Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Download 0.6 Mb.
bet9/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

«Totemizm» so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda qayd etilishicha, «uning urug‘i»dan olingan ekan. Shimoliy Amerikada yashovchi qabilalardan biri kishilar bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari o‘rtasida qon-qarindoshlik bor deb hisoblaganlar. U hayvonlar ov qilinmagan, o‘ldirilmagan, go‘shti yeyilmagan. O‘simliklar esa e’zozlangan. Bu odat dunyodagi hamma xalqlarning e’tiqodida ham bor bo‘lib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. Turkiylarda ot, qo‘y, echki kabi hayvonlar, g‘oz, o‘rdak, qaldirg‘och kabi qush, parrandalar totem hayvon sifatida e’zozlangan.
«Fetishizm» so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda portugalcha «feitico», fransuzcha «fetiche» – sehrli narsa ma’nosini ifodalashi qayd qilingan. Uning asosini qadimgi zamon odamlarining jonsiz narsa-predmetlarda ilohiy fazilat bor deb tushunishlari tashkil etadi. Ma’lumki, inson hayoti davomida o‘zi bilmagani holda quyosh, oy, yulduzlar, tog‘, suv kabi narsalar bilan ham munosabatda yashaydi. Ayniqsa, quyosh, suv inson taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi. Qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimiz o‘zlaricha pichoq, non, o‘choq, tandir, do‘ppi, kitob, supra, ayniqsa, o‘q, yoy kabi narsalarni ham muqaddas hisoblaganlar.
Fetishizm tushunchasida turli narsa-predmetlardan tashqari ranglar, tush ham saqlanib qolgan. Oq, qora, ko‘k, yashil, qizil, malla kabi ranglar muayyan ma’noni bildirgan. O‘zbekiston bayrog‘idagi yashil, oq, ko‘k, ular oralig‘idagi qizil, burchakdagi oy va 12 yulduzlarning hammasida ramziy ma’nolar mujassamlashgan. Odatda, yashil yoshlik, qizil, bir tomondan to‘kilgan qon, ikkinchi tomondan, qizlik g‘ururi, oq hayot, qora, bir tomondan fojia, ikkinchi tomondan, buyuklik, ulug‘lik, malla yetuklik, balog‘at ma’nolarini aks ettirgan.
«Animizm» lotin tilidagi «anima»dan olingan bo‘lib, ilmiy adabiyotlarda jon, ruh ma’nosini anglatishi ta’kidlanadi. Animizmga binoan qadimgi ajdodlarimiz dunyodagi hamma narsaning joni bor, deb bilganlar. Ibtidoiy davrda inson tana va ruhdan iborat hisoblangan. Ular ham ruh tanani tark etganda inson o‘ladi, deb o‘ylashgan. Har bir narsaga bu tushuncha tatbiq etilgan. Shuning uchun mifologiyadagi totemizm va fetishizm hodisalariga ishonch bildirishni, ularning mavjudligiga bo‘lgan e’tiqodiy munosabatni animizm bilan bog‘lash ma’qul. Soddaroq qilib aytganimizda, odamning totemizm va fetishizm hodisalariga ishonishi uyg‘un holatda animizmda namoyon bo‘ladi. So‘zning magik – mo‘jizaviy kuchidan foydalanib inson ruhiyatiga ta’sir etish, uni xastalikdan ozod qilish, tabiatiga ruhiy tetiklik bag‘ishlash animizm fazilatlari hisoblanadi. Shuning uchun xalq baxshilari deganda baxshilik, ya’ni shifo bag‘ishlash ma’nosi saqlanib qolgan.
Mifologik tasavvurlar olamning yaratilishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining yuzaga kelishi, odamzotning paydo bo‘lishini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif o‘z ijodkori va ijrochilari tomonidan bo‘lib o‘tgan voqealar bayoni sifatida baholangan. M.I.Steblin-Kamenskiyning ta’kidlashicha, «mif – bu muayyan voqelik bayoni bo‘lib, unda hikoya qilingan voqea-hodisa nechog‘lik uydirma bo‘lmasin, yaratilgan va yashab kelgan joyida u hamisha haqiqat, real voqelik ifodasi sifatida qabul qilingan. Albatta, mifni o‘rganadigan tadqiqotchi undagi uydirmaga ishonmaydi. Shuning uchun ham mif bugungi kunda haqqoniy hayotiy voqelik ifodasi sifatida anglashilmaydi. Shu tariqa tadqiqotchining mif haqidagi o‘z tasavvuri, ya’ni «mif ‒ uydirmadir» degan qarashi yuzaga keladi. Yaratilgan va ommalashgan joyida mif aslida real voqelik ifodasi deb tushunilgan» (Стеблинь-Каменский М.И. Миф. ‒ Л.: Наука, 1976. – C.4-5).
O‘zbek tilida qadimgi ajdodlarimizning tizimli shaklda ifodalangan, so‘z (hikoya qilish), harakat (marosimiy raqslar) va tasvir (qadimiy osori-atiqalar, qoyatosh suratlari va h.k.) orqali bayon etilgan mifologik tasavvurlari o‘zbek tilida «asotir», «mif» kabi atamalar bilan nomlanadi. XI asrda yashagan buyuk tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida mif tushunchasi «sav» so‘zi bilan ifodalangan. Bu so‘z qadimgi turkiylar tilida «xabar», «maqol», «qissa», «hikoya», «so‘z», «nutq» ma’nolarini anglatgan. Mahmud Koshg‘ariy o‘z asari uchun material to‘plaganida turkiy qabilalarning mifologik tasavvurlarini ham sinchiklab o‘rgangan. Zero, «Devon»da qush tuxumidan chiqqan it – «baroq» to‘g‘risidagi mif hamda, Oltin qoziq (Temir qoziq) yulduzlari haqidagi samoviy qarashlar keltirilganligi ham shu fikrni tasdiqlaydi. «Qazunuq» - qoziq. Qutb yulduzini «Temur qazunuq» deyish ham shundandir. «Temir qoziq» demakdir. Chunki osmon buning ustida aylanadi» («Devon», 3-jild, 3393-bet), - deb yozadi Mahmud Koshg‘ariy. Olim «ko‘k tubulg‘on» so‘ziga izoh berib, quyidagilarni yozadi: «ko‘k tubulg‘on – bir qushning nomi. Aytishlaricha, bu qushning ikki qanotida po‘lat bo‘ladi va qanoti bilan toqqa urib, bir tomondan boshqa tomonga o‘tadi. Bu so‘zni menga o‘zim foydalanib yurgan bir kishi aytdi» («Devon», 1-jild, 474-bet).
Ko‘rinadiki, bu mifologik afsonada qadimgi turkiylar folklorida mavjud bo‘lgan xayoliy qush to‘g‘risidagi xalq qarashlari o‘z ifodasini topgan. O‘zbek tilida qattiq patlari o‘sib chiqqan qush poloponini «temirqanot bo‘libdi» deb ta’riflashda ham ana shu ko‘hna tasavvurlarning izi saqlanib qolganga o‘xshaydi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling