Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi
«Alpomish» – qahramonlik dostonining mumtoz namunasi
Download 0.6 Mb.
|
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org
3. «Alpomish» – qahramonlik dostonining mumtoz namunasi.
4. Qahramonlik dostonida etnos va epos muammosi. 1. Qahramonlik dostonlarining belgilari. O‘zbek xalq dostonchiligi taraqqiyotida alohida e’tiborga loyiq ikki qatlam davomiy ikki bosqich – qahramonlik va romanik dostonlar bosqichi olimlar tomonidan belgilangan. Qahramonlik dostonlari o‘zbek baxshilar epik repertuarida muhim o‘rin tutadi. Qahramonlik dostonlari voqeligi urug‘chilik munosabatlari, ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik hayoti, etnosning shakllanishi va uning tarixiy taqdiri bilan bog‘lab talqin etiladi. Bunday dostonlar bir qator urug‘ va qabilalarning muayyan etnos sifatida tashkil topa borishi, ilk davlatchilik kurtaklarining paydo bo‘lishi va shu munosabat bilan xalq va elatlarning o‘z mustaqilliklari uchun chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari qahramonlik dostonlari uchun boy material bo‘ldi. Mana shu kurashlar, tarkib topishlar, birlashishlar va ajralishlar jarayonida o‘z-o‘zini anglashning buyuk ifodasi sifatida qahramonlik eposi yuzaga keldi. Epik mazmunning qahramonlik xarakteriga ega bo‘lishi qahramonlik dostonlarining bosh xususiyatidir.16 Ana shu xususiyat uning butun mohiyati va asosiy yo‘nalishini belgilab, o‘ziga xos tasvir usullarini tayin etadi. Ushbu xususiyatlarni «Alpomish» dostonida to‘la ravishda ko‘rish mumkin. Ko‘chmanchi qo‘ng‘irot qabilasida urug‘chilik munosabatlari yemirila boshlagan zamonlarda yaratilgan bu monumental asar o‘zbeklar o‘rtasida ikki versiya va ko‘plab variantlarda juda keng tarqalgan. Bu paytgacha dostonning yigirma sakkiz varianti o‘ttiz uch marta (to‘la teksti, parcha, mazmuni) yozib olindi.17 Epos turkiy xalqlar o‘rtasida juda keng tarqalgan. Uning o‘zbek18, qozoq19, qoraqalpoq20 versiyalari epik poema holida, tojik21, uyrot22, tatar23, boshqird24, O‘rta Osiyo arablari25 versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O‘rta asr o‘g‘iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada Qo‘rqut» tarkibidagi «Bomsi Bayrak» asari o‘zining syujeti va kompozitsion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham yaqin turadi.26 Turkiy xalqlarning «o‘rtoq bir dostoni» (Hamid Olimjon) bo‘lgan «Alpomish»ning bunchalik keng tarqalishi shu xalqlarning bir xil ijtimoiy-tarixiy sharoitda hayot kechirganliklari, o‘zaro yaqin madaniy munosabatda bo‘lganliklari, yaratish va ijodda hamkor, hamfikr ekanliklarini ko‘rsatadi. Ammo «Alpomish»ning yaratuvchisi bo‘lgan har bir xalq unda o‘z tarixini, etnik va an’anaviy xususiyatlarini, ozodlik va tenglik haqidagi o‘z ideallarini aks ettiradi. Qahramonlik dostonlarining boshqa guruh dostonlardan alohida ajralib turadigan jihati unda xalqning alp haqidagi turg‘un tasavvurlarini namoyon etuvchi alplik tizimining badiiy aks etishida ham ko‘rinadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling