Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Askiya san’atining o‘ziga xosligi


Download 0.6 Mb.
bet71/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

2. Askiya san’atining o‘ziga xosligi. Askiya haqida fikr yuritishdan avval uning mohiyati haqida qisqacha mulohaza bildirish joiz. Askiya aytish qanchalar murakkab bo‘lsa, uni tushunish ham oson emas. Chunki askiyachi aytgan askiyada nozik so‘z o‘yini qo‘llaniladi. So‘z o‘yinini tushunish esa uni o‘ylab topishdek qiyin. So‘z o‘yinida uni o‘ylab topgan odamning fikrlash usulini qo‘llash lozim bo‘ladi. Shu bois askiya paytida kimdir kuladi, kimdir gap nima to‘g‘risida borayotganini anglay olmay garang bo‘lib turaveradi. Askiya janrining bosh maqsadi, uning mohiyati so‘z o‘yini vositasida kulgi hosil qilishdir.
Askiya jahondagi bironta xalq og‘zaki ijodida uchramaydigan, so‘zdan so‘z hosil qilish, so‘z jilosidan to‘liq foydalanish, so‘z o‘yiniga asoslangan janrdir. Boshqa xalqlarda bu janrning uchramasligini esa, asosan, o‘zbek tilidagi so‘z boyligi bilan izohlash maqsadga muvofiqdir. Xususan, maqol, topishmoq, ertak, qo‘shiq, doston janrlari jahon xalqlari ijodida aynan yoki bir oz o‘zgargan holda uchraydi, ammo olimlar shu kungacha askiyaning boshqa xalqlarda mavjudligini aniqlamaganlar. To‘g‘ri, ba’zi paytlarda latifalarda askiyaga o‘xshash vaziyatlar uchrashi mumkin (peshka xodit ye 2-ye 4; on xodit yedva, yedva – shaxmat o‘yinidagi eng kichik sipoh ye 2 xonasidan ye 4 ga yuradi, biz nazarda tutgan odam esa zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuradi). Ammo muayyan xususiyatlarga ega alohida janr sifatida uchramaydi.


Savol va topshiriqlar:
1. Askiya janri o‘zbek xalqining milliy merosi ekanini izohlab bering.
2. Askiya tarkibidagi kichik turlarni ayting. Payrov tushunchasiga izoh bering.
3. O‘zbek askiyachilarining repertuaridagi namunalardan misol keltiring.
4. Askiya matnida kulgi uyg‘otuvchi usullar haqida ma’lumot bering.
5. Ijtimoiy tarmoqdan o‘zbek askiyachilarining jonli ijrosini tinglang va tahlil eting.


Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat. 2008. – 176 b.
2. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 2010. 368 b.
3. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so‘z», 2010.
4. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. T., 2005.
5. Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский народный героический эпос. М., с. 303.
6. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009 yil.
7. M e t i n E k i ç i. Türk dünyasinda Köroğlu. – Ankara: Akçağ, 2004;
8. Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981.
9. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi.–Toshkent: Fan, 1995. –168 b.
10. Saidov M.S. O‘zbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat masalalari. Toshkent, 1969.
11. Cejidov M. Azerbajchan xalginin sojkokunu dushunereken – Baki: Jezichi, 1989. – S.320.
12. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 1-kitob. T., 2006.
13. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 2-kitob. T., 2010.
14. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. T., 2010.
15. Turdimov Sh. «Go‘ro‘g‘li» dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlar. – Toshkent: Fan, 2011.
16. Turdimov Sh. Etnos va epos. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012. –112 b.
17. Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan, 2006. –120 b.
18. Eshonqul J. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. – Toshkent: Fan, 2011.
19. Fuzuli Bayat. Köroğlu destanı. Istanbul: Ötüken, 2009;
20. Introduction to Folklore. London, 2008. Page7
21. Muhammadiyev R. Askiya. –T.: 1962
22. Said Anvar. Muhiddin Darvesh. – T.: Sharq NMAK, 2006
23. Razzoqov H. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va yumor. – T.: Fan, 1965.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling