Hikmat. “Qisasi Rabg‘uziy”da hikmat shakl tomondan rivoyat, hikoyat janrlaridan farq qilmaydi. “Qisasi Rabg‘uziy”dagi hikmat “bi- limdonlik”, “donishmandlik” ma’nosidan tashqari, “sir” ma’nosida ham ishlatilgan, shu bois Rabg‘uziy hikmatlarida falsafiy mazmun yetakchi- lik qiladi.
Rabg‘uziy hikmatga o‘z asarida alohida urg‘u beradi va hikmatni qissa janrining kaliti sifatida talqin qiladi - qissadagi ma’lum bir vo- qeaning sabab va natijasini ochish, uning mohiyatini kitobxonga yetka- zish uchun hikmat keltiradi. Asosiy gap - hikmatning maqsadida, “sir”ni o‘quvchiga yetkazishda. Bu hikmatlarda javonmardlik va faqirlikni ulug'lash o‘z ifodasini topgan. Ilk hikmat “Qissai Odam safiy alayhis- salom”da bor. Rabg‘uziy bu qissada Odam alayhissalomning jannatga kirish siri nimada edi, degan savolga javob berar ekan, “mo ‘minlarning tanini, molini sotg'in olib, ujmox (jannat)bergusini, ко ‘rulmagan nar- sani bay’ (savdo) qilmoq shariatda ravo bo'lmaz teb ujmoxga kivur (Hrity’ganlarini (1, 22-b.) asosiy sabab qilib ko‘rsatadi. Bu masalada ulamolar o'rtasida ixtilof borligi haqida ham xabar berib o‘tadi.
Rabg‘uziy o‘z hikmatlari “sir”ini faqat savol va javoblarda kashf qiladi. Hikmatlaming janriy belgilari savol va javoblardadir (1; 24, 25-b.).
Ayrim hikmatlarda biron toifaning alomatlari bilan tarixiy voqea va tarixiy shaxslaming sifatlari uyg'unlashtiriladi. Luqmoni hakim valiy- laming alomati haqida so‘z yuritgan hikmatda ayni shuni ko‘rish mum- kin. Luqmoni hakim quyidagi uchta alomatni valiylarga xos deb aytadi: birinchisi - javonmardlik, ikkinchisi - yomon xulqdan, hasad va kindan xalos ekani, uchinchisi - ulamo va fuzalolar bilan do‘stligi. Ayni paytda bu uch alomatni Muhammad a.s.hayotiga bog‘laydi;
Bilgilkim, Abu Bakr Siddiq va Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhumo Rasul alayhissalomning qayin otalari erdilar. Oysha va Hafsa yo‘lindin. Yana Usmon va Ali raziyallohu anhumo kuyavlari erdilar.
Usmon raziyallohu anhu Ruqayya sababidan. Ul vafot bo‘ldi ersa yana Ummi Kulsumni berdi. Aning uchun Zunnurayn atandi. Yana Ali raziyallohu anhu Fotima yo‘lindin kuyav erdi teb aymishlar.
Bu hikmat savol va javob asosiga qurilmagan. Garchi shunday bo‘lsa-da, Muhammad a.s.ning sifatlari valiylarda bor ekaniga ishora qilgani hikmatlami birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |