O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sayfi Saroyining hayoti va ijodi
- Tayanch so‘z va iboralar
- Sayfi
Savol va topshiriqlar
Mahmud Ali as-Saroyi haqida Davlatshoh Samarqandiy qanday ma’iumotlar bergan? “Nahjul-farodis” qachon yozilgan? Asar necha bobdan iborat? “Nahjul-farodis”ning birinchi bobi kimga bag‘ishlangan? Shu bobdan biron hikoyatni ayting. “Nahjul-farodis”ning ikkinchi bobi kimga bag‘ishlangan? Shu bobdan biron hikoyatni ayting. “Nahjul-farodis”ning uchinchi bobi kimga bag‘ishlangan? Shu bobdan biron hikoyatni ayting. “Nahjul-farodis”ning to‘rtinchi bobi kimga bag‘ishlangan? Shu bobdan biron hikoyatni ayting. Sayfi Saroyining hayoti va ijodi Reja: Sayfi Saroyi yashagan muhit, uning ijodi. Sayfi Saroyi - iste’dodli tanqidchi. Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asari. Asaming yuzaga kelishi. “Gulistoni bit-turkiy”taijimasining o‘ziga xos xususiyatlari. “Gulistoni bit-turkiy” asarida obrazlar tizimi. “Gulistoni bit-turkiy”da janrlar rang-barangligi. Sayfi Saroyining zamondosh shoirlariga she’riy javoblari. “Suxayl va Guldursun” dostoni. Tayanch so‘z va iboralar: epik janr, taxallus, Oltin O‘rda davla- ti, dardli baytlar, tarjimai hoi, zamondosh shoirlarga she ’riy javoblar, qasida, qit ’a, ruboiylar, “Suhayl va Guldursun ” dostoni, erkin tarjima, ijod ahli, asliyat, debocha. Sayfi Saroyi yashagan muhit, uning ijodi. Sayfi Saroyi XIV asrda yashab ijod etgan va epik janr taraqqiyotida sezilarli iz qoldirgan ijod- kordir. U 1321-yili Qamishli qishlog‘ida tug‘ilib, 1396-yili Misrda vafot etgan deb taxmin qilinadi. Shoiming taxallusidan ma’lum bo‘ladiki, u Oltin 0‘rda davlati- ning poytaxti Saroy shahrida ijod qilgan. Vatan sevgisi, yurt qayg‘usi uning ijodida dardli baytlami paydo qildi. Shoiming “Yodgomoma” asari muqaddimasida ana shu baytlar bor. “Yodgomoma” - o‘tgan asr- ning 60-yillar o‘rtalarida Qo‘qon shahri yaqinidan topilgan. Bu asar “Suxayl va Guldursun” nomi bilan Sayfi Saroyi ijodidan o‘rin olgan. U Oltin 0‘rdadagi urushlar, nizolar oqibatida vatanni tark etishga majbur bo'lganini “Yodgomoma”ning muqaddimasida shunday misralar orqali bayon qilgan edi: O‘sub tufrog‘im uzra nayzalar, ban evdin ayrildim, Vatandin benishon o‘ldim-da, o‘zga yurtga evrildim. Nechuk falak jav(i)r ayladi, qanday(in) gunohimbor?! Ilohim, o‘yla kim javring,ban elga sodiq ul erdim119. Shuningdek, Sayfi Saroyi Movarounnahrda va ma’lum vaqt Turki- * yada ham istiqomat qilgan, Sayfi Saroyining quyidagi she’ri uning tarji- < mai holiga oid ba’zi tomonlami yoritishga yordam beradi: . Ilohi, bu qari miskin qulingni Bag‘ishla ko'rguzub to‘g‘ri yo‘lingni, Maliklar rasmidir dilshod qilmoq, Qarisa qullami ozod qilmoq. Sayfi Saroyi bu she’rini Misrda - Mamluklar davlatida yashayotgan paytda yozgan bo'lib, hayotining so‘nggi yillarini o‘sha yerda o‘tkazgan. Yuqorida aytganimizdek, Oltin 0‘rda tanazzulga yuz tuta boshlagan I paytda Sayfi Saroyi Misrga ketgan. U mazkur she’ri orqali hukmdor- ■ dan o‘z yurtiga qaytish uchun ijozat so'ragan. Bundan shunday xulosa- ga kelish mumkinki, Sayfi Saroyi shoh saroyidagi e’tiborli shaxslardan bo‘lgan. Zamondosh shoirlarga she’riy javoblaridan ham Sayfi Saroyining o‘z davridagi baland mavqei haqida xulosa chiqarish mumkin. Sayfi j, Saroyi vafot etgan yillari Misr Mamluklar davlatida Zohir Sayfiddin Barf quq ikkinchi marta (birinchi marta 1382 y.) taxtga o‘tirgan edi. f Misr turk davlatida o‘zbek adabiyoti tarixidagi yirik hodisa sifatida ' Sayfi Saroyi va uning zamondoshlari adabiy merosini keltirish mumkin. Taxminimizcha, Sayfi Saroyining adabiy merosidan oz qismi ye- tib kelgan. Uning bir necha g‘azallari, qasida, qit’a, ruboiylari (uchta forscha ruboiysi ham), “Suhayl va Guldursun” dostoni va Sa’diy Shero- ziyning “Guliston” (1258-yili yozib tugallagan) asarining o‘zbek tiliga qilgan erkin taqimasi yetib kelgan. Sayfi Saroyi - iste’dodli tanqidchi. Sayfi Saroyi adabiyotga ha- lol, e’tiqod bilan munosabatda bo‘lish tarafdori edi. Uningcha, adabi- yot, jumladan she’riyat - bir bog‘. Boqqa bulbul ham, zog‘ ham kelib qo‘naveradi. Ijod ahlining she’riyat bog'dagi o‘mi alohida. Ijodda o‘mini topgan shoirlar “bulbul”, shunchaki adabiyot atrofida o'ralashib yurgan- lar “zog‘”lardir. Quyidagi she’r ana shular haqida ma’lumot beradi: yangi topilgan asami “Yodgomoma” deb ataydi. Zotan, bu asar qo‘lyozmasi debochasidan “Suxayl va Guldursun” dostonidan tashqari, Tug‘li Xoja va Mavlono Is’hoq Xorazmiylaming bittadan g'azali, Mavlono Abmad Urganjiyning uchta she’riy parchasi, qolaversa, Sayfi Saroyining tarjimai holiga aloqador mazkur baytlari o‘rin olgan (Tatar adabiyoti tarixi, tatar tilida. Olti jildlik, birinchi jild, Qozon, Tatariston kitob nashriyoti, 1984, 247-b.). Shularga ko‘ra, “Suxayl va Guldursun” degan nomdan ko‘ra, “Yodgomoma” deb atash to‘g‘riroq ekani ma’lum bo‘ladi. Jahon shoirlari, ey, gulshani bog‘, Kimi bulbul durur so‘zda, kimi zog‘. Kimi to‘ti bikin chaynar shakami, Kimi lafzi bila o‘rtar durarni. Kimning so‘zlari mavzunu shirin, Kimining loyiqi tashrifu tahsin, Kimi o‘zganing ash’orin menim der, Kimi halvo kibi shalg‘om cho‘bin yer, Kimi ma’ni qo‘yub, lafzin tuzotur, Kimi vaznni buzub, san’at kuzotur. Alarning ush biri Sayfi Saroyi, Jahon oriflarining xoki poyi. Ani sen jumla shoir kamtari bil, Qamar yuzga hamisha mushtari bil. Qarshilantirish usulida yozilgan bu she’r Sayfi Saroyining katta adabiyotshunos olim, o‘z davrining tanqidchisi ekanini ko‘rsatadigan bir dalil. Uning she’riyatga halol munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi qarashlaridan shu narsa anglashiladiki, u o‘z davri she’riyatidan, ada- biy jarayonidan doimo xabardor bo‘lib turgan, ijodkorlardan she’riyatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish tarafdori. Shoir ahliga bunchalik talabchan ijodkor hukmdor saroyida katta mavqega ega bo‘lishi tabiiy hoi edi. Qolaversa, she’riyatga halollik bilan munosabatda bo‘lish ha- qida she’r yozgan shoiming devoni bo‘lmasligi mumkin emas. Bunday she’mi shoir ahli orasida e’tibor qozongan va e’tirof etilgan shoir yozishi mumkin. Ammo uning devoni hali noma’lum. Quyidagi parcha Sayfi Saroyining tarjimai holiga aniqlik kiritish bilan bir qatorda, adabiyotda o‘z o‘miga ega shoir bo‘lib tanilganini va e’tirof etilganini dalillaydi: Qamishli yurt manim tuvg‘on elimdi, Bilik g‘urbatg‘a kelturg‘on bilimdi. Kelib o‘ldim Saroyda she’r fidoyi, Saroyning shoiri, elning gadoyi. Shoir birinchi misrada o‘zi tug‘ilgan yurt Qamishli haqida xabar bermoqda. Nasrullo Davron “Gulistoni bit-turkiy”ni nashrga tayyorlab, o‘zbek kitobxonlariga taqdim etar ekan, bu joyni Xorazm viloyatidagi Sariqamish qishlog‘i deb taxmin qiladi. N.M.Mallayev ham shu fikrda bo‘lgan edi. Ikkinchi baytda, ayrim adabiyotshunoslar aytganlariday, shoir ij- timoiy ahvoli - g‘urbatda yashagani haqida emas, balki bilim olish, o‘rganish mashaqqatli ekaniga ishora qilmoqda. Uchinchi va to‘rtinchi misrada saroy so‘zlarida so‘z o‘yini (tajnis) bor. Uchinchi misradagi Saroy so‘zi - Oltin 0‘rda davlatining poytaxti Saroy shahriga ishora qilsa, to‘rtinchi misradagi saroy — hukmdorlar saroyini bildiradi, ya’ni Saroy shahrida she’rga halollik bilan yondoshgan va saroyda e’tiborli shoir bo‘lgan edi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, elning gadoyi iborasi orqali Sayfi Saroyi xalqqa yaqinligini bildiryapti, ijod xalq uchun ekaniga ishora qilyapti, aslo qashshoq toifaga mansub tilanchi ma’nosini emas. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling