O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet76/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Latifa. Bu janr asarda asosan, “Qissai Yusuf siddiq alayhissalom”da keltirilgan. (1, 117,127-b.) “Latifa” termini ostida hikoya qilingan vo- qealaming hozirgi latifa, ya’ni yumorga yo‘g‘rilgan, kulgili voqealarga aloqasi yo‘q. Aksincha, latifalarda mo‘jizaviy voqealar hikoya qilinadi. Buning ustiga, mo‘jizaviy voqea muhim xulosalarga, o‘git va hikmatlar kelib chiqishiga omil bo‘ladi. Mazkur janming asosiy belgisi shulardan iboratdir.
Birinchi latifa Yusufning duosi tufayli bir qator mo‘jizalar yuz ber- gani hikoya qilinadi. Hikoya qilinishicha, Molik Za’r Yusufga arz holini bayon qildi:
“Ey Yusuf, senga bir hojatim bor...Molim ko‘p, ammo amolim yo‘q. Quruq yig‘ochman, butog‘im yo‘q. Sendan duo, haqdin umanchim bor”. Yusuf Molik Za’ming iltijosini eshitib, qo'llarini ko‘tarib duo qildi: “Ey davlat tojin boshing‘a urug‘li, ey mazallat javonin egnig‘a kizukli, quzi tushganlarni yuqoru ko‘turgan, ura qo‘pg‘anlami yumurg'an, berga san, olg‘an san. Bu abushqag‘a o‘g‘ullar karomat qilg‘il”.
Yusufning duosi ijobat bo‘lib, Malik Za’r o‘n ikki cho‘risidan bir kunda egizak o‘g‘il - yigirma to‘rt o‘g‘il ko‘rdi. Latifa so‘ngida cho‘rilarning Malik Za’rga qilgan iltifotlarini Rabg‘uziy quyidagi hik- mat orqali yakunlaydi:
“Qamug‘ to‘nlar yigna birla tikilur, azinlarni o‘rtar, ammo o‘zi ya- lang qolur, yo kendu chirog‘ mengizlik o‘zi yonar, o‘zgalarga yoruqluq berur” (1 119-b.).
Rabg‘uziy bu hikmatni cho'rilar orqali Molik Za’rning iltijosi va orzusi ushalib farzandli bo‘lgani, cho‘rilaming o‘zlari esa igna singari yolg'iz qolganiga yoki chiroq singari o‘zlari yonib, Molik Za’ming ha- yotini shod-xurram qilganiga ishora etmoqda.
Ikkinchi latifa Yusuf va Zulayho o'rtasidagi mojaro haqida hikoya qiladi. Yusufning ishqida yongan Zulayho eri Azizi Misrga Yusuf usti- dan tuhmat qildi. Latifadagi voqealar bayonida kim haq va kim nohaqli- gini Zulayho cho‘risining to‘rt oylik beshikda yotgan o‘g‘li, “Zulayho - nohaq, Yusuf esa haq”deya ishorat bilan guvohlik beradi. Latifa so ‘ngida Rabg‘uziy to‘rt oylik chaqaloqning ishorat orqali guvohlik bergani niho- yatda maqbul ish bo‘lganini foydali maslahat sifatida keltiradi. So‘ngra kimdir o‘z gunohini boshqa birovga yuklamog‘i bandalarga ham, Yarat- ganga ham xush kelmasligini aytish bilan bir qatorda, gunohni boshqa- laming oldida oshkora aytmoq ham insoniylikning alomati emasligini, gunohkor va begunohni ajrim qilishda aql bilan ish ko‘rish lozimligini Rabg‘uziy shunday xulosalaydi:
“Ey mo‘min, o‘z yozuqingni o‘zgalarga yuklamagil, yukla- ding ersa Mavlo o‘g‘lontek aning arig‘liqin bilgurtgay, seni rasvo qilg‘ay...O‘ngingda kimarsaning aybini ochmag‘il. Yusufga zarurat bo‘lmaguncha, “Sizlaming makr va hiylalaringiz ulug‘dir”, demadi. Yana o‘g‘lon tanuqluq berdi ersa, ravshan aytmadi, o'rtukluk aydi. Azizi Misr o‘zi angladi” (1128-b.).
Har ikkala latifa o‘zbek adabiyotidagina emas, balki turkiy adabi- yotda mazkur janming mazmunan tamomila yangi namunasi bo‘lib, di- daktik adabiyotning uzluksiz davom etganini ko‘rsatadigan dalildir.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling