy ma'noviy, morfologik, sintaktik xususiyatlari hisobga olingan holda, amaldagi dastur va darsliklarimizdan farqli o‘laroq quyidagicha joylashtirilgan:

1. Fe'l. 7. Olmosh
2. Ot. 8. Ko‘makchi
3. Sifat. 9. Bog‘lovchi
4. Son. 10. Yuklama
5. Ravish. 11. So‘z- gaplar (undov,modal,tasdiq
6. Taqlid so‘z va inkor,taklif so‘z-gaplar)

7-sinf darsligida so‘z-gaplar, ularning ko‘rinishlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Tasdiq-inkor ma'nosini ifodalaydigan so‘zlar (asosan, ha, yo‘q, xo‘p, xo‘sh) tilshunosligimizda, ko‘pincha, modallar tarkibida o‘rganilib kelingan. Joriy dastur va darsliklarda esa ularning ma'noviy xususiyatlari hisobga olingan holda alohida guruhga ajratilgan. Taklif so‘z-gaplar guruhiga qo‘llanilishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Ma, Mang, Qani, Xo‘sh?, Marhamat kabi so‘zlar kiritilgan. So‘z-gaplarning asosiy xususiyati, ya'ni ularning kesimlik shakli qo‘shimchalarini mutlaqo qabul qila olmasligi izohlab berilgan.


Xulosa qilib aytish mumkinki, keyingi yillardagi ona tili tizimidagi qator yangiliklar, tajribalar, ilmiy xulosalar umumiy o‘rta ta'lim dastur va darsliklarida ham o‘z ifodasini topgan.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling