O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O‘tgan asrning 30-40–yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti


Download 51.58 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi51.58 Kb.
#192720
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rustamova Nigora ona tili va bolalar adabiyoti

XX asrning 20-30 yillarida

  • O`zbek bolalar adabiyotining shakllanish jarayoni XX asrning 20-30 yillarida, ayniqsa, jiddiy tus oldi, tezlashdi va keng qamrov kasb eta bordi. Asosan, she`riyat va hali hikoyachilik doirasida qolib kelayotgan bolalar adabiyoti bu davrga kelib, xalq ijodiyotiga keng va chuqur murojaat qilishga kirishib, o`z janriy imkoniyatlarini adabiy ertakning she’riy ertak, nasriy ertak, ertak qissa, dramatik ertak singari xilma-xil oraliq shakllari bilan boyitish va to`ldirishga muvaffaq bo`la boshladi.
  • Aslida XIX asrning so`nggi choragi va XX asrning 10-yillarida fors-tojik shoiri Ubayd Zokoniyning "Mushuk ila sichqon" qissasi(Xislat tarjimasi), rus adabiyoti namoyondalari I.A.Krillov, A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy masallari, ertaklari va hikoyalarining o`zbek tiliga o`girila boshlanganligi, shuningdek, Said Rasul Aziziy va Abdulla Avloniylarning voqeaband she`rlari, masallari hamda Hamzaning xalq rivoyati asosida yozilgan "Bolaning yomon bo`lmog`iga sabab bo`lgan onaning jazosi" she`riy ertagi, qolaversa, Abdulla Qodiriyning 20-yillarda xalq ertagi ruhida yozilgan"Jinlar bazmi" va Abdurauf Fitratning "Qiyomat" nasriy adabiy ertaklaridan o`z sarchashmasini olgan folklor syujetlari negizida bolalarbop asarlar yozish va shu asosda realistik o`zbek bolalar adabiyotini shakllantirish va rivojlantirish harakati 30-yillar arafasi va davomida chinakkam yangi bosqichga ko`tarildi.
  • Ikkinchidan, 30-yillarning boshlarida "Bolalarga ertak kerakmi? Sehrli-fantastik ertaklar ular tarbiyasiga zararli emasmi?",- degan mavzularda boshlangan qizg`in bahs xalq ertaklariga munosabatni yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi. Natijada, xalq ertaklari syujetlarini turli shakllarda ijodiy interpretatsiya qilish va shu asosda bolalarni xalq fantaziyasi olamiga olib kirish bir muncha jonlandi. Bu hol bolalar epik poeziyasining yuksalishi va dramaturgiyasining oyoqqa turishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.
  • Bolalarga atalgan badiiy adabiyot yaratish an`anasinng dastlab, adabiy ertak shaklida Daniel Defo, Jonatan Svift, Jan de Lafonten, Sharl Perro, Erix Rapse, aka-uka Yakob va Vilgelm Grimmlar, Vilgelm Gauf, Hans Kristian Andersen, Karlo Kollodi, V.Jukovskiy, P.Yershov va boshqalar ijodiyotida keng miqyosda namoyon bo`lganligi va o`zbek bolalar adabiyoti vakillarining ular tajribalarini ijodiy o`zlashtira boshlashlari jarayon qiyofasini belgilay berdi. Natijada, folklor va yozma bolalar adabiyoti munosabatlari ikki tomonlama chuqurlashishga kirishdi.

Download 51.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling