O’zbek adabiy tilida qo’shib, ajratib va chiziqcha bilan yozish qoidalari


Download 22.94 Kb.
bet2/4
Sana07.01.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1081112
1   2   3   4
Bog'liq
3-amaliy

Topshiriqlar:
1-topshiriq. Qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlarga misollar ayting
2-topshiriq. Ajratib yoziladigan qo’shma so’zlarga misollar ayting
3-topshiriq. Imlo qoidalarini yodlang
4-topshiriq. Matbuot nashrlaridan sohangizga oid imlo qoidalari buzilgan matnlarni toping va ularning xatolarini to’g’rilang
5-topshiriq. O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini yoddan ayting
6-topshiriq. Qo’shma so’zlar haqida ma’lumot bering
7-topshiriq. Qo’shma so’zlar imlosini so’zlab bering
8-topshiriq. Chiziqcha bilan yozishga misollar ayting
9-topshiriq. Juft so’zlar imlosini aytib bering


Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Venna diagrammasi, sinkveyn usuli


NAZARIY MA’LUMOT


Quyidagicha tuzilishdagi qo'shma so'zlar qoshib yoziladi:
A) bir tushunchani bildiradigan va birbosh urg'u bilan aytiladigan qo'shma so'zlar: belbog', asalari, oshqozon, sheryurak, qshqargul kabi.
B) xush, kam, ham, umum, bop, noma, xoma, sifat, rang, baxsh, poya, mijoz. talab kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma so'zlar: xushxabar, kamhosil, hamfikr, umumxalq, hammabop, tavsiyanoma, taklifnoma, bedapoya, qabulxona, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
D) ikkinchi qismi -(a)r, -mas qo’shimchalari bilan tugayqigan qo'shma so'zlar: o'rinbosar, otboqar, cho’lquvar, ishyoqmas, qushqo 'nmas.
E) takror taqlid so'zlarga qo’shimchalar qo'shish bilan tugaydigan qo'shma ot va fe'llar qo'shib yoziladi: pirpirak (pir+pir+ak), hayhayla (hay+hay+la), gijgijla (gij+gij+la).
F) narsani uning rangi, mazasi, o'zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo'shma otlar: olaqarg'a, qisilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi
G) narsani boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o'xshatish yo'li bilan bildiruvchi qo'shma ot va qo'shma sifatlar qo’shib yoziladi: karnaygul, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg'iyko’z kabi.
H) narsani biror maqsad, ish uchun mo'ljallanganligini bildiruvchi qo'shma otlar: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqo’ra, nosqovoq, ko’zoynak kabi.
I. lkkinchi qismi turdosh ot yoki obod so’zi bilan ifodalangan geografik nomlar: Amudaryo, Yangiyol, Kosonsoy, Yunusobod, Mirzaobod, Husanko'l kabi, ammo ikkinchi qismi atoqli ot bo'lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O'rta Chirchiq, Eski Arab, Yangi Arab, O'rta Osiyo kabi.


Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling