O‘zbek folklorshunosligida askiya janrining o‘rganilishi va uning xalqimiz hayotidagi ahamiyati
Download 17.9 Kb.
|
R.Sevinch maqola
O‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ASKIYA JANRINING O‘RGANILISHI VA UNING XALQIMIZ HAYOTIDAGI AHAMIYATI Ro‘ziyeva Sevinch Saidmurod qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o‘zbek folklorshunosligidagina mavjud bo‘lgan askiya jarni xususiyatlari va uning xalqimiz hayotiga aloqador jihatlari o‘rganilib tahlil qilinadi. Har bir millat yaratilibdiki, ular turmush kechirish davomida turli xil marosimlarni boshidan o‘tkazadi. Marosimlar ham insonlar rivojlanganliklari sari shakllanib, sayqal topadi. Insoniyat madaniyatining eng muhim shakllaridan biri ham deb aytsak bo‘ladi. Marosim xalq san’ati va madaniyati shakllari orasida eng ulkan auditoriyani o‘ziga jalb qiladigan ommaviy tadbir hisoblanadi. Marosimlar xalqning eng yaxshi an’analari, odatlari, axloqiy qoidalarini o‘zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlanishi jihatdan yoshlarni tarbiyalashda, ularning odob-axloqli bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Marosim inson moddiy va ma’naviy turmushining talab va ehtiyoji bilan yuzaga kelgan va keladigan, tabiiy xatti-harakat, bezak va tekstga ega bo‘lgan hayotiy sahna asaridir. Shu boisdan dunyoda o‘z marosimlariga ega bo‘lmagan birorta ham xalq yo‘q. U muayyan xalqning boshqa xalqlardan farqlanib turishini ta’minlovchi muhim etnografik belgilardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Chunki har qanday marosim u yoki bu xalqning ma’lum bir tarixiy taraqqiyot etapidagi iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy belgilarni o‘zida nisbatan to‘la mujassamlantirgan holda vujudga keladi va yashaydi. I.V.Suxanov aytganidek: ,,Marosim ijtimoiy hodisa sifatida hamma vaqt inson hayotining asosiy burilish nuqtalarida, ko‘pincha ana shu nuqtalarni qayd etish, qonuniylashtirish talabi bilan tug‘iladi”. Aniqroq qilib yondashadigan bo‘lsam, oilaviy marosimlardan nikoh to‘yi ikki yosh yigit va qizning turmush qurganliklarini e’lon qilish uchun bir qancha marosimlarga murojaat qilinadi. Birgina mamlakatimiz O‘zbekistonning o‘zida har bir hududning o‘z milliy urf-odatlariga qarab turli xildagi marosimlar o‘tkaziladi. Marosim bevosita kishilarning tabiat hodisalariga, ijtimoiy voqelikka bo‘lgan muayyan munosabati asosida yotuvchi turli-tuman qarash va tasavvurlari tufayli yoritiladi. Bunday qarash hamda tasavvurlar qay darajada barqarorlik kasb etsa, ularning ta’siri marosim ananasida qay darajada mustahkam o‘rnashib olgan bo‘lsa,bunday marosimlar nihoyatda uzoq yashovchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. ,,Marosim” atamasini ko‘pchilik insonlar ,,urf-odat” atamasi bilan bir xil ma’noda tushunadi. Ammo bu ikkala so‘zni turli xilda tushunishimiz kerak. Bunday holat hattoki, bir qator etnografik adabiyotlarda ham uchrab turadi. Bunday vaziyatda ,,marosim” va ,,urf-odat” tushunchalari bir narsami yoki farqli tushunchami, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Menimcha, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, ammo bir-biridan keskin farqlanuvchi tushunchalar hisoblanadi. Eng avvalo, shuni ta'kidlashimiz kerakki, urf-odat tushunchasi o‘ta keng bo‘lib, u shu xalq hayotining barcha tomonini- oddiy kundalik udum, rasm- rusum, irim-sirimlar, o‘zaro muomala tarzi hamda barcha marosimlarni butunicha qamrab oladi. Marosim tushunchasi nisbatan tor tushuncha bo‘lib, u shu xalq hayotining ma’lum sohalarida omma tomonidan qabul qilingan, ko‘pincha ramziy harakterga ega bo‘lgan va ma’lum kishilar tomonidan maxsus uyushtirilgan namoyishlardan iborat. Bundan ko‘rib turganimizdek, urf-odat tushunchasi xalq hayotining barcha sohalarini qamrab oladigan bo‘lsa, marosim tushunchasi esa, xalq hayotining muayyan sohalarigagina aloqador bo‘ladi. Masalan, ko‘cha-ko‘yda insonlar bir-birlari bilan uchrashib qolishsa, salomlashib ko‘rishish yoki kichiklar kattalarga birinchi bo‘lib salom berish urf-odat sanalsa, to‘y marosimlarida yor-yor aytish marosim hisoblanib, u faqat ayrim to‘y ishtirokchilarining vazifasiga kiradi. Folklorshunoslikda deyarli barcha folklorshunoslarimiz marosim folklorini ikkita kata guruhga ajratib o‘rganishadi. 1) Mavsumiy marosim folklori 2) Oilaviy marosim folklori Mavsumiy marosimlar yil fasllarining almashinuvi, ma’lum bir xo‘jalik turlarining boshlanib, yakun topishi, ob-havo bilan bog‘liq mavsumiy marosimlarni o‘z ichiga oladi. Mavsumiy marosimlarning aniq vaqti, belgilangan o‘tish muddatlari mavjud bo‘lib, masalan, yomg‘ir chaqirish qo‘shig‘ini boshqa vaqtlarga kuylab bo‘lmaydi. Mavsum qo‘shiqlari qish, bahor, yoz, kuz fasllari bilan aloqador bo‘ladi. Marosim esa diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir, yig‘in demakdir. Bundan ko‘rinib turubdiki, ,,marosim “ tushunchasi ,,bayram” so‘zi ifodalagan ma’nodan kengligi bilan farq qilar ekan. Marosim bir shaxs hayotidagi muhim voqea bilan bog‘lanishi mumkin. Bu tadbir oila chegarasi bilan cheklanadi. Bayramda esa butun-bir xalq ishtirok etadi. O‘zbek mavsumiy marosimlarining boshlanishi bevosita ,,Navro‘z” bayrami bilan aloqadordir. Navro‘z yangi yil deb ham yuritiladi. Ushbu o‘rinda Farg‘onada o‘tuvchi Navro‘z haqidagi Xitoy manbasidan keltirilgan asos muhim ahamiyatga ega: ,,Har yangi kelayotgan yilning boshida podsho va darg‘alar bosh xalq ikki guruhga bo‘lingan. Har bir guruh bittadan vakil saylab, unga jang kiyimlarini kiydirib o‘zaro jang qildirishgan, qolganlar esa raqib tomonga toshu-u kesaklar otib o‘z jangchilariga yordam berib turishgan. Jang tomonlarning biri halok bo‘lgunicha davom qilgan. So‘ngra jang natijalariga qarab yangi yilning qanday kelishini taxmin etilgan”. Marosimni nisbatan to‘laroq shaklini Namangan viloyatining Chortoq tumani hududida kuzatish mumkin. Bu yerda bolalar erta ko‘klam boychechakni topib, xonadonma-xonadon kezib chiqishar ekan. Bolalar har bir xonadon eshigi oldida to‘xtashganida ushbu qo‘shiqni kuylashar ekan: –Boychechak aytib keldik eshigingizga, Xudoim o‘g‘il bersin beshingizga, – Guruh esa: – Bota, bota-bo, boychechak, Uyingizga choch tilla. Iloyim o‘g‘il bersin, Otginasi Rahmatilla, Uy egasi ko‘rinish berganda: – O‘tirib chiqing, O‘tirib chiqing, Yog‘och tovoqni to‘ldirib chiqing, – deydilar. Xonadon sohibi boychechakni ko‘rib, tavob qilib, himmatiga yarasha ul-bul boychechakchilarga beradi. Uy egasi xasislik qilib hech narsa bermasa, boychechakchilar: O‘qim, o‘qim , Qozoningga…! – deb yomon tilak bildirishadi. Oilaviy marosim tizimi ham o‘z navbatida ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi: a) To‘y marosim folklori b) Motam marosim folklori To‘y marosimi barcha xalqlar uchun xos hisoblanadi. ,,To‘y” so‘zi ,,to‘ymoq”, ,,el-yurtga ziyofat bermoq” ma‘nolarini bildiradi. To‘y ham moddiy ham ma’naviy oziqlanish marosimidir. O‘zbek to‘y marosimlari faqat nikoh to‘yi bilan cheklanib qolmaydi. Undan tashqari, xatna, beshik to‘yilar ham shu guruhga mansubdir. Motam marosimining katta qismini yig‘i va yo‘qlovlar tashkil etadi. Yig‘ilar asosan dafn kunidan boshlab, to ,,uch” , ,,yeti”, marosimlari o‘tguniga qadar marhumning yaqin insonlari tomonidan ritual ijro qilinadi. Yig‘ilar tarkibida, albatta, yig‘ini ifoda etuvchi ,,voy-voy-ey”, ,,voy-dod-ey” kabi undov so‘zlar mavjud bo‘ladi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ,,Marosim” va ,,Marosim folklori” atamalari bugungi kunda yaratilgan va hozir qo‘llanilib, keyinchalik xalqning nutqidan o‘chib ketadigan iboralar emas. Balki, marosim butun xalqning asrlar davomida qay tarzda yashab kelganligi, qanday davrlarni boshdan kechirganligini o‘zida yaqqol namoyon qilib beruvchi xalq og‘zaki ijodi shaklidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.B.Sarimsoqov ,,O‘zbek marosim folklori” 2.A.Primov ,,O‘zbek folklori” fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma 3. A.Musaqulov ,,O‘zbek xalq lirikasi” T..Fan,2010. 4. Tafakkur.net Download 17.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling