Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Loflarning janr xususiyati


Download 0.6 Mb.
bet69/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

2. Loflarning janr xususiyati. Xalq og‘zaki ijodidagi loflar mubolag‘a san’atiga asoslanadi. Lug‘atda «lof» – fors tilidan olingan so‘z bo‘lib, quruq (puch) gap, safsata, maqtanchoqlik. 1. Folklordagi hajviy-yumoristik janrlardan biri: haddan tashqari bo‘rttirilgan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on gap»112 deb izohlangan.
Loflar xalq og‘zaki ijodining latifalar va askiya kabi kulgi uyg‘otuvchi ommaviy janri hisoblanadi. Asosan, janrda qo‘llanadigan san’at mubolag‘aning ig‘roq va g‘uluvv turi hisoblanadi.
Loflar badiiy adabiyotning epik turi (jinsi)ga mansub janr. Uning hajmi cheklangan: ikki-uch, uch-to‘rt jumladan iborat. Asosan, dialogda qatnashgan ikki lofchi suhbatidan bir lavha tarzida bo‘ladi. Ularda bo‘rttirilgan, yolg‘on voqea to‘qishda mohir, tajriba to‘plagan lofchi deb hisoblangan shaxslar musobaqalashadi. Har ikki taraf aytayotgan voqeasining yolg‘on va to‘qima ekanini juda yaxshi biladi, lekin mutlaqo bu fikrini ochiq aytmaydi. Bu shart buzilsa, lof butun mohiyatini, jozibasini yo‘qotadi. Aksincha, bir lofchi suhbatdoshining bo‘rttirilgan yolg‘on gapini aksariyat hollarda tasdiqlaydi, e’tiroz bildirmaydi. Faqat lofning mazmunidan xabar topganidan so‘ng unikidan o‘tkirroq, yana ham mubolag‘ali, yolg‘onroq javob topishi lozim. Muhimi, ikkinchi lofchi keyin javob bergani uchun lof shu o‘rinda tugaydi. Ba’zan dialoglar bir oz davom etishi mumkin, lekin bari bir so‘nggi fikr bildirgan lofchi g‘olib chiqaveradi.
Folklorshunos Omonulla Madayev to‘g‘ri ta’kidlaganidek: «Latifalarda, lofda, askiyada kulgiga sabab bo‘lgan jumlani kashfiyot darajasida baholash mumkin. Ularni o‘ylab topgan shaxs katta hayot tajribasiga ega bo‘ladi, ayniqsa, vaziyatni to‘g‘ri baholab kulgi hosil qilish mahoratini namoyish etadi. Buning uchun u til boyligidan ham yaxshi foydalana olish fazilatiga ega bo‘lishi zarur».


Savol va topshiriqlar:
1. Latifaning janr xususiyati haqida nimalar bilasiz?
2. Nasriddin Afandi obrazining o‘ziga xos jihatlari nimalarda ko‘rinadi?
3. Latifalarning zohiriy va botiniy mazmunini latifalar tahlili orqali tushuntirib bering.
4. Lof janrining o‘ziga xos jihatlarini gapiring, misollar keltiring.


Adabiyotlar:
1. Muhammadiyev R. Askiya. – T., 1962.
2. Askiyada ijrochilik mahoratini oshirish yo‘llari (metodik tavsiyanoma). Tuzuvchilar: M.Jo‘rayev, T.Sobitova. – T, 1985.
3. Said Anvar. Muhiddin Darvesh. – T.: Sharq NMAK, 2006.
4. Razzoqov H. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va yumor. – T.: Fan, 1965.
5. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 2010
6. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so‘z», 2010
7. Yo‘ldosheva F. O‘zbek latifalarida Nasriddin afandi obrazi. – T.: Fan, 1979.
8. Shoh Akbar va dono Birbol. – T., 1994.
9. Afandi latifalari. – T., 1989.
10. Sarimsoqov B. Lof / O‘zbek folklori ocherklari. 2-tom. – T.: Fan, 1989.
11. Hikmatli sharhlari bilan Nasriddin Afandi latifalari. – Toshkent: «Sano-standart», 2020.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling