O`zbek davlatchilik tarixi


Mavzuning o`rganilganlik darajasi


Download 77.34 Kb.
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi77.34 Kb.
#1475942
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DAVLATCHILIK

Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Ushbu davr bo`yicha ko`plab tarixchilar va olimlar asarlar va maqolalari bilan turli darajada yoritib berganlar. Mustamlakachilik siyosatining tub mohiyati G. I. Safarov, P.G. Galuzo, va A.Z. Validiy tadqiqotlarida ilk bor to`laroq aks etgan.
Mirzo Muhammad Abdulazim Somiy Bo`stoniyning “Dorussaltana Buxoroyi sharif mang`it sultonlari tarixi” asari 1906-yilda yozilgan. U asarda ham o`sha davrdagi haqiqiy tarixiy manzara aks etganligini ko`rish mumkin. Kamina, Xayoliy, Nosir, Tarjimon singari shoirlarning asarlarida ham chorizm bosqini tufayli xalqimiz boshiga kelgan kulfatlar yoritib berilgan. Mustaqillikka erishganimizdan keyin ham o`sha davrdagi asarlar to`liq o`rganilib, bu davr tarixi yanada boyitib borilmoqda. Ziyoevning “ Turkiston Rossiya tajovusi va hukmronligiga qarshi kurash” nomli asarida ham birmuncha yoritib berilgan. Taniqli olim, ma`rifatparvar va jamoat arboblaridan Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdullla Avloniy, Fitrat, Cho`lpon, Munavvarqori kabi o`zbek xalqining millatparvar fidoiylarining 20-yillardagi matbuotda yoritgan katta kichik maqolalarida Turkistondagi eski va yangi mustamlakachilik va istiqlol kurashi tarixi yoritilgan va ular ham Turkiston tarixnavisligida o`z o`rnini topishi muqarrar. Abdulla Ortiqboyevning “Turkistonning qora kunlari” asarida ham Turkiston o`lka xalqlari hayoti yaqqol tasvirlanganligini ko`rishimiz mumkin. Ziyoyevning “Turkiston milliy ozodlik harakati” nomli asari ham bu davr uchun judda qimmatli manba hisoblanadi. Shamsutdinovning “Vatan tarixi” 2-kitobida ham bu davr haqida malumotlar keltirib o`tilgan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishining maqsad va vazifalari quyidagilar:

  • Chorizim mustamlakachilarining yurtimizga bostirib kelish sabablarini yoritish.

  • Bu davrdagi Turkistondagi vaziyatni ochib berish.

  • Mustamlakachilik siyosatining kuchaytirish sabablarini yoritish.

  • Mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan madaniy va ma`rifiy siyosatini izohlab berish.


Download 77.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling