O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Yana Qutb Borbadning qo‘shiqiari tavsifini (29 baytni), Xusrav payg‘ambami tushida ko‘rgani voqeasi (60 bayt)ni ham asariga kiritma- gan
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizomiy dostonining nihoyasidagi “Xusravning qabri ustida Shirinning oTimi” bobida 134 baytdan Qutb 59 baytni olgan, xolos.
Yana Qutb Borbadning qo‘shiqiari tavsifini (29 baytni), Xusrav payg‘ambami tushida ko‘rgani voqeasi (60 bayt)ni ham asariga kiritma- gan.
Shu qatorda ozarbayjon shoirining bu olam bebaqoligi, hasadgo‘ylar, insonlarning noshukrligi kabi falsafiy-axloqiy qarashlarini turkiy doston muallifi qisqartirib olgan. “Xusrav va Shirin” tarjima asari bo‘lgani holda, Qutb katta ijodkor sifatida voqealar tasvirida ancha erkin yo‘1 tutgan. Ayni choqda Qutbning asarida asl matndan qisqartirilgan o‘rinlar, o‘zgartirilgan geografik nomlar ham mavjud. Masalan, Qutb o‘quvchiga qulaylik tug‘dirish maq- sadida Nizomiy dostonidagi Sosoniylar sulolasini Eron davlati deb atay- di. Forscha matndagi mamlakatlar, davlatlar nomlarini Qutb o‘zbek ki- tobxoniga yaxshi tanish boTgan mamlakatlar nomlari bilan almashtiradi. Jumladan, Xusravning suhbatida Xuroson beklari ishtirok etadilar. Yoki Nizomiydagi Mehinbonu saroyi tasviri Qutbda yo‘q. Nizomiy dostonida Madoyindan Xurmuzd tazyiqidan qochib kelgan Xusravni Mehinbonu o‘z saroyida kutib oladi. Qutb esa bu lavhani yaylovga ko‘chirgan va h.,n Nizomiy dostonining nihoyasidagi “Xusravning qabri ustida Shirinning oTimi” bobida 134 baytdan Qutb 59 baytni olgan, xolos. “Xotimat ul-kitob” qismi Nizomiyda 112 baytdan iborat bo‘1ib, Nizomiyning o‘z ijodidir. Turkiy dostonda esa bu bob “Necha so‘z xo- Mallayev N.M. 0‘zbek adabiyoli tarixi. Qayla ishlangan uchinchi nashri. Toshkent. «O'qituvchi» nashriyoti. 1976, 250-b. timati kitobida aytur ustod” deb nomlanib, 51 baytdan iborat. Mazkur baytlar Qutbning “Xusrav va Shirin” dostonini ko‘chirgan kotib Berka Faqih Qipchoqiy ijodiga mansubdir. Berka Faqih shoirilik iste’dodini ana shu baytlarda namoyon qilgan. Shu o‘rinda Berka Faqih haqida qisqa aytib o'tishga to‘g‘ri kela- di. Dostonning bizga ma’lum bo‘lgan yagona nusxasini Qutb vafotidan ko‘p o‘tmay 1383-1384-yillarda Misrda Faqih ibni Berka Qipchoqiy ko‘chirgan. Bundan tashqari, Faqih ibni Berka Qipchoqiy anchagina mashhur olim va tarjimon bo‘lgan ko‘rinadi. U o‘zi ko‘chirgan nusxani Iskandartya hokimi Altunbo‘g‘aga bag‘ishlagan. Shuningdek, Faqih ibni Berka 1387-yili Altunbo‘g‘aga bag‘ishlab yozilgan “Irshod ul-muluk vas-salotin” (Sultonlar davlatiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish) nomli asarni qip- choq tiliga tarjima qilgan. Bu asar musulmonlik huquqiga bag‘ishlangan bo‘lib, qo‘lyozmasi Istambuldagi Ayo Sofiya kutubxonasiga saqlanadi. Faqih ibni Berkaning shoirlik iqtidori ham bo‘lganini Qutb “Xusrav va Shirin” dostoni nihoyasidagi “Necha so‘z xotimati kitobida aytur ustod” bobi ham ko‘rsatadi. Uning she’ri “Qutadg‘u bilig” vaznida. Shu bois “Qutadg‘u bilig’ning Qohira nusxasini Misrga Faqih ibni Berka olib borgan degan fikrlar ham bor1’4. Shunday qilib, ayrim boblaming va lavhalaming qisqartirilishi na- tijasida turkiy doston matni forscha matnga nisbatan ming baytdan or- tiqroq qisqargan. Garchi shunday qisqartirishlar bo‘lsa ham, Nizomiy dostonining tuzilishiga, voqealar rivojiga, alohida lavhalarga Qutb tarji- masida zarar yetmagan. Bu singari qisqartirishlar albatta, kitobxonni na- zarda tutgan holda, turkiy adabiyotgajuda ham zarur deb hisoblanmagan o‘rinlarda yuz bergan, xolos. Nizomiy va Qutbning “Xusrav va Shirin”idagi farqlar shuni ko‘rsatadiki, Qutbning asarida ijodiy yondashuv bor, tarjima uning ijod mahsuli ekanini ko‘rsatadi. Asaming hamma boblarida Qutb tarjimaga ijodiy yondashgani ma’lum bo‘lib turadi. Masalan, dostonning asosiy qahramonni Xusrav, ikkinchi daraaali qahramonlari Farhod, Shovur ob- razlari tavsifida o‘zgarishlar Nizomiy dostoni bilan qiyoslanganda yaq- qol ko‘zga tashlanadi. Nizomiyda Xusravning yoshlikdagi ta’rif-tavsifiga oid lavhalar bilan Qutbdagi ta’rif-tavsiflar o‘rtasidagi farqlami keitirish o‘rinli bo‘lar edi. Xusravning jismonan ulg‘ayishi emas, balki ma’naviy tomondan kamol topishiga oid lavhalar Qutbda birmuncha mubolag‘ali 114 Tatar adabiyoti tarixi, ljild.., 175-b. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling