Jamila xon Malik ul baxt o‘rki,
Oq O‘rdu davlati, ul taxt ko‘rki (3O-b.).
Bu baytdan Tinibek Oq O‘rdada yashagani ma’lum bo‘lib turibdi. Qutb “Xusrav va Shirin” dostonini Tinibekka va xon Malik - hukmdor- ning xotiniga bag‘ishlashni niyat qilganini, Nizomiy nazmi singari kitob yaratib, o‘zini xonga tanitishni maqsad qilganini alohida ta’kidlaydi. Xon Malik - Oltin O‘rda hukmdorlarining xotinlariga berilgan unvondir.
Italiyalik sayyoh Plano Karpini Oltin O‘rdaga qilgan sayohatida (1245-yil) malikalar ham hukmdor erlari bilan taxtda o‘tirib, davlat ish-
larini boshqarishda ishtirok etganlarini yozgan edi. Shuningdek, arab sayyohi ton Batutta bu an’ana 0‘zbek xon vaqtida ham borligi haqida ma’lumot beradi129.
“Xusrav va Shirin”da Qutbning tarjimai holiga aloqador yana bir bayt - Misr Mamluklar davlatiga ishora qilinganidir. “Shahzoda Tinibek xon madhi” bobining nihoyasida Qutb Tinibekning qudrati va oliyjanob sifatlarini, uning jahonshumul mavqeini madh qilar ekan, quyidagi mis- ralami bitadi:
Yurusun Misru Shomda yorlig‘ingiz,
Tabug‘da irg‘asun ko‘b yorlig‘ingiz (29-b.)
Bu baytdan anglashilishicha, 1340-yildan keyin Oltin O‘rdaning tanazzuli boshlandi va Oltin O‘rdadagi ba’zi adabiyot va san’at namo- yandalari Misr mamluklar davlatiga yo‘l oldilar. Qutb ham Mamluklar davlatiga ketishga taraddud ko‘rayotgani ehtimoldan xoli emasligiga mazkur bayt ishora qiladi.
Tarjimadagi farqlar. Har ikkala asaming ayrim o‘rinlari solish- tirilganda, Qutbning tarjima jarayonida qilgan qo‘shimchalari, ayni za- monda uning mahorati ma’lum bo‘ladi. Jumladan:
Qutb o‘z tarjimasida Nizomiy dostonining ayrim boblarini qol- dirdi va bulaming o‘miga o‘z ijodidan ayrim namunalami kiritdi. L.A.Xetagurov tayyorlagan matn asosga olinganda, turkiy doston mu- allifi Qutb qiyoslash jarayonida Nizomiy dostonidan 15 bobni qoldirib, buning o‘miga 4 bobni yangidan qo‘shgan. Bu o‘zgarishlar “Muqaddi- ma” boblarga, ya’ni “mamduh”lar tabiiy ravishda almashgan boblarga aloqador: an’anaga ko‘ra, har ikkala asar boshqa-boshqa hukmdorlarga bag‘ishlangani bois, bu boblaming matni ham almashgan. Jumladan, Qutbda Muhammad a.s.dan keyin xalifalikni boshqargan to‘rt xali- fa - Abu Bakr, Umar, Usmon va Alining madhi tamomila yangidir130. Qutbning “Xusrav va Shirm’ida o‘n yetti baytdan iborat “Rasul alay- hissalomning to‘rt yori o‘dgusi” nomli parcha ana shu to‘rt xalifaga bag‘ishlangan. Nizomiyning “Xusrav va Shirin’ida esa bu parcha yo‘q.
Nizomiyning “Xusrav va Shirin’ida “Kitob tuzish vasfida” bobi yer yuzida shohlikning joriy bo‘lgani, Jamshid, Fag‘fur kabi shohlar birin-ketin taxtga o‘tirgani va ularning biri so‘z bilan, boshqasi qilich bilan mamlakatlami boshqargani va Nizomiyning so‘z borasidagi xizmatla- ri, shohanshoh Eldigiz Muhammad Atobakining lutfu karamiga tahsin o‘qigan baytlardan iborat. Qutbning “Xusrav va Shirin”ida esa “Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur” nomli parcha bor. Parchada mazkur asar tarjimasi shahzoda Tinibekka va “Malika marhuma xon Malik oti- ga” bag‘ishlangani, “Nizomiy bolidin halvo” pishirgani va ishq vasfi ba- yoni berilgan.
Qutb yana Xusrav bilan Shirinning suhbatida ikki bobni, Borbad bilan Nigiso o‘rtasidagi suhbatda ikki bobni tushirib qoldirgan. Nizomiy dostonida “Nizomiyning donoligi va o‘gitlari” bobi mavjud. Bu bobda Buzurg Ummid “Kalila va Dimna”dan Xusravga qirqta masal hikoya qi- lib beradi. Bu bobni ham Qutb tarjimada tushirib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |