O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gulistoni bit-turkiy”tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari.
- “Va agar Olloh taolo qullariga rizqni vasi’ aylasa, ular yer yuzida fasod etarlar erdi.”
- Gulistoni bit-turkiy” asarining obrazlar tizimi.
- Gulistoni bit-turkiy”da janrlar rang-barangligi.
Sa 'diyda: Sayfi Saroyida:
bob. Dar siyrati podshohon Salotin siyrati ichinda turur bob. Dar axloqi darveshon Fuqaro axloqi ichinda turur bob. [Dar fazilati qanoat] Qanoat fazilati ichinda turur bob. [Dar favoyidi xomushi] Sukut foydasi ichinda turur bob. Dar ishq va javoni Ishq dag‘i yigitlik sifati ichinda turur bob. Dar zaif va piri Qariliq dag‘i zaifliq sifati ichinda turur bob. Dar ta’siri tarbiya Tarbiyat ta’siri ichinda turur bob. Dar odobi suhbat Suhbat adablari ichinda turur Sayfi Saroyi o‘z asari debochasida Sa’diyning “Guliston”ini nima sababdan tarjima qilganini quyidagicha bayon etadi: “Iliq yoz kunlarin- da bir kun bo‘ston ichinda, gullar orasinda bir necha zarif (nozikfahm) olimlar bilan o‘turub, insho ilmindin bahs qilib, abyoti g‘arib (ajoyib) va ash’ori ajib (qiziq) o‘qudum esa, ul olimlaming ulusi aruz ilmindin bir mushkul baytning taqattu’in savol etti. Filhol (darrov, tezda) javo- bin eshitib aytti: “Ey adibi g‘arib, senga bir muvofiq nasihatim bor, qa- bul qilsang, xayr bo‘lg‘ay”. Ayttim: “Buyuring”. Aytti: “Shayx Sa’diy “Guliston”in turkiy tilga tarjima qilsang, bir sohib davlat er otina, misroi yodgoring jahonda qolsun deb”. Ul azizning muborak nafasin qabul etib ayttim: “...ammo quvvatim zaif turur aning qaviy (kuchli, quvvatti ) ma’nilarina”. Men dag‘i Tangrig‘a tavakkul qilib (o‘zimni topshirib), himmat belin rag‘bat eli bilan bog‘lab, boshladim, tamom bo‘lg‘ay deb. Ammo bu kitob oti ul sababdin “Guliston” bo‘ldikim, ajoyib hikoyot va g‘aroyib nasoih va anvo’i latoif bilan murattab va muzayyan bo‘lub turur”1 00 ю SajSi Saroyi. Gulisuoni bit-turkuy. Nashaga tayyorlovchi fiiologiya fanfari kandidati NasruUo Davron. - “Uch bulbul gulsha^i” tg‘plamiaa. Toshkent, G‘afur G/utam nymiaaai Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986, 170-b; Bundan keyingi sahiSrlaraa parchalar ana shu nash^dan ylirib, parchadan . Bu voqea milodiy 1390-91 yillarda yuz bergan edi. Parchadan anglashiladiki, Sayf Saroyi adabiyot ilmida ham anc- ha mashhur bo‘lib, olimlaming peshqadami bo'lgan. Shu bilan birga, u iste’dodli ijodkor bo‘lishi bilan bir qatorda, yuksak didli tarjimon ham bo‘lgani mazkur parchadan anglashilib turibdi. Haqiqatan, “Gulistoni bit-turkiy”ni ham Sayfi Saroyi, xuddi Sa’diyning “Guliston”i singari, ajoyib hikoyatlar, qit’alar, fardlar bilan bezadi. “Gulistoni bit-turkiy”tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari. Sa’diyning “Guliston”i bilan Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asari solishtirilganda, ular o'rtasidagi ayrim farqlar darrov ko‘zga tashla- nadi. Jumladan, Sa’diy “Guliston”ining “Muqaddima”si Ollohga hamd, Sheroz hukmdori “Muzaffariddin ibn Zangi ibn Sa’d ibn Abu Bakr” madhi, “Guliston” kitobining sababi ta’lifi bayoni” tarkibiga kirgan amiri kabir Abu Bakr bin Abu Nasr vasfi, “xizmati vazirda voqye’ bo‘lg‘on qusuming uzri va ixtiyori uzlatning sababi bayoni”ni qamrab oladi. Sayfi Saroyi kitobxonni, o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy jarayonini, Oltin 0‘rda davlatidagi ijtimoiy-madaniy jarayonlami nazarda tutadi va asari debochasida o‘zgarishlar qiladi. Jumladan, u asar debochasida yuqorida biz keltirgan Sa’diy “Guliston”ining tarjima qilinishiga oid taklifni qabul qilgani haqida parchadan keyin oltmish misradan iborat masnaviyni keltiradi. Bu masnaviy mazmunan qasidaga o‘xshaydi. Sayfi Saroyi bu she’rida “Guliston” asarining jamiki fazilatlarini bayon qiladi: bu asarda g‘aroyibotlar mavjudligi, bunday g‘aroyibotlar hatto “Xusrav va Shirin”da ham yo‘q ekani (chamasi, u Qutbning “Xusrav va Shirin” asarini .nazarda tutgan), asaming “latoif bog‘i”, “ma’ni gulistoni” sifat- larga boy ekanini ta’riflaydi. Shundan keyin o‘tmishdagi nomdor hukm- dorlaming avlodlar osha abadiy qolganiga sabab ulaming himmatlilikla- ridir, degan o‘gitni beradi: Xayr etib bo‘lgan maliklar nomdor, Ketti qo‘yub har biri bir yodgor. Eygu oti qolsa eming yaxshiroq, So‘ngra qolg‘uncha to‘li oltun ravoq... Bu sifatli er bukun xayri kasir, Misr ichinda bor bir orif amir. Mana shu misralardan keyin o‘sha amiming - Mamluklar sultoni- ning hojibul-hujjobi (eshik og‘asi) Tayxosbekning tengsiz zakovati, el- parvarligi, saxiylikda Hotam Toy, lutf, axloq va karamning koni ekanini ta’rif-tavsif qiladi. Sayfi Saroyi masnaviy nihoyasida o‘z “Guliston”ini ana shu amirga bag‘ishlaganini aytadi va tarjima Sa’diy “Guliston”idan ayrim farqli jihatlarga egaligini ta’kidlaydi: Ul hadiya bu kitob erur mufid, Jumla alfozi to‘lu ma’niy jadid (Bu kitob foydali in’omdir, kitob yangi ma’nolarga to‘ladir). Mana shu misralar ham Sayfi Saroyining tarjima ustida ko‘p mehnat qilganidan, Sa’diyning maqsadini keng kitobxonlar ommasiga o‘zbek ti- lida go‘zal tilda yetkazib berganidan va o‘z ijodiy qobiliyatini namoyon qilganidan dalolatdir. Tarjimadagi “ma’niyi jadid” ko‘proq Sayfi Saroyining tarjima tarkibidagi she’rlariga tegishli bo‘lsa kerak. Darvoqe, Sa’diy “Guliston”i boshqa o‘lkalarda tarjima qilingan- da o‘sha o‘lkaning hukmorlariga yoki yuqori mansabdagi amaldoriga bag‘ishlangan. Jumladan, “Guliston”ning Qoziy tomonidan 1430-yili turk tiliga qilingan tarjimasi Turkiya sultoni Murod ll ga bag‘ishlangan. Sayfi Saroyi asar ustida ishlash jarayonida ijodiy pozitsiyasini - asami aynan tarjima qilmay, o‘zining adabiy-estetik qarashlarini ham singdirganini, eski o'zbek tilining boyligini namoyish qilganini, ijodkor- lik mahoratini ko‘rsata borganini boblardagi hikoyatlarda ham ko‘ramiz. Misollarga murojaat qilaylik. “Awalg‘i bob”ning birinchi hikoyati vaziming ezgu fe’lligi va oqil- ligi natijasida sulton bir asimi o‘limdan ozod qilgani haqida. Hikoyat- ning Sa’diydagi variantida sultonning “Bu asir nima dedi?” deya bergan savoliga oqil vazir Qur’oni Karimdan quyidagi oyatni aytadi: “Jan- nat g‘azabni yutguchilarnikidur va mardumlarning gunohlaridan o‘tguchilarnikidir” (Oli Imron surasi, 134-oyat)120. Aslida asir sultonni qattiq haqoratlagan edi. Oqil vazir qon to‘kilishining oldini olish va bir odamning hayotini saqlab qolish maqsadida shohga qaratilgan haqoratni Sayfi Saroyi o‘z tarjimasida “Sulton yoshi uzun bo‘lsun!” degan jumla bilan almashtirgan, Qur’on oyati ham tushirilgan. Nima uchun? Buning sababi Oltin 0‘rdadagi ijtimoiy hayotga bog‘lanadi. Oltin O‘rda tasar- rufidagi turkiy xalqlar yashaydigan hamma o‘lkalarda - shaharlarda, dashtli o‘lkalarda, Sibirdagi turkiy xalqlar orasida bu asaming mazmun- mohiyati to'liq yetib borishi kerak edi. Shu boisdan ham surani berish- ni Sayfi Saroyi maqsadga muvofiq deb bilmagan. “Sulton yoshi uzun bo‘lsin!” degan yuqoridagi sodda, hamma tushunadigan jumla asiming haqoratini ham, oyatning ham mazmun-mohiyatini qamrab olgan. Sayfi Saroyi mohir tarjimon va iste’dodli shoir hamda hikoyana- vis ekanini har bir bobda, har bir hikoyatda ko‘rsata boradi. Uchinchi - “Qanoat fazilati ichinda turur” bobidagi bir hikoyatga e’tibor beray- lik. Sa’diyda ham, Sayfi Saroyida ham bu hikoyatning mazmuni bir xil: Muso alayhissalomning iltijosi bilan egnida hatto kiyimi yo‘qligidan doimo qumga ko‘milib yotadigan bir faqirga Tangri molu davlat bera- di. Ammo o‘sha faqir boy bo‘lgandan keyin sharob ichib, odamlar bilan yoqalashadi, oxiri, odam o‘ldiradi. Hikoyatdan keyin Sa’diy baytlar (biz qit’a deb ataymiz) quyidagic- ha tarjimada keltiradi: Pishakni bo‘lsa gar erdi qanoti, Jahonda qolmag‘ay chumchuqni oti. Kishi oldig‘a bormas erdi bo‘lsa, Ho‘kuzdek shoxlik eshakning zoti. Gadoyi notavon topsa edi zo‘r, Qilur boshqa gadolar ko‘zini ko‘r. Shu baytlardan keyin Sa’diy Sho‘ro surasining 27-oyatini keltiradi: “Va agar Olloh taolo qullariga rizqni vasi’ aylasa, ular yer yuzida fasod etarlar erdi.” (143-b.) Endi hikoyat tugagandan keyin Sayfi Saroyi keltirgan quyidagi she’riy parchalarga e’tibor beraylik: Bo‘lur ojiz topub qudrat alinkim, Burar bo‘lsa tutub ojiz qo‘luni. Hakimu hayyu boqiy molikul-mulk, Tutar hikmat bilan har bir qo‘lini. Shu qit’adan keyin Sayfi Saroyi Qur’oni Karim surasi o‘miga quyi- dagi xulosasini keltiradi va Sa’diyning shu hikoyatida yo‘q bo‘lgan qit’a bilan yakunlaydi: “Muso alayhissalom jahonni yo‘qdan bor qilg‘an ha- kimning hikmatina iqror kelturub, o‘z tajosurina (jasorat) mu’tarif (nuq- sonlarini e’tirof etuvchi) bo‘ldi: Kelur mufsid kishidan ko‘b yomon ish, Alinda bir necha dinor bo ‘ Isa. Ne ishlar qilg‘ay erdi odamiyg‘a, Qarinchaning qanoti bor bo‘lsa. Saodat ko‘rmagan topsa nazorat, Urub er o‘Iturub o'ynor bo'lsa. Ketar boshi aning bir kun bu yo‘lda, Necha ko‘b molu mulk asror bo‘lsa. Yumar ko‘z bu jahonning ziynatindin, Kima sabru qanoat yor bo‘lsa (241-b.). Bu she’riy parcha - qit’a. Hajmidan qat’iy nazar, qofiyalanish tizimi (a-b, v-b, g-b, d-b, ye-b) va shoirning falsafiy, axloqiy, ijtimoiy qarash- lari mujassam bo‘lgani uchun bu she’riy parchani qit’a deb atashi o‘rinli. Sayfi Saroyi o‘zbek adabiyoti tarixida ham shaklan, ham mazmunan qit’a janrini boyitgan shoir sifatida ham e’tiborga molikdir. Tarjima nazariyasi va amaliyotiga binoan, tarjimon tarjima tilini ham, asliyat tilini ham mukammal bilishi talab etiladi. Sayfi Saroyi ana shu talablarga tom ma’noda javob bergan tarjimon bo‘lgan edi. Uning shoirlik iqtidori bilan tarjimonlik mahorati uyg‘unlashib, hikoyatlar tar- kibida qit’a janrining juda go‘zal namunalarini yaratgan. Sayfi Saroyi asami tarjima qilishda qanday yo‘l tutgan? “Guliston”ning Sa’diy qo‘li bilan yozilgan nusxasi yo‘q. R. Aliev tuzgan tanqidiy matn hozirga vaqtda “Guliston”ning eng ishonchli nusxasi hi- soblanadi. Chunki bu tanqidiy matn asaming eng qadimiy va obro‘li nus- xalariga asoslangan. Tarar olimi X. Minnegulov “Gulistoni bit-turkiy”ni ana shu tanqidiy matn bilan solishtirib, quyidagilarga aniqladi: “Gulistoni bit-turkiy”ga yaqin matn - 1385-yilda ko‘chirilgan forsiy nusxa. Uning kuzatuvlariga qaraganda, Sa’diy “Guliston”ining T - VIl boblarida 182 ta hikoyat bor. Shulardan 178 tasi Sayfi Saroyi tarjimasida mavjud. Ill bob- da tanqidiy matnda yo‘q bir hikoyat bor. Shu tariqa 1391-yilgi tarjimada hikoyatlaming 98 foizi o‘rin olgan. Hikoyatlaming o‘rinlashish tartibi bo‘yicha ham farqlar juda oz. VIII bobda tarjimaning va forscha asli- yatning o‘rtasida farqlar mavjud. Bu farqlar “Guliston”ning turli davrda ko'chirilgan qo‘lyozma nusxalaridagi turlichalik bilan bog‘liqdir121. “Gulistoni bit-turkiy” asarining obrazlar tizimi. Asardagi ob- razlar bevosita va bilvosita ijodkoming o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga - hikoyatlami o‘zbekzabon (umuman turkiyzabon) kitobxonga Sa’diy nazarda tutgan mazmun-mohiyatni tushunarli tilda yetkazib berishga qa- ratilgan. Hikoyatlarda turli toifa obrazlami - adolatparvar va qonxo‘r sultonlami ham, oqil va fitnachi vazirlami ham, ochko‘z va saxiy in- sonlami ham, oqil va kaltafahm davlatmandlami ham, xullas, har turli toifadagi qahramonlami uchratamiz. Sultonlar haqidagi hikoyatlar “Guliston” va “Gulistoni bit- turkiy”ning boshida o‘rin olgani bejiz emas. Hamma zamonlarda ham insoniyat hukmdorlardan yo namuna olganlar yoki hukmdorlaming ado- latsizligidan saboq chiqarganlar yoki ularga o‘z nafratini ifoda etganlar. Jamiyat, mamlakat va davlatning mustahkamligi yoki tanazzuli hukmdorlaming xalq bilan bo‘lgan adolatli yoki adolatsiz munosabatlariga bog‘liq bo‘lgan. Bu bobdagi hikoyatlarga qo‘yilgan talab nafaqat ada- biy-estetik tomondan, balki ijtimoiy-siyosiy tomondan ham muhimdir. Ayniqsa, tarixda o‘tgan hukmdorlarga oid hikoyatlar bu jihatdan alohida diqqatga sazovor. Sayfi Saroyi bu singari hikoyatlarda tarixiy haqiqatni buzmagan holda hukmdorlaming esda qoladigan obrazlarini yaratadi. Sulton Mahmud G‘aznaviy otasi Sabukteginni tushida ko‘rganiga oid hikoya (073-b.), Horun ar-Rashidga oid hikoya (202-b.) shular jumla- sidandir. Hikoyalaming birinchisida G‘aznaviylar saltanatining asoschi- si Sabuktegin va uning o‘g‘li, G‘aznaviylar davlatini o‘ttiz yildan or- tiq boshqargan Sulton Mahmud obrazlari orqali jamiki hukmdorlaming qiyofasini yaratish bilan bir qatorda, ulaming urushlar, bosqinchiliklar oqibatida to‘plagan mol-mulki oxiri qolib ketadi, narigi dunyoga bo‘sh qo‘l bilan ketadi, degan bir o‘gitni berdi. Shu bois Sulton Mahmudning tushini ta’bir qilib bergan kambag‘al odam tilidan Saroyi aytadiki, bu olam qancha-qancha beklaru sultonlami yeb bitirgan, shuning uchun, ey xoja, agar nomim yer yuzida qolsin desang, xayr qilgin, deya hukmdor- lami saxvatpesha bo‘lishga da’vat qiladi. Xorun ar-Rashidga bag‘ishlangan hikoyatda esa bu hukmdoming har bir muammoni oqillik bilan hal etishini rivoyat qiladi. Xorun ar- Rashid Abbosiylar sulolasini birin-ketin boshqargan bircha hukmdorlar orasida aqlli va donishmand hukmdor sifatida tarixdan ma’lum. Hikoyat- da donishmand Xorun ar-Rashidning tadbir bilan ish tutishi, nizolaming oldini olishi va zulm qilmaslik haqida hikoya qilinadi: Horun ar-Rashid o‘g‘lonlarindin biri g‘azablanib, otasi qotina kelib aytti: “Falon voliyning o‘g‘li onama so‘kti”. Horun ar-Rashid vazirlarina aytti: “Ul kishikim munung kabi yaramas so‘z so‘zlagay, aning jazosi ne turur?” Biri aytti: “Ani o‘lturmak kerak”. Dag‘i biri aytti: “Aning tilin kesmak kerak”. Dag‘i biri aytti: “Ani musodara qilmoq kerak”. Dag‘i biri aytti: “Ani ta’zir qilmoq kerak”. Dag‘i biri aytti: “Ani ixroj qilmoq kerak”. Horun ar-Rashid aytti: “Ey o‘g‘lum, muruwat va karam ul turur- kim, andin kechkaysan. Agar afv eta bilmasang, sen dag‘i aning onasini SO‘kkul. Eylakim, intiqom haddan kechmagay. Agar kechar bo‘lsa, zulm bizim tarafimizda bo‘lg‘ay” (202-b.). Tarbiya haqidagi hikoyatlar “Gulistoni bit-turkiy”da muhim o‘rin tutadi. Bu turkumdagi hikoyatlaming qahramonlari - ijtimoiy kelib chi- qishiga ko‘ra turli toifadagi odamlar, aql-tafakkuri, dunyoqarashi va hayotiy masalalarni anglash darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ahli odamzod. Bu turkum hikoyatlar hahramonlarining har biri takror- lanmas, saviya va dunyoqarash nuqtai nazaridan kitobxonda goh kulgi uyg‘otsa, gohida saboq beradi. Hikoyatlar - Sharq donishmandligining mezoni sifatida taassurot qoldiradi, hikoyatlardan kitobxon o‘z-o‘zidan saboq chiqaradi. Bu turkum hikoyatlaming asosida aksariyat hollarda us- toz va shogird munosabatlari yotadi. Hikoyatlar quruq va’zxonlik yoki nasihat ruhida emas, balki kitobxon saboq chiqarib olishiga qaratilgan. Saboq - asar qahramonlarining didi va farosatini belgilovchi omil hamdir. Farzandlar uchun har qancha oltinu kumushdan ko‘ra, odob va fa- zilatlar afzal. Bu omillar orqali boylik, martabalarga erishishi mumkin ekanligi haqida otaning o‘g‘illariga qilgan o‘gitlari (286-b.), qattiqqo‘l va o‘zi halim, ko‘ngli salim ustozlar, tarbiya yo‘llari va turli qobiliyatga ega bo'lgan o‘g‘illar (290-b.), safarda nihoyatda pahlavonligini, o‘q-yoy otishda mahoratini yo‘lma-yo‘l namoyish qilib, ikki qaroqchi hujumi oldida esa titrab-qaqshab, bor budini qaroqchilarga topshirib salomat qolgan yigit (295-296-b.) obrazlarida tarjimonning g‘oyaviy-estetik ta- fakkurini, link nutqini va obrazli tilini ko‘ramiz. Shubhasiz, Sayfi Saro- yining hikoya qilish usuli bu adabiy kategoriyalar doirasida o‘ziga xoslik bag‘ishlagan. Misol tariqasida quyidagi hikoyatni olib ko‘raylik: Bir olimi fozil bir malik o‘g‘lina ta’lim berur edi. Hadsiz javr va hisobsiz jafo qilib, bir kun bu o‘g‘lon otasi xizmatina kelib, shikoyat ali bilan nomus yoqasin yirtti dag‘i holini arz etti. Sulton ustodini indab yig‘rib aytti: “0‘zganing o‘g‘lonlarindan javrung menim o‘g‘lum uza or- tuqroq turur, sabab ne?” Ustodi aytti: “Avval kishi kerakkim, ne so‘zlasa, sag‘ish qilib, aslini bilib so‘zlagay dag‘i ne harakatkim qilsa, mavzun bo‘lg‘ay. Bu barcha xalq o‘g‘lonlarina kerak, xossa malik o‘g‘lonlari ne so‘zlasalar dag‘i ne ishlasalar, el tilina tushar, ammo avomning qavlina dag‘i fe’lina ul qadar e’tibor yo‘q turur”. She’r Jurm etsa qachon faqir andan, Kimdur so‘rub eshitkan xatoni. Sulton ming ishinda bir yanilsa, Eldin uyla yetkururlar oni. Albatta malik o‘g‘lonlarining tazhibi (ziynatlash) axloqina ijtihod (kuch boricha tirishish) ortuqraq kerak, andankim, avom o‘g‘lonlarina bo‘lg‘ay. Bu malik ul olimning husni taqrimi (qaroming go‘zalligini) eshitib, tarbiyani bekandi dag‘i xil’at (hashamatli sarpo) va ne’mat berib, johu (mansab) martabasin ziyodat qildi... (287-b). Hikoyatda hukmdor o‘g‘lining tarbiyasi bir oz oqsoqligini hamda ustozning donishmandona qiyofasini yorqinroq chizish uchun Sayfi Sa- royi obrazli tildan unumli foydalangan. Hikoyatga link nutq, obrazlilik bag‘ishlagan “shikoyat ali bilan nomus yoqasin yirtti”, “tazhibi axloq”, “husni taqrir” jumlalari va iboralari hikoyat qahramonlari obrazini kitob- xon ko‘z o‘ngida yorqinroq gavdalantirishga, qahramonlarni so‘zlatish orqali ulaming ichki olamini ham namoyon etishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, nutq qahramonning kimligini namoyon qilib turadi. “Gulistoni bit-turkiy”da janrlar rang-barangligi. Sayfi Saroyi hikoyatlarida eng ko‘p qo‘llangan janrlardan biri - qit’adir. Yuqorida shoiming o‘n bayt qit’asi haqida so‘z yuritgan edik. Sayfi Saroyi - she’riy hikoyatlar ustasi. Uning she’riy hikoyatla- ri ham. nasriy hikoyatlari singari, didaktik mazmunda bo‘lib, insonlar o‘rtasidagi ahdu vafo, sadoqatni madh qiladi. U bir necha she’riy hikoyatlar ijodkori. “Gulistoni bit-turkiy” tarkibida ham u o‘z she’riy hi- koyatlarining ba’zilaridan, jumladan, “Qari bo‘1dung, yigitlikdan aling yuv” she’riy hikoyatidan parcha keltirgan va hikoyatning didaktik maz- muniga alohida urg‘u qaratgan. Hikoyat “teng tengi bilan” naqliga amal qilish lozimligi, yoshi o‘tgan odam yigitning xatti-harakatlarini qilishga bel bog‘lasa, sharmanda bo‘lishi muqarraligi haqida o‘git beradi. Sayfi Saroyining she’riy hikoyachilikdagi mahoratini ko‘rsatadigan “Hikoyati manzuma” nomli kichik bir asari diqqatga sazovor. Hikoyat o‘n bir baytdan iborat. Hikoyatning mazmuni shundan iborat: bir yigit bir qiz bilan ahd-paymon qildilar. Bir kun ular kemaga o‘tirib, sayrga chiqdilar. Birdan kema talofotga uchrab, parchalanib ketdi va ikkovi ham suvga g‘arq bo‘la boshladilar. Shunda bir odam darrov yetib kelib: Alaming birina aytti: “Aling sun, Yana aysh qilmoq tilasang aysh har kun”. Ul aytti: “Ey kalomi jonima qut, Men qo‘y, borip ul yorim alin tut”122. Shu voqeani hikoya qilib bo‘lgach, Sayfi Saroyi oshiqlikning qisma- tini shunday ifoda etadi: Haqiqat oshiq eming mazhabi ul, Tilasang, bo‘lmag‘a oshiq, alay bo‘l. Yoqarlar ul kishini o‘tqa, yorin Qo‘yub mehnat ichinda ketar yorin. Hikoyat, haqiqiy sof muhabbat yo‘lida oshiq jonini fido qilishga tay- yor bo'Iishi kerak, degan hayotiy haqiqatga asoslangan. Sayfi Saroyi о ‘ zbek adabiyoti tarixida g ‘ azalchilikni yangi pog ‘ onaga ko‘tardi, Mamluklar adabiy muhitida bu janrda o‘z iste’dodini namoyish qila oldi. Uning zamondosh shoirlariga bir xil vaznda va bir xil qofiyada aytgan g‘azallari shundan dalolat beradi. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling