Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Topishmoq paremik janr sifatida


Download 0.6 Mb.
bet66/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

3. Topishmoq paremik janr sifatida. Topishmoqlar hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o‘xshaydi. Ba’zan mazmuniga ko‘ra ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga e’tibor bering. «Top» so‘zining talaffuz etilishidanoq o‘yla, axtar, solishtir, izla ma’nolari yetakchilik qiladi. Unga «ish» qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi: «-moq» harakat nomi qo‘shimchasidan keyin «qo‘lingdan kelsa», «eplasang», «uddalay olsang» tushunchalari ifodalanadi. Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor:
1) hajm jihatdan qisqa va ixcham;
2) shaklan she’riy, nasriy ko‘rinishga ega;
3) yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi qo‘yiladi;
4) mazmunida hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topishga da’vat etiladi;
5) topilishi lozim bo‘lgan narsa, ko‘pincha, bitta, ba’zan ikki va undan ortiq miqdorga ega bo‘ladi;
6) topishmoqlarda qo‘llangan asosiy badiiy san’at istiora (metafora) hisoblanadi;
Topishmoqlarda topilishi lozim bo‘lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san’atidan foydalanilgan holda boshqa narsa bilan bog‘lanadi. Masalan:
Qopcha,
Qopcha ichida uncha,
Uncha ichida ustuncha.
Bu matnda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istiora vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi qismi unga o‘xshatilmoqda. Faqat un o‘rtasida ustuni ham bor ekan. Topishmoqni topayotgan odam matnda jiyda haqida gap ketayotganini topsa, fikriy musobaqada yenggan bo‘ladi.
Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda aniq daliliy ma’lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko‘plab keltirilgan «Devonu lug‘otit turk» asarida topishmoq matni uchramaydi. Shu bilan birga «tabzug‘» - topishmoq ekanligi qayd etilgan.
Odatda, topishmoqlar xalq hayotining hamma sohalarini egallagani bilan ham diqqatga sazovor. Maishiy hayotdagi, ijtimoiy muhitdagi munosabatlar topishmoq mavzularida o‘z ifodasini topadi. Ko‘rpa, qulf, qozondan tortib qozi, sudxo‘rlarning kirdikorlarigacha topishmoqlarda aks etishi mumkin. Xalq topishmoqlarini mukammal o‘rgangan Zubayda Husainova 1981-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti tomonidan e’lon qilingan «Topishmoqlar» kitobidagi matnlarni tartiblashtirishda ularni yirik ikki guruhga ajratadi: «An’anaviy topishmoqlar» va «Yangi topishmoqlar». Birinchi guruhda osmon, yer, suv; tabiat hodisalari, yil fasli va mavsum; odam, uning a’zolari va xislatlari – jami 21 mavzu jamlanadi. Yangi topishmoqlarda elektrotexnika, radiotexnika, maktab va o‘quv qurollari – jami 9 mavzu jamlangan. Ma’lum bo‘ladiki, topishmoqlarda aks etmagan mavzuning o‘zi yo‘q ekan.
Xalq orasida yashab kelayotgan topishmoqlar bir jumboqli va ko‘p jumboqli bo‘lishi mumkin. Ammo shunday topishmoqlar ham borki, ularga javob berish uchun ikki va undan ortiq narsalarni eslashga to‘g‘ri keladi:
Tog‘da talaymonni ko‘rdim,
Suvda sulaymonni ko‘rdim.
Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim,
Yumalab yotgan toshni ko‘rdim.
Bu topishmoqdagi to‘rt misrada to‘rtta narsa yashiringan. Birinchisida bo‘ri, ikkinchisida baliq, uchinchisida sumalak, to‘rtinchisida toshbaqa so‘zlari yashiringan.
Xalq og‘zaki ijodidagi topishmoqlar badiiy jihatdan ham so‘z san’ati hisoblangan adabiyotda qo‘llangan juda ko‘p san’atlarga boy. Bu san’atlarning topishmoqda uchraydigan eng ommaviysi istioradir. Oyna – ko‘z, ilon – soch, qizil toychoq – til kabi o‘nlab misollarda istiora san’ati kelgan.
Qardosh xalq og‘zaki ijodida ham topishmoqlarning go‘zal namunalariga duch kelamiz: «Neseli Bilmeceler – Quvnoq topishmoqlar». (Toshkent: «Yurist-media markazi», 2010) to‘plamidan olingan quyidagi topishmoqlarga e’tibor bering:
Osti marmar, usti marmar,
Ichida bir kelin o‘ynar.
(Tish, til)
Ketdi – kelmaydi,
Keldi – ketmaydi.
(Yoshlik, qarilik)
Kelar Laylo, ketar Laylo,
Bir oyoqda turar Laylo
(Eshik)
Yetti tuynukli to‘qmoq,
Buni bilmagan ahmoq.
(Bosh)

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling