Ba’zi binafshatek solibon boshlarin quyi,
Ba’zi qo‘l ocha birla ovunib ochuq, yoruq, Ba’zi qotib, tomog'i qurub og'zida suyi, Dedim: “Subhon Olloh, ne holdur?”
(*darxost — iltimos, so ‘rov, о ‘tinch; * та jun — bir qancha dorivor- larni yanchib, asalga qorishtirib yasalgan, kayf beruvchi quyuq dori; aralashma; * shukuft(a) ochilgan)
Shoir keltirgan parcha tom ma’noda real haqiqat. Parchadan ham ko‘rinib turibdiki, shoir yumorga boy, xalqona iboralaming ustasi. Qo- laversa, turli toifadagi odamlami kuzatgan, ulaming holatini chizishga mohir. Faqat shu munozarada emas, balki Yaqiniyning “0‘q va Yoy” va Ahmadiyning “Sozlar munozarasi”da ham yumor yorqin ko‘zga tash- lanadi. Ichkilikdan sarxush bo‘lgan odamning o‘zini tutishi, qiyofasi, holatini shoir nihoyatda mahorat bilan, tabiiy yo‘sinda tasvirlagan. Ular- ning qaysi biri ochilgan gulday xushvaqt, qaysi biri xuddi binafshaday boshlarini quyi solgan, ba’zilari sarxushlikdan uxlab, og‘zidan so‘laklari oqqan. Bu manzara tasviridan Yusuf Amiriy ‘chkilikni qoralashning ta- momila ta’sirchan usulini o‘ylab topgan - ‘chkilikka ruju qo'ygan odam- larning kulgili qiyofasini yaratgan va bu usul orqali kitobxonda ichkilik- ka nafrat hissini tasvirlashga erishgan. Shundan kelib chiqqan holda, u ‘chkilik yomon, ichsalaringiz, ana shu ahvolga tushasizlar, degan quruq nasihatbozlik o‘miga kitobxonga quyidagi xulosani taqdim qiladi:
Bu kayfiyatni emdi so‘rsa bo‘lmas,
Taammul* ko‘z‘ birla ko‘rsa bo‘lmas. (*taammul — chuqur о ‘ylash, diqqat bilan fikrlash)
Bu manzaradan xulosa chiqarish uchun chuqur o‘ylash kerak emas, katta aql ham kerak emas, faqat davradoshlaming holatigabir nazar tash- lash va ulaming o‘rniga o‘zn‘ qo‘yib ko‘r‘sh kifoya.
Yusuf Amiriyning asosiy maqsadi, kitobxonga aytmoqchi bo‘lgan gapi mana endi boshlanadi. Munozaraning bundan keyingi qahramon- lari ham o‘sha davra ‘shtirokchilaridir. O‘zaro bahs asnosida ulaming nuqtai nazari ikki qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurashni eslatadi. Shoir bu o‘r‘nda qahramonlami - Bang bilan Chog‘im‘ shaxslashtirish usulini qoMavdi. Bu usul orqali asarda yumor hissi yanada kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |