3-mavzu: To’pgullar va ularning tuzilishi
Download 82.17 Kb.
|
3-ant maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monoxaziy
- Pleyoxaziy
Murakkab qalqon – bu aralash to’pgul bo’lib, uning asosiy o’qi oddiy qalqon, yon o’qlari savat yoki qalqonlardan iborat (bo’ymodaron).
Simoz yoki Simpodial to’pgullarning asosiy o’qi gul bilan tugallanib, uning yonidan ikkinchi, uchinchi va hokazo o’qlar paydo bo’ladi. Ularning ham uchi o’z navbatida gul bilan tugallanadi. Bunday to’pgullarni aniq to’pgullar deyiladi. Simpodial to’pgullarning o’qi doimo qisqa bo’lib, gul bilan tugallanadi. rasm. Simpodial to’pgullar. a-monoxaziy: 1-oddiy monoxaziy; 2-ilonizi; 3-gajak; b-dixaziy: 4-oddiy; 5-ikki karra dixaziy; 6-uch karra; v-pleyoxaziy: 7-oddiy pleyoxaziy; 8-ikki karra pleyoxaziy; 9-tirs shaklidagi pleyoxaziy. Simoz - simpodial o’sadigan murakkab to’pgullar bo’lib, birinchi gul ochilgandan keyin asosiy o’q o’sishdan to’xtaydi. Yon shoxlarini soni tur uchun o’zgarmas bo’ladi. Gullar yuqoridan pastga qarab (bazipetal) ochiladi. Yon shoxlarning soniga qarab uchga bo’linadi: dixaziy, monoxaziy va pleyoxaziy (8- rasm). Monoxaziy - bu tipdagi simoz to’pgulning asosiy o’qi faqat bitta yon o’qni hosil qiladi. Yon o’qlar asosiy o’qning yuqorigi qismida paydo bo’ladi. Monoxazii ikkiga: gajak va ilonizi to’pgullarga bo’linadi. Ilonizi - asosiy o’qning uchi gul bilan tugaydi va keyin o’smaydi. Guldan pastda paydo bo’lgan ikkinchi tartibli o’qlar asosiy o’qning bir gal o’ng tomonida bir gal chap tomonida rivojlanib gul bilan tugaydi (gladiolus, gulsafsar). Gajak to’pgulda – asosiy o’q bitta gul bilan tugaydi, yon o’qlar asosiy o’qning faqat bir tomonida paydo bo’ladi va gul bilan tamomlanadi. Uchki tomoni esa ichiga qarab qayrilib boradi. Dixaziy - to’pgulda asosiy o’q gul bilan tugaydi, guldan pastki bo’g’imda qarama–qarshi yoki ketma-ket ikkita ikkinchi tartibli yon o’qlar hosil bo’ladi. Bularning uchi ham gul bilan tugaydi. Ikkinchi tartibli shox ham asosiy o’qqa o’xshash shoxlanadi (chinnigul). Pleyoxaziy - simoz to’pgul bo’lib, asosiy o’qning o’rniga kelgan bir qancha yon shoxlar deyarlik mutovka shaklida joylashadi va kuchli o’sib asosiy o’qdan uzunroq bo’ladi (sutlama). Yon o’qlardagi to’pgullar dixaziy va monoxaziy bo’lishi mumkin. Murakkab to’pgullarda asosiy o’qning turli xil o’sishi uchraydi. Ba’zida asosiy o’q monopodial o’sib, yon to’pgullar simpodial o’sadi. Bunday monopodial va simpodial to’pgullarning birgalikda kelishiga tirs deyiladi (kashtan, marmarak). Agar to’pgullarning uchi gul bilan tugasa yopiq to’pgullar deyiladi. Bunda avval uchki qismidagi gullar ochiladi (bazipetal). Ba’zi o’simlik-larning apikal meristemasi vegetativ holatda bo’lib, ochiq to’pgullar deyiladi. Ochiq to’pgullarda gul pastdan yuqoriga qarab akropetal ochiladi. Simpodial to’pgullarda avval uchki gul ochiladi va yopiq to’pgul deb ataladi. Savollar:Nima uchun to’pgullarga shakli o’zgargan novda deyiladi? Morfologik tuzilishga binoan to’pgullar nechiga bo’linadi? O’sish va shoxlanishga qarab to’gullar necha tipga bo’linadi? Oddiy to’pgullarning tiplari nimadan iborat? Murakkab to’pgullar deb nimaga aytiladi, misol bilan tushuntiring? Download 82.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling