O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


(Bu xalq qo ‘shig 4parchasi Sayfi Saroyining E.Fozilov nashrga tay- yorlagan (T.:1968, 47-b.) kitobidan olindi


Download 2.59 Mb.
bet86/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

(Bu xalq qo ‘shig 4parchasi Sayfi Saroyining E.Fozilov nashrga tay- yorlagan (T.:1968, 47-b.) kitobidan olindi)
Ikkinchi varianti ham, ba’zi so‘zlar o‘zgarishi bilan ijro etilganini hi- sobga olmaganda, yuqoridagi parcha bilan bir. Ammo bu xalq qo‘shig‘i Sayfi Saroyi qo‘lyozmasi tarkibiga qanday kirib qolgani noma’lum. Qo- laversa, Sayfi Saroyining qo‘lyozmasi tarkibida, yuqorida aytilganiday, bir necha dastxatlar bor. Ehtimol, ana shu dastxatlardan biri bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, Sayfi Saroyi qo‘lyozmasining debochasida mazkur xalq qo‘shiqlari haqida biron ma’lumot yoki ishora ham yo‘q. Sayfi Saroyining qo‘lyozmasiga turk xalq qo‘shiqlariga mansub bu xalq qo‘shig‘i kirib qolgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois bu haqda hozircha so‘z yuritish ortiqcha, deb bilamiz.
Sayfi Saroyining bizgacha yetib kelgan lirik she’rlari miqdor jiha- tidan oz bo‘lsa-da, mavzu qamrovi keng: goh odamiylik va inson qadr- qimmati, goh samimiy ishq-muhabbat, goh oliyjanob insoniy tuyg‘ular shoir she’rlarining asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
Suxayl va Guldursun” dostoni. Yuqorida biz bu asar “Yodgor- noma” nomi bilan tanilgani haqida aytgan edik. Sayfi Saroyi “Suxayl va Guldursun” dostonida dunyoviy ishq, sevgida vafodorlik, mardlikni kuylaydi. Doston afsona emas, balki tarixiy haqiqat asosida yaratilganini Sayfi Saroyi alohida ta’kidlab:
Emas afsona, chin ushbu bitilmish,
Bu chin, afsonadek ishqda yetilmish
misralari bilan boshlaydi. Dostonning mazmuni quyidagicha:
Amir Temur bilan Oltin 0‘rda xoni To‘xtamish o‘rtasida bo‘lgan jangda To‘xtamish xon tomonidan ko‘p odam asirga olinadi. Bo‘lib o‘tgan jangda qonlar daryo bo‘lib oqdi. Asirlar orasida To‘xtamishning o‘g‘li Suxayl ham bor edi. Suxaylni zindonga tashladilar. Suxayl xuddi Yusuf singari go‘zal yigit, fazilatlari bir talay, so‘zlari shirin yigit edi. Suxaylni zindonga tashlaganlaridan keyin, u uxlab qoladi va tush ko‘radi. Tushida bir parivash qiz bog‘da yurgan emish, Suxayl esa bog‘da qizga atab gullar terib yurgan emish. Qiz Suxaylning ko‘ngliga otash tashlab qochib ketibdi. Qizning ortidan yuguribdi-yu ammo bir chuqurga yiqilib tushibdi. Suxayl uyg‘onib ketib, bu tush ekanini anglabdi. Shohning qiz; Guldursun kanizlari bilan sayr qilib yurib, zindondagi Suxaylni ko‘rib qoladi. Guldursun - o‘zini gul, Suxaylni bulbul deb bildi. Kechasi zin- donbon oldiga keldi va zindonga tushib behol yotgan Suxaylning yuziga yuzini qo‘ygan edi, Suxayl o‘ziga keldi. Guldursun Suxaylga: “Men siz- ning fidoyingizman” deb, Suxayl Guldursunga: “Men sening gadoying bo‘ldim”, deya ahdu paymon qildilar va ikkovi chohdan chiqib, qoch-
dilar. Ikkovi do‘zaxday qizib ketgan sahroda yuraverdilar. Ammo Gul­dursun ochlikdan, suvsizlikdan yerga yiqilib, jon berdi. Chorasiz qolgan Suxayl ham “menga yaxshidir yor birla o'lmak”, deya o‘ziga tig‘ urib, Guldursunning yonida jon beradi. Suhaylning ohu nolasidan sahroda bo‘ron ko‘tarilib, ikkoviga qum qabr bo'ldi.
Sayfi Saroyi Layli va Majnun voqeasini ham doston nihoyasida tilga oladi. Bundan shuni anglash mumkinki, “Layli va Majnun” dostonlari, xususan, Nizomiyning mazkur nomdagi dostonidagi Layli va Majnun o‘rtasidagi ishq timsoli “Suxayl va Guldursun” dostoniga asos bo‘lgan.
Dostonning yozilgan sanasini Sayfi Saroyi quyidagicha ko‘rsatadi:
Yedi yuz to‘qson olti navro'z oyi,
Xatm etti buni sayfi Saroyi.
796 - milodiy 1393\94-yillarga to‘g‘ri keladi.
“Suxayl va Guldursun” o‘rta asar yozma adabiyoti singari xalq og‘zaki ijodi ta’sirida yaratilgan. Doston aruzning hazaji musaddasi maqsur vaznida (mafoiylun, mafoiylun, mafo’iyl) bitilgan.\
Xotin sodiq, ani sevgil, aziz er,
Har og‘ir ish da ham doyim seni der.
V---V---V--
Sayfi Saroyi va uning ijodkor zamondoshlari ona Vatandan uzoqda bo‘lsalar ham, XIV asming ikkinchi yarmidagi o'zbek adabiyot saviya- sini yuqori darajaga ko'tarib, jamiki turkiy xalqlar o'lkalaridagi aholi- ning ona tilida ijod qildilar. XIV asming ikkinchi yarmi - XV asrda Misr madaniy-adabiy muhitini mamluklar tamomila o'zgartirib yubordilar. XV asrda yashagan arab muarrixlari ham qipchoq tilida, ham arab tilida ijod qilgan ko'plab olimlar, yozuvchilar va shoirlaming nomlarini kelti- radilar. Ular Misrdagi madrasalarda turli fanlardan dars berdilar. Oltin O‘rdadagi o'zaro jangu jadallar oqibatida XIV asming ikkinchi yarmi- dan boshlab ko‘plab madaniyat arboblari Misrga ko‘chib borib, yangi- yangi turkiy madaniy markazlami paydo qildilar. Bu davrda qipchoq- o'g'uz tilida turli mazmundagi va janrdagi adabiyot shakllandi. Arab va fors tillaridan bu tilga taijima qilingan bar qator asarlar turkiy adabiyotni miqdor va sifat jihatdan boyitdi. Umuman turkiy madaniy muhit, tur- kiycha an'ana va ruh o‘zbek adabiyotining bu o‘lkada rivojiga imkoniyat yaratib berdi.
“Shohnoma”ning tarjimasi ham ana shu madaniy muhitning mah- sulidir. Mashhur venger turkiyshunosi Von Lekok shunday yozgan edi: “Misming madaniyati va san'atining muttasil ravishda rivoji va gullab- yashnashi hokimiyat arablardan turkiy hukmdorlar qo'liga o‘tgan davr bilan bog‘liq”. Misrda nafaqat adabiyot turkiy tilda edi, balki turkiy qavmlar o‘zlarining azaliy udum va qadriyatlarini ham saqlab qoldilar.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling