O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
ROMAN - GERMAN FILOLOGIYASI FAKULTETI
Ingliz tili yo’nalishi
1 kurs 101 guruh talabasi
YUSUPOVA MAFTUNA
Adabiyotshunoslikka kirish fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Xoliqova
- BADIIY TASVIR VA IFODA VOSITALARI
- Reja:
- 1. Kirish
- 2. Badiiy tasvir va ifoda vositalari
- 3. Lug‘atdagi eskirgan sо‘zlar — arxaizm va istorizmlar
- Badiiy tilning eng muhim spetsifik xususiyatlari sifatida obrazlilik va emotsionallikni kо‘rsatdik. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg‘u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarni umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari" deb ataladi. Avvalgi faslda aytilganidek, badiiy tasvir va ifoda vositalari badiiy tilning belgilovchi xususiyati emas, balki belgilovchi xususiyat bо‘lmish obrazlilik(tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi unsurlardir. Aytish kerakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda "poetik vositalar", "sintaktik figuralar", "stilistik figuralar" kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning bunisi tasvir, bunisi ifoda vositasi deyishlik ham nomaqbul, chunki badiiy adabiyot sо‘z vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi. YA’ni, kо‘p hollarda bitta vositaning о‘zi ham tasvir ham ifodaga xizmat qiladi. Faqat lirik asarlarda qо‘llaniluvchi ayrim vositalar (mas, tovush takrorlari) borki, ular asosan ifodaviylikni kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga keladi, dedik. Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan umumodatlangan normadan og‘adi (ya’ni, til unsurlarini odatdagidan о‘zga shakl, ma’no, tartib, munosabat va sh.k.larda qо‘llaydi) va shu "og‘ish"dan ma’lum badiiy-estetik maqsadni kо‘zda tutadi. Bu xil og‘ishlar tilning turli sathlarida — fonetik, morfologik, leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-estetik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og‘ishi natijasida yuzaga keladi, ular tasvirning jonli va tо‘laqonli bо‘lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi. - Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga keladi, dedik. Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan umumodatlangan normadan og‘adi (ya’ni, til unsurlarini odatdagidan о‘zga shakl, ma’no, tartib, munosabat va sh.k.larda qо‘llaydi) va shu "og‘ish"dan ma’lum badiiy-estetik maqsadni kо‘zda tutadi. Bu xil og‘ishlar tilning turli sathlarida — fonetik, morfologik, leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-estetik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og‘ishi natijasida yuzaga keladi, ular tasvirning jonli va tо‘laqonli bо‘lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi.
- Leksik satxdagi normadan og‘ish yozuvchining umumxalq tili bazasidagi leksik vositalardan foydalanishida kо‘rinadi. Ma’lumki, umumxalq tilidagi sо‘zlar о‘zlarining nominativ holatida ham tasviriylik va ifodaviylik imkoniyatlari jihatidan farqlanadi. YA’ni, ijodkor ifoda va tasvirni sо‘z ma’nosiga daxl qilmagan holda, mavjud sо‘z hazinasidan "sо‘z tanlash" hisobigagina kuchaytirishi mumkin bо‘ladi. Yozuvchining umumxalq tilida mavjud sо‘zlardan umumodatiydan о‘zgacharoq foydalanishi quyidagicha badiiy-estetik maqsadlar bilan yuz beradi:
1. Davr koloritini(ruhini) berish uchun. Lug‘atdagi eskirgan sо‘zlar — arxaizm va istorizmlar odatdagi sо‘zlashuvda ishlatilmasligi ma’lum. Biroq ular tarixiy mavzudagi badiiy asarlarda davr koloritini berish uchun juda zarur. Deylik, о‘z asarida о‘n beshinchi asr voqeligini tasvirlayotgan ijodkor, tabiiyki, о‘sha davrga xos realiyalarni tasvirlashi lozim bо‘ladi. YA’ni, о‘sha davr koloritini о‘sha davrga xos bо‘lgan narsa-buyumlar, hodisalar, tushunchalar va h. nomlarisiz tо‘la tasvirlab bо‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, о‘n beshinchi asr muhitida harakatlanayotgan personaj tili ham shunga mos bо‘lishi, uning nutqida о‘sha davrga xos sо‘zlar va sо‘zshakllar ishlatilishi obrazning ishonarli va tо‘laqonli bо‘lishiga xizmat qiladi. - 1. Davr koloritini(ruhini) berish uchun. Lug‘atdagi eskirgan sо‘zlar — arxaizm va istorizmlar odatdagi sо‘zlashuvda ishlatilmasligi ma’lum. Biroq ular tarixiy mavzudagi badiiy asarlarda davr koloritini berish uchun juda zarur. Deylik, о‘z asarida о‘n beshinchi asr voqeligini tasvirlayotgan ijodkor, tabiiyki, о‘sha davrga xos realiyalarni tasvirlashi lozim bо‘ladi. YA’ni, о‘sha davr koloritini о‘sha davrga xos bо‘lgan narsa-buyumlar, hodisalar, tushunchalar va h. nomlarisiz tо‘la tasvirlab bо‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, о‘n beshinchi asr muhitida harakatlanayotgan personaj tili ham shunga mos bо‘lishi, uning nutqida о‘sha davrga xos sо‘zlar va sо‘zshakllar ishlatilishi obrazning ishonarli va tо‘laqonli bо‘lishiga xizmat qiladi.
- 2. Adabiy tilda kam qо‘llaniluvchi dialektizmlar badiiy asarda joy koloritini berish uchun qо‘l keladi. Aytaylik, о‘zbek tilida sо‘zlashuvchilar tarqalgan xududlarda umummilliy xususiyatlar bilan bir qatorda о‘sha xudud kishilarigagina xos bо‘lgan jihatlar (urf-odatlar, tasavvurlar, aqidalar, narsa-buyumlar va h.k.) ham mavjudki, bular birinchi galda sheva tilida о‘z aksini topadi. Shunday ekan, asarda tasvirlanayotgan xududga xos buyoqlarni berish, unda harakatlanayotgan personaj xarakterini tо‘laqonli badiiy talqin etish uchun dialektizmlardan foydalanish zarurati yuzaga keladi.
- 3. Badiiy obraz konkretlilik xususiyatiga ega. Asardagi personaj konkret muhitda harakat qiladi. Muhitga mansublikni ifodalashda varvarizmlar, vulgarizmlar, argo va jargonlarning ahamiyati katta. Muhit koloritini ifodalash bilan birga, ular personaj nutqini individuallashtirish, ruhiyatini ochish va umumiy qiyofasini yaratishda ham muhim ahamiyatga kasb etadi.
- 4. Tasvir predmetiga munosabatni ifodalash. Tilimizda mavjud sо‘zlar emotsional bо‘qdorligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Yozuvchi tasvir predmetiga munosabatini ifodalash uchun mavjud sо‘zlardan keragini tanlashi zarur bо‘ladi. Masalan, sinonim sо‘zlar qatoridan ijobiy bо‘yoqqa yoki salbiy bо‘yoqqa ega sо‘zning tanlanishi yozuvchining tasvir predmetiga munosabatini yorqin ifodalab berishi mumkin.
Semantik satxdagi og‘ishlar. Ma’lumki, nutq jarayonida biz sо‘zlarni о‘z ma’nosida yoki kо‘chma ma’noda qо‘llashimiz mumkin. Sо‘zning odatiy ma’nosidan о‘zga ma’noda qо‘llanishi semantik satxdagi og‘ish sanaladi. Kо‘chma ma’noda qо‘llangan sо‘zlarning umumiy nomi trop (kо‘chim) deb yuritiladi. Sо‘z ma’nosi kо‘chishining, tropning metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya singari bir qator kо‘rinishlari mavjud. Badiiy asarda qо‘llanilgan kо‘chimlar ishlatilish darajasi, badiiy bо‘yoqdorligi, ta’sirdorlik darajasi kabi jihatlaridan bir-biridan jiddiy farqlanadi: - Semantik satxdagi og‘ishlar. Ma’lumki, nutq jarayonida biz sо‘zlarni о‘z ma’nosida yoki kо‘chma ma’noda qо‘llashimiz mumkin. Sо‘zning odatiy ma’nosidan о‘zga ma’noda qо‘llanishi semantik satxdagi og‘ish sanaladi. Kо‘chma ma’noda qо‘llangan sо‘zlarning umumiy nomi trop (kо‘chim) deb yuritiladi. Sо‘z ma’nosi kо‘chishining, tropning metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya singari bir qator kо‘rinishlari mavjud. Badiiy asarda qо‘llanilgan kо‘chimlar ishlatilish darajasi, badiiy bо‘yoqdorligi, ta’sirdorlik darajasi kabi jihatlaridan bir-biridan jiddiy farqlanadi:
- a) kо‘chimlarning bir qismi allaqachon til hodisasiga aylanib ulgurgan. Masalan, "kun botdi", "soat yuryapti" kabi birikmalarda sо‘z ma’nosi kо‘chganligi aniq, biroq biz ularga shu darajada kо‘nikib ketganmizki, hozirda ularga kо‘chim sifatida qaramaymiz ham. Badiiy asar matnida mazkur kо‘chimlar qо‘llanganida, tabiiyki, muallif muayyan badiiy-estetik maqsad bilan semantik satxda og‘ishga yо‘l qо‘ygan deya olmaymiz, zero, ular yozuvchi tomonidan tayyor holda olingan. Baski, bu xil kо‘chimlar matnda estetik funksiya bajarmaydi, ularni badiiyat hodisasi sifatida talqin qilib bо‘lmaydi;
b) asar matnida badiiy adabiyotda an’anaviy tarzda ishlatilib kelayotgan kо‘chimlar ham kо‘p uchraydi. Masalan, "shakar lab", "gul yuz", "bulbul", "sarv qomat", "qoshi kamon", "nargis kо‘z" va hokazo. Bu xil kо‘chimlar ham yuqoridagilar singari tayyor holda olinadi, biroq, ulardan farqli о‘laroq, matnda estetik funksiya bajaradi: tasviriylikni, ifodaviylikni kuchaytiradi; - b) asar matnida badiiy adabiyotda an’anaviy tarzda ishlatilib kelayotgan kо‘chimlar ham kо‘p uchraydi. Masalan, "shakar lab", "gul yuz", "bulbul", "sarv qomat", "qoshi kamon", "nargis kо‘z" va hokazo. Bu xil kо‘chimlar ham yuqoridagilar singari tayyor holda olinadi, biroq, ulardan farqli о‘laroq, matnda estetik funksiya bajaradi: tasviriylikni, ifodaviylikni kuchaytiradi;
- v) badiiy-estetik funksiyadorligi, tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytirishi jihatidan muayyan matndagina kо‘chma ma’noda qо‘llangan, muallifning assotsiativ fikrlashi mahsuli о‘laroq dunyoga kelgan kо‘chimlar alohida о‘rin tutadi. Ularni shartli ravishda "xususiy muallif kо‘chimlari" deb atashimiz mumkin. Shu xildagi kо‘chimlargina yozuvchining muayyan badiiy-estetik maqsadni kо‘zlab yо‘l qо‘ygan semantik satxdagi og‘ishi natijasidirki, uning badiiy til bobidagi mahorati xususida gap borganda biz, avvalo, shu xil kо‘chimlarni e’tiborga olishimiz kerak bо‘ladi.
Voqelikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga kо‘rinmagan, biroq san’atkorona о‘tkir nigoh bilan ilg‘angan о‘xshashlik, aloqadorlik asosidagi kо‘chimlar о‘quvchini hayratga soladi, unga zavq bag‘ishlaydi. Badiiy asarda eng kо‘p qо‘llanuvchi kо‘chim turlaridan biri metaforadir. Metafora usulidagi ma’no kо‘chishida narsa-hodisalar orasidagi о‘xshashlikka asoslaniladi. Tabiatan, metaforani yashirin о‘xshatish deb atash mumkin. Yashirin о‘xshatish deb atalishiga sabab shuki, metaforada о‘xshatilayotgan narsa tushirib qoldirilgani holda о‘xshayotgan narsa uning ma’nosini bildiradi. Tabiiyki, bunda о‘xshatilayotgan narsalardan aynan о‘xshashlik talab qilinmaydi, ikki narsa hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Masalan, "oltin kuz", "oltin davr" birikmalarining birinchisida "rang", ikkinchisida "qimmat" asos uchun olingan. Keltirilgan misol metaforaning eng sodda kо‘rinishlaridan bо‘lib, quyida о‘xshashlik aloqalari birmuncha murakkabroq namoyon bо‘luvchi xususiy muallif metaforalaridan bir nechasini mushohada qilib kо‘ramiz. - Voqelikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga kо‘rinmagan, biroq san’atkorona о‘tkir nigoh bilan ilg‘angan о‘xshashlik, aloqadorlik asosidagi kо‘chimlar о‘quvchini hayratga soladi, unga zavq bag‘ishlaydi. Badiiy asarda eng kо‘p qо‘llanuvchi kо‘chim turlaridan biri metaforadir. Metafora usulidagi ma’no kо‘chishida narsa-hodisalar orasidagi о‘xshashlikka asoslaniladi. Tabiatan, metaforani yashirin о‘xshatish deb atash mumkin. Yashirin о‘xshatish deb atalishiga sabab shuki, metaforada о‘xshatilayotgan narsa tushirib qoldirilgani holda о‘xshayotgan narsa uning ma’nosini bildiradi. Tabiiyki, bunda о‘xshatilayotgan narsalardan aynan о‘xshashlik talab qilinmaydi, ikki narsa hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Masalan, "oltin kuz", "oltin davr" birikmalarining birinchisida "rang", ikkinchisida "qimmat" asos uchun olingan. Keltirilgan misol metaforaning eng sodda kо‘rinishlaridan bо‘lib, quyida о‘xshashlik aloqalari birmuncha murakkabroq namoyon bо‘luvchi xususiy muallif metaforalaridan bir nechasini mushohada qilib kо‘ramiz.
Adabiyotlar: - Adabiyotlar:
- 1. Fitrat. Adabiyot qoidalari. T., 1995
- 2. Adabiyot nazariyasi: 2 tomlik.-1-t.-T.,1978
- 3. Boboyev T. She’r ilmi ta’limi.-T.,1996
- 4. Boboyev T., Boboyeva Z. Badiiy san’atlar.-T.,2000
- 5. Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil.- T.:О‘qituvchi,1995
- Hojiahmedov A. She’riy san’at va mumtoz qofiY.-T.,1998
- 7. Hojiahmedov A. She’r san’atlarini bilasizmi.-T.,1999
- 8. Qosim Y. Yangi о‘zbek she’riyatida ramzlar// О‘zbek tili va adabiyoti.-1998 №5. B.3-8.
- 9. Tomashevskiy B.V. Stilistika.-L.,1983
- 10. Polyakov M. Voprosi poetiki i xudojestvennoy semantiki.- M., 1986.
- 11. Vinokur G.O. O yazо‘ke xudojestvennoy literaturi.-M.,1991
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |