3-mavzu: To’pgullar va ularning tuzilishi


Download 82.17 Kb.
bet3/4
Sana06.11.2023
Hajmi82.17 Kb.
#1752791
1   2   3   4
Bog'liq
3-ant maruza

Boshoq to’pgullarda asosiy o’q kuchli rivojlangan bo’lib, gullar o’q bo’ylab bandsiz yoki juda qisqa band bilan birikadi (zubturum).

  • Shingil to’pgullarda asosiy o’q uzun bo’lib, unda gullar bir xil uzunlikdagi band bilan ketma-ket spiralsimon joylashadi (oq akatsiya, burchoq va boshqalar).

  • So’tada to’pgullarda asosiy o’q seret bo’lib, gullar bandsiz joylashadi (makkajo’xori).

  • Soyabon to’pgullarda asosiy o’q qisqargan bo’lib, gullarning yaxshi rivojlangan bir xil uzunlikdagi gulbandlari bir joydan chiqadi (piyoz, olcha).

  • Boshcha to’pgullarda asosiy o’q juda qisqarib ketgan bo’lib, unda gullari bandsiz yoki yaxshi rivojlanmagan band bilan zich joylashgan (beda, skabioza).

  • Savatcha to’pgullarda asosiy o’q yassi yoki konussimon kengaygan bo’lib, gullari bandsiz joylashgan (kungaboqar, bo’tako’z). Gullar akropetal holatda ochiladi: avval chetki gullar, so’ngra o’rta qismdagi gullar ochiladi.

  • Qalqon to’pgullarda ostki gullarning gulbandi ustki gullarnikiga qaraganda uzun bo’ladi (nok).

    1. Murakkab monopodial to’pgullarga quyidagi to’pgullar kiritiladi:

      1. Murakkab boshoq – monopodial shoxlangan asosiy o’qda ikkinchi tartibli o’q bo’lib, oddiy boshoqlar joylashadi (bug’doy, arpa).

      2. Murakkab shingil – uzun monopodial asosiy o’qda ikkinchi tartibli oddiy shingillar joylashadi (qashqarbeda).

      3. Murakkab soyabon – asosiy o’qning yuqorigi tomoni qisqargan bo’lib, undagi gulyonbarglarning qo’ltig’ida oddiy soyabonlar joylashadi (sabzi, ukrop).

      4. Ro’vakRo’vak to’pgulda ko’p sonli yon o’qlar joylashgan bo’lib, pastki qismlaridagi o’qlari yuqoridagilariga qaraganda kuchli shoxlanadi (sholi,suli, tariq, qo’ng’irbosh, siren).


      5. Download 82.17 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling