Ikkinchi pardaning mazmuni. Ikkinchi parda 17 varaqdan iborat. Bu parda ham zararlangan va bir necha varaq yo‘q. Bu parda birinchi pardaga tabiiy ravishda bog‘langan bo‘lib, pardaning boshlanishida “Endi bu no‘mluq so‘zni Badari braxmonning uyidan o‘qish kerak” deb voqyelik o‘mi ko'rsatiladi. Bu parda to‘rt ko‘rinishga ajraladi. Birinchi ко ‘rinishda Maytri o‘n olti shogirdini boshlab Badarining uyiga tong sa- harda keladi. Ular ustozidan hol-ahvol so ‘ raganlaridan keyin, T angri burxon Shakyamunining huzuriga borib, budda dini rohibi bo‘lmoqchimiz, deb Badaridan ijozat so‘raydilar. Badari ularga, kechasi Tangri elchi- sidan menga vahiy keldi, ammo uzoq yo‘1 bosib Tangri burxon huzuriga borishga sog‘lig‘im imkon bermaydi, deb uzrini aytadi. Maytri shogirdlariga Tangri burxonning o‘ttiz ikki xil baxt-saodatli alomatini birma-bir aytib beradi va ularga quyidagicha uqtiradi: “Shakyamunining huzuriga borganingizda, birinchi navbatda, uning o‘ttiz ikki xil alomati- ga diqqat bilan qarasangiz, keyin undan murakkab masalalar to‘g‘risida so‘rasangiz bo‘ladi. Agar uning o‘ttiz ikki alomati mukammal bo‘Isa, u sizlaming savollaringizga to‘liq va to‘g‘ri javob bersa, uning shogirdi bo‘la olasizlar”. Shundan so‘ng ular ustozi Maytridan uzr so‘rab, xayr- lashib chiqib ketadilar. Ikkinchi ко ‘rinishda Maytri ustozi Badarini qol- dirib ketadi, Tangri burxon yoniga borishga otlanmoqchi bo‘lgan xalqlar turli tomondan yig‘ilib kelib, sizdan ayrilishga ko‘zimiz qiymayapti, deb Maytriga hurmatlarini bajo qiladilar. Xalqlar Maytriga shunday deya xitob qiladilar: “Ey qut Tangri, pok braxmon, Azrua tangri! Ey jamiki jonzotlaming umid-ishonchi! Ey butkul Doksonpot elining iftixori! Siz nega bizni tashlab ketmoqchisiz?” Maytri ularga: “Bu olamning qonuni aslida shunday, uzoq zamonlardan beri jonzotlar shodlikka to‘lib kelgan bo‘lsalar ham, bir kun kelib hamma suyuklilar bir-biridan ayriladilar”, deb mehribon ota singari ularga nasihat qiladi, xalqlarga tasalli beradi va “hasrat chekmasdan umidvor bo‘linglar”, deb da’vat qiladi. Xalqlar Maytrining so‘zlaridan qattiq ta’sirlanadilar. Ming-minglab odamlar qat’iy qaror qilib, ota-onalarini, mol-mulkini tashlab, Maytriga ergas- hadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |