O‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish prinsiplari


Download 0.91 Mb.
bet1/4
Sana08.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1178424
  1   2   3   4
Bog'liq
1. O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXINI DAVRLASHTIRISH PRINSIPLARI (1)

O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXINI DAVRLASHTIRISH PRINSIPLARI

Reja

  • 1. «O‘zbek adabiyoti tarixi» fanining maqsad va vazifalari.
  • 2. Mumtoz adabiyotdagi davriy o'zgarishlar va bularning sabablari..
  • 3. Mumtoz adabiyotni o'rganishning metodologik asoslari va uni tadqiq etish metodlari.

ASOSIY QISM

  • Adabiyot so'zi arab tilidan olingan bir so'z bo'lib, “adab”dandir. Adab so'zi esa tarbiyalilik, noziklik, go'zal qiliq, boshqalar bilan yaxshi ko'rkam munosabatda, yaxshi muomilada bo'lmoq ma'nolarini ichiga oladi. «Adabiy muomila», «adabiy harakat» ta'birlari ham shundan oling'andir. Mana shu ma'no e'tibori ila adab so'zini arabchadan «adabiyot» ravishida ko'blik (jam') qilib hikoya, she'r, qissa, masallarga atama qilg'andirlar. Chunki bular odamlarning tabiatiga, fikr va hislariga tarbiyalilik, noziklik va chiroylilik berguchi narsalardir. Bir tilni o'rganish va uning adabiyotiga tushunish uchun qurol olgan sarf, nahv, balog'at, ilmi lug'at kabilarni ham shular ichiga kirgizgandirlar

ADABIYOT TARIXI

  • Adabiyotshunoslik fanining mustaqil tarkibiy qismi bo‘lib, unda biror xalqning adabiyoti, uning yuzaga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etiladi. Adabiyot tarixi tarix, tilshunoslik, xalqshunoslik, tarixiy geografiya fanlari bilan yaqin munosabatda bo‘ladi. Adabiyot tarixi shuningdek, adabiyot nazariyasi va fol’klorshunoslik bilan ham uzviy aloqadordir. Chunki har bir xalq adabiyoti zamirida og‘zaki ijod manbalari muhim omil sanaladi. Adabiyot tarixi ayni vaqtda janrlar va uslublar, ijodiy metodlar tarixi hamdir. Bu holat uning adabiyot nazariyasi bilan ham mushtarak soha ekanligini isbotlaydi.

“Davrlashtirish” tushunchasi yoki bu tushunchani tashigan istiloh umumiy tarixning boshqa sohalariga nisbatan qo'llanilgani kabi adabiyot tarixiga nisbatan ham ko'proq qo'llaniladi. Shuning uchun “davrlashtirish” deyilganda, uning predikati sifatida (nimani?) milliy adabiyot tarixini (umuman, badiiy adabiyotni emas) davrlashtirish deb ishlatiladi. Adabiyot tarixini davrlashtirish uchun dastlab adabiy istilohlarni belgilab olish, so'ngra esa davrlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqroqdir.
Ma'lumki, “davrlashtirish” tushunchasi asosida “davr” istilohi yotadi. Biz “davr” deb atagan so'z “zamon”, “vaqt”, “muddat”, “fursat”, “davomlilik” kabi ma'nolarni anglatadi. Biroq biz adabiyotshunoslar davrlashtirishga munosabatda “davr” atamasini faol qo'llaymiz, go'yoki boshqa so'zlar atama darajasida ilmiy taomilga kirib kelmagan. Xorijdan o'zlashgan so'zlar asosida rus tilida davr tushunchasi “period”, “epoxa”, “stadiya” so'zlari orqali ifodalanibgina qolmay, bu har bir so'z muayyan ma'no qamrovidan kelib chiqib, alohida atamaga aylangan. Mas., “period” nisbatan “kichikroq davrlar”ga nisbatan qo'llanilib, u ko'proq yillar, o'n yilliklar va asrlarga nisbatan ishlatiladi. “Epoxa” undan kengroq tushuncha bo'lib, o'z tarkibiga bir necha asrlarni (mas., epoxa srednix vekov – o'rta asrlar (ya'ni, bir necha asr ma'nosida) birlashtirgan. O'zbek tilida esa bu tushunchani, ya'ni bir necha asrlarni qamrab oluvchi “epoxa”ni ham “davr” so'zi orqali anglatamiz. Adabiyotshunoslikda «stadiya» (ayrim ilmiy asarlarda «stadialьnaya obshnostь») tushunchasi bor. Umumjahon adabiyoti tarixining muayyan “davri”ga nisbatan qo'llanilib, uning doirasiga antichnostь (qadimgi davr), srednevekovьe (o'rta asrlar), Renessans– Vozrojdenie –Uyg'onish (ayrim tarixiy manbalarda Intiboh) va boshqa tushunchalarni ham o'z ichiga qamrab oladi. Biz o'zbek tilida uni ham “davr” deb ataymiz: antik davr, o'rta asrlar, Uyg'onish (yoki intiboh) davri kabi. Demak, biz o'zbek tilidagi adabiyotshunoslik masalalariga munosabatda har uch tushunchani bir so'z, ya'ni “davr” so'zi orqali anglatamiz va yuqoridagi kabi yillarga nisbatan ham (20-yillar adabiyoti), asrlarga nisbatan ham (XX asr davri adabiyoti) hamda “davriy umumlashma” (“stadialьnaya obshnostь»ni men shunday tarjima qildim, agar qabul qilinsa, adabiy istilohga aylanar, qabul qilinmasa, undan-da ishonchliroq boshqa kalima topilar)ga nisbatan ham birgina “davr” so'zidan foydalanamiz.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling