“O‘ZBEK FOLKLORI ” fanining sillabusi
(2018/2019 o‘quv yili)
Kafedra nomi:
|
O’zbek tili va adabiyoti
|
O‘qituvchi haqida ma’lumot:
|
K.o’qituvchi: A.Primov
|
abdulatifprimov@mail.ru
|
Semestr va o‘quv kursining davomiyligi
|
1- semestr 19 hafta
|
O‘quv soatlari hajmi:
|
Jami:
|
132
|
shuningdek:
|
|
ma’ruza
|
30
|
seminar
|
24
|
Amaliy (laboratoriya)
|
22
|
mustaqil ta’lim
|
56
|
Yo‘nalish nomi va shifri
|
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
|
|
5120100
|
|
Kursning predmeti va mazmuni: xalq og‘zaki ijodining xalq, millat qadriyatlari qatorida tutgan o‘rni. Xalq og‘zaki ijodining tarixi va taraqqiyot bosqichlari. O‘zbek folklorining tarkibiy qismlari, janrlari, xalq ijodkorlari, folklorshunoslik faniga hissa qo‘shgan olimlar. Respublika mustaqillikka erishganidan so‘ng xalq og‘zaki ijodiga va uni o‘rganishga bo‘lgan munosabatdagi ijobiy o‘zgarishlar, ularning natijalari. Fan vazifalarining belgilanishi va ahamiyati.
|
Kursni o‘qitishning maqsadi va vazifalari: xalq og‘zaki ijodi namunalari sinkretik san'at sifatida xalq ma'naviy hayotida muhim o‘rin tutishini, unda o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy, maishiy, madaniy hayoti o‘zining badiiy ifodasini topganini, xalqning o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usi aynan og‘zaki ijod zaminida tashkil etishini talabaga anglatish.
Fanni o‘qitishning vazifalari: talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, xalq og‘zaki ijodining sinkretik san'at ekanligini, yozma adabiyot va boshqa san'at turlaridan farqli jihatlarini ko‘rsatib berish, o‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyot bosqichlari haqida ilmiy ma'lumotlar hosil qilish, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng xalq og‘zaki ijodi davlat maqomiga erishganligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
etnos hayoti va tarixining folklor asarlarida badiiy ifoda topishini, xalq marosim va udumlari folklorining mohiyatida turishini, xalq og‘zaki ijodi millat farzandlarining ma'rifiy dunyoqarashi, estetik didini shakllantirishda muhim tarbiyaviy asos vazifasini bajarishini bilish;
talabalarning xalq og‘zaki ijodi janrlari haqida bilimga, janr xususiyatlarini aniqlash, janrlararo munosabat mezonlarini belgilash, adabiyot va folklor munosabati haqidagi haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
talabalar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining jahon folklori merosida munosib o‘rnini anglashi, qiyosiy tahlil qila olishi va baholash malakalariga ega bo‘lishi kerak;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |