O‘zbek davlatchilgi taraqqiyotida muxim o‘rin egallagan Xorazmshohlar davlati buyicha sharqshunoslik ilmida ko‘pgina tarixchi olimlar tomonidan tadkikot olib borilgan
BOB.XIII asrning boshlariga kelib, Xorazm davlati tarixida muhim o’zgarishlari
Download 138.07 Kb.
|
XORAZMshoh-Anushteginiylar davrida davlat boshqaruvi
2.BOB.XIII asrning boshlariga kelib, Xorazm davlati tarixida muhim o’zgarishlari
2.1.Xorazmshohlar davlati atrofida eng kuchli turk qabilalari Xorazmshohlar davlatining harbiy tashkiloti saroy va hukumat tashkiloti singari bo’lgan. Qo’shinga oid boshqaruv ishlarini Buyuk devonning bo’limi - devoni arz shug’ullangan. Hukmdorning gvardiyasi ham mavjud bo’lgan. U armiyaning bosh qo’mondoni edi. Xorazmshohlar davlatida viloyat markazlarida yetarli miqdorda harbiy qismlar turgan. Shuningdek, mamlakatning chegara qismlari, yo’llar va mudofaa ahamiyatiga molik qal’alarda mudofaa qismlari bo’lgan. Voliylar va qal’a qo’mondonlari keyingi davrlarda yirik urug’ beklari orasidan tayinlangan. Ularning qo’l ostida ba’zan (aksariyat hollarda) qullardan tarkib topgan xususiy harbiy qismlar ham bo’lgan. Urug’ beklari xizmatga o’z urug’i qismini olib kelgan. Iqto egalaridan (sohiblaridan) tashkil topgan mahalliy qismlar ham ularning qo’l ostida bo’lgan. Jaloliddin davrida viloyat armiyasida o’zgarishlar qilindi. Sulton Alouddin davrida armiya qipchoqlar, so’ng qalach, qarluq, uran, ug’raq kabi urug’lardan tashkil topgandi. Alouddin davrida urug’ beklari qo’l ostida bo’lgan qipchoqqanglilar gvardiyaning asosini tashkil etgan. Jaloliddin davrida ular armiyaga olinmagan. Chunki Jaloliddin valiahdlikka tayinlangandan so’ng unga qarshi bosh ko’tarishgan. Jaloliddin davrida viloyat qo’shinlarining ayrim qismlari turkmanlardan tashkil topgan. Xorazmshohlar davlatida markazlashgan adliya tashkiloti mavjud topgan bo’lib, bu tashkilot shariat sudi va urf-odatga ko’ra hukm chiqarishga asoslangan. Qozilar sulton tomonidan tayinlangan. Quyi sudlar yuqori sudlarga tobe edi. 112 Shariat sudlaridan tashqari, urf va qonunga asoslangan ayrim sud muassasalari mavjud bo’lgan. Xoh fuqaro, xoh harbiy bo’lsin, yuqori martabali kishilarga nisbatan qilingan shikoyat da’volari hukmdor tomonidan boshqarilgan mazolim devonida ko’rilgan. XIII asrning boshlariga kelib, Xorazm davlati tarixida muhim o’zgarishlar bo’ldi. Sulton Alouddin Muhammad va Jaloliddin davrlarida davlat hokimiyati ma’muriy boshqaruvning ancha takomillashgan tizimi qaror topdi. Davlatning iqtisodiy va harbiy qudrati mustahkamlandi. Lekin bu jarayon uzoqqa bormadi. 1220 yilning kuzida Chingizxon boshliq mo’g’ul qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Xorazmning gullab-yashnashi yuqori bosqichga chiqqanda qudratli Xorazmshohlar davlati atrofida eng kuchli turk qabilalari - qang’li, qipchoq, turkman va qoraqalpoq aholisi birlashib, jipslashayotgan bir paytda Chingizxon qo’shinlari vaxshiylarcha bostirib kirdi. Oqibatda buyuk Xorazm imperiyasi mo’g’ul istilosi tufayli yemiriladi, shahar va qishloqlarning deyarli hammasi talontaroj qilinib, aholisi qiriladi, qisman haydab olib ketiladi, minglab gektar unumdor yerlar esa xarobaga aylanadi, doimiy ravishda tozalab va qarab turishni talab qiladigan sug’orish tarmoqlari inqirozga uchradi8. Download 138.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling