V) Hayotiy-maishiy ertaklar. Hayotiy maishiy ertaklarda ijtimoiy hayot muammmolari ifodasi. Ularda do‘stlik, mardlik, zakiylik, insonparvarlik kabi shaxs fazilatlarining ulug‘lanishi. “Uch ko‘r va bir yigit”, “Egri va to‘g‘ri”, “Uch og‘ayni botirlar” kabi hayotiy-maishiy ertaklarning badiiy qimmati, g‘oyaviy ko‘lami yoritiladi. Hayotiy-maishiy ertaklarga xos syujet tiplari, yetakchi motivlar, asosiy qahramonlar o‘rganiladi.
9- mavzu:Mehnat qo‘shiqlari va termalar
Mehnat qo‘shiqlarining folklor san’atidagi o‘rni ochiladi. Qo‘shiqlarning mehnat turlariga ko‘ra farqlanishi, mehnat jarayoni va ibtidoda turli marosimlar bilan bog‘liq jihatlari ko‘rsatiladi. Mehnat qo‘shiqlari tarkibiga kirgan lirik xarakterdagi namunalar, xususan, “Yoz qo‘shiqlari” va boshqa misollar keng talqin etiladi. Terma janrining xalq epik ijodidagi o‘rni, mavzu doirasi, g‘oyaviy badiiy xususiyatlari ko‘rsatiladi. Xalq termalarining baxshi- shoirlar ijodidagi, epik asarlar ijro jarayonidagi vazifalari tahlil etiladi. An’anaviy va individual termalar qiyosan o‘rganiladi.
10- mavzu: Bolalar folklori va ularning talqinlari, badiiy xususiyatlari
Bolalar folklori xalq og‘zaki ijodining muhim tarkibiy qismi sifatida. Bolalar ertaklari va qo‘shiqlari misolida xalqning qadimiy dunyoqarashlari, marosimlari izining badiiy ko‘rinishda saqlanib kelayotgani va so‘z san'atining o‘ziga xos muhim bosqichi sifatida namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Bolalar qo‘shiqlarining tasnifi, o‘yin va qo‘shiq hamda boshqa masalalar batafsil yoritiladi.
11- mavzu:Lirik qo‘shiqlar
Lirik qo‘shiqlarga xos xususiyatlar, ularning ijro o‘rni, ohang yo‘llari, an'anaviy takrorlari, qo‘shiqlarda parallelizm, vazn, qofiya, badiiy til masalalari, mavzu turlari o‘rganiladi. Lirik qo‘shiqlarda ramz va timsollarning vazifalari ko‘rsatiladi. Qo‘shiqlarning janr xususiyatlari, asosiy xossalari o‘rganiladi, ularning inson qalb kechinmalari tarjimoni ekanligi ta'kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |