O‘zbek adabiyotida afandi obrazining badiiy talqini mahliyo Usmanova Guliston davlat universiteti


Download 23.99 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi23.99 Kb.
#1795944
Bog'liq
11Mahliyo maqola (1)


O‘ZBEK ADABIYOTIDA AFANDI OBRAZINING BADIIY TALQINI
Mahliyo Usmanova
Guliston davlat universiteti
Adabiyotshunoslik yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Elektron manzil: mahliyotoshpo’latova99@gmail.com
Tel:+998910206070


Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotida afandi obrazining badiiy talqini, muallif qo‘yilgan muammoni qahramon vositasida poetik idrok etishi qiyosiy o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: obraz, obrazlilik, qissa, epizod, xarakter, estetik did, badiiy mahorat.
Abstract: In this article,the artistic interpretation of the image of Efandi in Uzbek literature,the poetic perception of the problem posed by the author through the medium of the hero is comparatively studied.
Keywords: Image,imagery,short story ,episode,character,aesthetic taste,artistic skill.

Latifa deganda ilk navbatda ko‘z o‘ngimizda Xo‘ja Nasriddin Afandi gavdalanadi. Chunki xalq og‘zaki ijodi mahsullaridan biri bo‘lgan latifalar Afandi obrazisiz tasavvur qilish qiyin.. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz Afandi ismli shaxs bu hayotda yashab o‘tganmi? Agar u haqiqatdan real shaxs bo‘lgan bo‘lsa, bizning latifalarimizdan qanday joy olgan? Bu kabi savollar bizni qiziqtirishi tabiiy.


Nasriddin Xo‘janing hayotda yashab o‘tganligi haqida bazi dalillar mavjud. Ulardan biri uning Turkiya davlatidagi qabristondagi qabrlardan birida toshga yozilgan ustun mavjud bo‘lib, tosh ustunda joylashgan yozuv: 1393-1394-yillarda Boyazid hizmatidagi Yomon Mehmed tomonidan yozib qoldirilgan bir nechta satr “Nasriddin Xo‘janing qabri V asr 683-yil”. Bugungi kunda Oqshahar muzeyida saqlanayotgan Nasriddin Xo‘ja qizlari qabridan lavhalar ham muhim dalil sifatida qabul qilingan. Nasriddinning nomi 1480-yilda yozib tugatilgan asar Abul Xayr Rumiyning “Saltuknoma” kitobining ikki joyida tilga olingan, taxminan, 1527-yilda yozilgan Guhis Pandnomasida ham Nasriddin Xo‘ja xaqida qimmatli ma’lumotlar mavjud (Varatov.P.N. Nasriddin Xo’ja. Anqara, ‘‘Adabiyotchilar’’ nashriyoti,1996 B.17-24). Afandi haqida ma’lumot sayyoh Siymon tamonidan ham keltirilgan. U 1618-yilda Oq shaharga kelganda Nasriddinning qabrini ziyorat qilganiligini aytadi. Bu voqea Siymonning “Shimoliy sayohatlar” kitobining III-jildida yozib qoldirilgan. Bir guruh tadqiqotchilar Nasriddin Afandi obrazining paydo bo‘lishini arab xalifaligi zamoni bilan bog‘lashsa, ikkinchi guruhdagilar buni mo‘g‘ul istilolari zamoniga nisbat berishadi. Uchinchi guruhdagilar esa, Temur saltanati zamoniga aloqador deb isbotlashga urinishadi. Bu kabi dalillar Xo‘ja Nasriddin Afandining haqiqatdan ham real shaxs bo‘lganligiga hech shubha qoldirmasa kerak.
Turk va boshqa xalqlardagi olimlarning XX asr 50-60-yillardagi jiddiy izlanishlar tarixiy dalillarning guvohligicha Nasriddin Afandi obrazining shakillanishida ikki tarixiy shaxs kuchli ta’sir ko‘rsatgani aytiladi. Ulardan birinchisi, XIII-asrda yashagan Sayid Muhammad Hayroni va Shayyod Hamza singari mashhur ijodkorlarning zamondoshi va suhbatdoshi Xo‘ja Nasriddin Oqshahariy. Ikkinchisi esa, Xo‘ja Nasriddin Tusiy {1201-1274} bo‘lib, XIII asrda matematika va astranomiya sohasida buyuk kashfiyotlar qilgan latifalarimiz qahramoniga aylangan Xo‘ja Nasriddin Afandi obrazi sarchashmasida ana shu ikki buyuk siymo turadi. XVI asrdan boshlab, xususan, Nasriddin Xo‘janing latifalari og‘zaki madaniyatdan yozma adabyotga o‘tkazila boshlandi va ko‘plab hujjatlarda qayt qilina boshlaydi. XVIasr boshlarida esa uning hikoyalarini alahida yozuvlarda yoddan yozib olinganini ko‘rishimiz mumkin.
XIX asrning II yarmidan e’tiboran Xo‘ja Nasriddin Afandi yohud qisqagina Afandi o‘zbek latifalarining markaziy qahramoniga aylanib bordi. Hodi Zarif fikricha bu obraz o‘zbek latifalariga ozarbayjon folklori orqali, turk folklorining ta’siri tufayli kirib kelgan. Aslida XII-XIII asrlardayoq turk xalq latifalarining qahramoni sifatida tanilgan Nasriddin Afandi XIX asroxirigacha nainki O‘rta yer dengizi sohillarida yashovchi xalqlar, balki g‘arbiy Yevropada, Kavkazorti, Qirim, Kichik va O‘rta Osiyo Uyg‘iriston va Hindistonda yashovchi xalqlar latifalarining o‘rnini ham shiddat bilan egallab bordi.
Rus adabiyotida yaratilgan deyarli barcha asarlarda Xo‘ja Nasriddin Afandi obrazi, bevosita, Buxoro shahri bilan bog‘liq. Yurtimizda Afandi haykali ham aynan Buxoro viloyatida joylahgan. Bizningcha, bunga sabab g‘oyatda ommaviy va hozirjavob, nozik qochirimli, mayin kinoyali, kichik kulgili hikoya bo‘lgan latifalarni maxsus to‘plab o‘rganish Buxorodan boshlanganligi bo‘lishi mumkin. 1223-yilda Muhammad Avfiy Buxoriy (1172-1176;1223-1242) latifalarni yig‘ib, “Javoe-ul hikoyat va lavomeur rivoyat” (hikoyatlar to‘plami va rivoyatlar ziyosi) nomi ostida alohida kitob sifatida tartib bergan va chop ettirgan. Ehtimol shu hodisa ham Xo‘ja Nasriddin Afandining latifa janrining yurti Buxoro deb qarashga zamin yaratgandir( O’rayev.D.S. Nasriddin Afandi- ezgulik va haqiqat himoyachisi. Nasriddin Afandining xalqaro kulgi madaniyatidagi o’rni. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari,Buxoro,2019.B 60) Bu obraz o‘zbek adabiyotida ham hanuzgacha zo‘r mahorat bilan badiiy talqin qilinib kelinmoqda.
Bu boyagi yasangan kish edi. Bu odamni “hamma” degan so‘zini bek va shohga tiqayotganini Nasriddin tushundi. Sekin u tomonga bora boshladi.
- Siz bu gapingiz bilan hammani g‘irromlik, xaromxo‘rlik qiladi demoqchimisiz?
- So‘radi unga mos zaharxanda tahdidona ohangda. – Qani qimirlamay turingchi, yuzingizda bitta pashsha ham borga o‘xshaydi.
Kulgu ko‘tarildi. Yasangan kishi ko‘zlari chaqchayib, tisarila boshladi.
Ushbu parcha Zohir A’lam qalamiga mansub “Afandining qirq bir pashshasi” qissasidan olingan. Xo‘ja Nasriddin obrazi mana shunday adolatparvar, zukko va ishbilarmon sifatida badiiy adabiyotda talqin etilgan. Asarning to‘liq variantini o‘qib chiqqaningizda esa Afandining naqadar xalqchil, o‘ta darajada zehinli va g‘oyat tadbirkor insonligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday insonlar hozirgi kunda ancha noyob shaxslardan biriga aylanib qolgan. Uning latifalari har doim o‘zining noyobligi bilan insonlarni lol qoldirgan va bazida o‘yga tolishga ham majbur qiladi. Xo‘ja Nasriddin - Afandi obrazi mana shuday zalvorli, hayotsevar, quvnoq va topqir shaxs sifatida uzoq yillar davomida muhlislari qalbida mangu va barhayot yashaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Safarov.O.O’zbek xalq og’zaki ijodi, “Musiqa’’ nashriyoti, 2010
2.Madayev.O O’zbek xalq og’zaki ijodi,T.:”Mumtoz so’z nashriyoti”
2010
3.”Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi.Xaitov.X. Nasriddin Afandi obraziga oid ayrim mulohazalar.
4.Mirzayev.T, Turdimov.Sh, Jo’rayev.M, Eshonqulov.I, Tilovov.A.O’zbek folklori,darslik T.2020.
Download 23.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling