3-mavzu: To’pgullar va ularning tuzilishi


Download 82.17 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi82.17 Kb.
#1752791
  1   2   3   4
Bog'liq
3-ant maruza

3-MAVZU: To’pgullar va ularning tuzilishi




Reja:

  1. O’simliklarni morfologik tavsiflash.

  2. To’pgullar haqida umumiy tushuncha.

    1. O’simliklarni morfologik tavsiflash. Antekologik tadqiqotlar o’tkazishda kuzatilayotgan o’simlikka ekologo-morfologik tavsif berish taqozo etiladi. O’simlikka ekologo-morfologik tavsif berilganda uning hayotiy shakli, areali, yoshi, ekologiyasi, biometrik (o’lchami soni) va morfologik (shakli, ko’rinishi, rangi) belgilari qayd etiladi. Uning qisqa yoki to’liq bayon etilishi tadqiqotchi oldiga qo’yilgan vazifalariga qarab belgilanadi. Ekologo-morfologik tavsif tuzilishi botanika kursida qo’llaniladigan morfologik tavsiflashga juda o’xshash bo’lib, undan yashash sharoitini keltirishni, ekologik omillarning ta’sirini qayd etishi, o’simlikning amaliy ahamiyati ko’rsatilishi bilan farqlanadi. O’simlikka morfologik tavsif berishdagi ma’lum qoidalar va ketma-ketlikka rioya qilinilishi ekologo- morfologik tavsiflashda ham saqlanadi:

-Tavsif aniq va tushunarli bo’lishi kerak
-Tavsiflashda maxsus botanik atamalardan foydalanish
-Tavsiflashda keraksiz va qaytariladigan so’zlar ishlatilmaydi

    1. To’pgullar haqida umumiy tushuncha. Kamdan-kam o’simliklarda (na’matak, ko’knori, lola, peongul, magnoliya va bosh.) gullar yakka-yakka bo’lib joylashadi. Aksariyat o’simliklarda esa, gullar bir-birining yonida bir nechtadan to’plangan bo’ladi. Gul chiqargan shoxlarda tipik vegetativ barglar bo’lmasdan, faqat qoplag’ich barglar bilan gulyonbargchalargina bo’ladi, bunday shoxlar to’pgullar deb ataladi. Yopiq urug’li o’simliklarning to’pgullar hosil qilishi evolyutsion jarayon natijasi bo’lib, o’simliklarning changlanish jarayonida bir qancha afzallik tomonlari mavjud:

  1. Oziq moddalarni tejash maqsadida kichraygan gullarning bir to’da bo’lib joylashishi changlovchi hasharotlarga yaqqol ko’rinadigan ixcham guruhlarga birlashishiga;

  2. To’pgullarda gullarning birin-ketin, navbat bilan, uzoq muddat gullashiga;

  3. To’pgullarda gullarning shamol yordamida chetdan changlanishini osonlashtiradi.

To’pgullarning shakli, kattaligi va gullarning soni har xil bo’lishi mumkin. Masalan, qo’g’a (Turha) turkumining to’pgulida 300 000 gul borligi aniqlangan. Korifa palmasi (Corypha umbraculifera) to’pgulining uzunligi 10 metr, gullarning soni esa 6 mln gacha boradi.
To’pgullar tuzilishi jihatidan o’simliklarning vegetativ qismidan bir qancha belgilari bilan farq qiladi. Novdalarning gullash davriga o’tishi, uning kuchli o’sishi

va yangi shaklning paydo bo’lishi bilan birga boradi. Bu vaqtda uchki meristema boshlang’ich gulni hosil qilish bilan birga shaklini o’zgartiradi, kuchli o’sadi va qismlarga bo’linadi.
To’pgullar kurtaklarning harakatga kelib yozila boshlaganidan keyin yanada yaxshiroq ko’rina boshlaydi. Ko’pchilik novdalar to’pgullarining apikal meristemasi gulga aylanadi, bunday novdalar bo’yiga o’sishdan to’xtaydi. Gullab meva hosil qilib bo’lgandan keyin novdaning shu qismi qurib, uzilib tushadi.
To’pgullarni hosil qilgan novdalarning qismiga, ya’ni har yili kurtakdan paydo bo’lib gullab, mevalagandan keyin quriydigan novdaning qismini birlashgan to’pgullar yoki sinflorestsentsiya deyiladi. Sinflorestsentsiyani hosil qilgan novdalar bir necha zonalarga bo’linadi. Birinchi zonaga shunday novdalarning pastki qismi kirib to’p barglarini qo’ltig’ida o’simlikning yer ustki organlarini hosil qiluvchi kurtaklar joylashadi, bu zonani yangidan hosil qiluvchi zona deyiladi. Keyinchalik bu zona o’t o’simliklarning ko’p yillik qismining tarkibiga kiradi. Undan yuqoriroqdagi qismi kam rivojlangan shoxlanmagan zona deyiladi. Bu zonada barglar qo’ltig’idagi kurtaklar rivojlanmaydi yoki umuman paydo bo’lmaydi. Undan yuqoriroqdagi qism shoxlanish qism bo’lib, yon kurtaklar kuchli rivojlanib to’ldiruvchi novdalar paydo bo’ladi. Asosiy novda, (shoxlanish zonasidan asosiy bo’g’im oralig’i bilan ajralgan) asosiy to’pgul bilan tamomlanadi. To’ldiruvchi novdalar asosiy novdaning tuzilishini takrorlaydi va takrorlovchi zona yoki parakladiya deyiladi. Parakladiyalar I-II-III va undan ham ko’proq tartibda shoxlanadi. Demak, asosiy va yon novdalardagi to’pgullar birgalikda birlashgan to’pgullarni hosil qiladi. Shunday qilib, o’t o’simliklar bitta shoxlangan asosiy novdasida turli darajadagi to’pgullarni ajratish mumkin. Sinflorestsentsiyaning rivojlanishi yashash sharoitiga bog’liq bo’ladi.

Download 82.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling