Hamma: O’zbek erur millatim Salom boshi odatimiz
Download 19.37 Kb.
|
KITOB TAQDIMOTI
Hamma: O’zbek erur millatim Salom boshi odatimiz. Shuning uchun avvalo Assalomu alaykum. Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz ustozlar, o’quvchi yoshlar “Ertaklar –yaxshilikka yetakalar” deb nomlangan kitob taqdimotimizga xush kelibsizlar. Amina, Nuriymon, Abdulloh Bugun bizlar “Barkamol avlod” Shu Vatanning ishonch, ardog’I Azim chinor bo’lsa gar Vatan Bizlar uning ko’rki yaprog’i Dilso’z. Tanishaylik men kitob Asl bilimlarga kon Boylik beray behisob Bo’lsak agar qadrdon Lekin yirtib burdalab Kamaytirma varag’im Sen yana bir talab Iflos qilma hech yog’im Mushtariy: Men kitobman kitobman Go’yo ziyo oftobman Bilim ilm koniman O’qi degan xitobman. Yuz savolga yuz javob Olasan o’qib meni Bilimlar qasri sari Yetaklayman men seni Dilnoza. Kitob xazina bilim boylik. Kitob ko’p yillar avval paydo bo’lgan. Kitob avval loydan tayyorlangan, keyinchalik hayvon terilariga ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozib kitob tayyorlangan so’ngra qog’ozdan tayyorlana boshlangan. Bolalar kitobni seving uni asrang. Mohinur: Kitobim qo’limda qaranglar qaranglar O’qisam so’zlari jaranglar Kitobim juda ko’p she’ri bor Eng yaxshi odoblar yozilgan yeri bor Marjona: Azim yo’lga yo’ldoshing Eng qadrdon sirdoshing Ko’ksingdagi quyoshing Agar kitob o’qisang Bitmaganni bitkazar DIl g’uboring ketkazar. Murodingga yetkazar Agar kitob o’qisang. Odina: Ertaklar olami shunday sehrli chashmaki bu chashmaning teran va musaffo buloqlaridan bir bor to’yib suv ichgan kishi umr bo’yi shirin orzulardan arimaydi. Nozigul: binobarin hozir kishilarni bir mo’jiza bilan hayron qoldirish qiyin. Biroq uzoq ajdodlarimiz bunyod etgan ertaklardan bunday mo’jizalar to’lib yotibdi. Muborak: Ota-boblarimiz momolarimiz farzandlarimiz yaxshi odamalar bo’lsin deya ularga ertaklar yaxshi odamlar bo’lsin deya ularga ertaklar soylab beradilar. Odina: Biz o’zbek xalq ertaklarini sevib o’qiymiz. Hozir “Aql va boylik” ertagini namoyish etmoqdamiz. Ishtirokchilar: Muallif Mustafoyeva M Chol bobo: Mardonov Nuriymon. 1 o’g’il Zayniddinov Lochin 2 o’g’il Axmedov Azizbek 3 o’g’il Shodmonov Abdulaziz 4 o’g’il Ergashev Ollohberdi Ertak mazmuniga mos maqollar aytish. Aql yoshda emas boshda. Mardonova Amina Non qudrati ertagini so’zlab berdi. “Bo’rining tabib bo’lgani haqida” ertakni namoyish etadilar. Muallif Mustafoyeva Kumush. Bo’ri: Zoirova Dilso’z Quyon: Qahramonova Bahora To’ng’izcha: Nurillayev Muhammad Tulki:Yo’ldosheva Orasta She’r: Xudoyberdiyeva Laziza Bizdan sinfdan tashqari o’qish darslarida Rustam Jo’raqulovning “Kitobim-oftobim” to’plamidan Baliqchi va baliq haqida ertakni namoyish etmoqchimiz. Ishtirokchilar: Muallif: Mardonova Amina Baliqchi chol:Zayniddinov Lochin Kampir: Sirojiddinova Gulnoza Baliqcha: Hasanova Shahlo Va kanizaklar, yasavullar, rollarida sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirok etdilar. Maqollar orqali izohlanadi. Ochko’zlik yomon odat. Keltirar u falokat. Sabrliga yo’gliq osh Sabrsizga osh ham tosh. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAMARQAND VILOYATI KATTAQO’RG’ON TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 6-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI “ERTAKLAR – YAXSHILIKKA YETAKLAR” KITOB TAQDIMOTI SSENARIYSI Download 19.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling