O’zbek allomalarining jahon sivilizasiyasiga qo'shgan hissasi reja


Download 2.17 Mb.
bet5/5
Sana03.11.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1744493
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdurazzaqov To\'xtamurod svilizatsiya

Amir Temur
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa sanati ham shabhasiz, alohida o'rin tutgan. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo'shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganligini qayd etadi. Bular-tuyuq, changchi, turkiy, orzuvoriy muhabbatnoma, mustahzod va shu qabilar. Amir Temur davrida san'at va musiqa olamida mashhur bo'lgan siymolardan biri Abduqodir Go'yanda (1334-1435) bo'lib, uning hayotining ko'p qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san'atida Hirot ijodiy muhitining o'rni kattta bo'lgan. Hirot musiqashunoslari o'z ijodlarida Navoiyning she'r va g'azallaridan keng foydalanganlar.
Shunday qilib Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida, ularning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishlari davomida o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardiki, bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyatlari tufayli Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. Mug'ullarning bir yarim asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli salatanatga aylanibgina qolmay, ayni chog'da ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, duru-javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib. minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib kelmoqda
Alisher Navoiy
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI:
  • Bahodirov R. Abu Abdulloh al-Xorazmiy va ilmlar tasnifi tarixidan.-T.: O'zbekiston, 1995 y.
  • Jalilov S. Imom al-Buxoriy haqida suhbatlar. Fan va turmush.-1998.-№5.
  • Imom Ismoil al-Buxoriy. Hadislar.-T.: Sharq,1992 y.
  • Irisov A. Hakim ibn Sino.-T.: 1990 y.
  • Ma'naviyat yulduzlari. Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar.-T.: 1999 y.
  • Rustamov A. Mahmud Zamahshariy.-T.: Fan, 1979 y.
  • Saitov YE., Saidov A. Ahmad al-Farg'oniy buyuk matematik. Fan va Turmush.-1998.-№5.
  • Sulaymonova F. Sharq va G'arb.-T.: 1997 y.
  • Xayrullayev M. O'rta Osiyoda ilk uyg'onish davri madaniyati.-T.: Fan, 1994y.
  • Qodirov A. O'rta Osiyoda medisinaning paydo bo'lishi.-Toshkent: 1990y.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling