O‘zbek folklorshunosligida topishmoq janrining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 20.45 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.45 Kb.
#1540165
Bog'liq
alimboyeva Sevinch


O‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA TOPISHMOQ JANRINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Alimboyeva Sevinch Abdumannop qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada topishmoqlarda narsa va hodisalarning obrazlar vositasida yashirinib kelishi, ularning til imkoniyatlarini ochuvchi, inson aqlini charxlovchi o‘ziga xos janr ekanligi yoritib beriladi.
AННОТАЦИЯ
В данной стате обьясняется, что вещи и события скрыты в загадках с помощью образов, что они представляют собой уникальный жанр, открывающий возможности языка и обостряющий человеческий разум.
ANNOTATION
In this article, it is explained that things and events are hidden in riddles by means of images, that they are a unique genre that opens up the possibilities of language and sharpens the human mind.
Kalit so‘zlar: Topishmoq, kichik, top, uddalay olsang,eplasang, qo‘lingdan kelsa, tabzug‘,
Topishmoqlar dunyo xalqlari folkloridagi eng qadimiy kichik janrlardan biri hisoblanadi. Bu o‘zbek folklorshunosligidagi topishmoq janriga ham xos xususiyat sanaladi.Biroq, ,,kichik” atamasini nisbiy ma’noda qabul qilish zarur. Zero, xalq og‘zaki ijodida shunday topishmoqlar borki, ularning mazmunini butun boshli ertak yoxud dostonga teng deb qarashimiz mumkin. Topishmoqlar borki, ularning mazmunini butun boshli ertak yoxud dostonga teng deb qarashimiz mumkin. Topishmoqlarimiz borasida qator izlanishlar mavjud bo‘lib, Zubayda Xusainovaning tadqiqoti alohida ajralib turadi. Olima ilk bor o‘zbek topishmoqlarini monografik planda o‘rganib, mazkur janrning o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifiy belgilari va boshqa janrlar bilan munosabatini yaxshi ochib bergan. ,,Topishmoq-xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari: doston, ertak, kushik, maqol kabi xalqning ma‘naviy boyligi va kollektiv ijodi maxsulidir. U inson ijtimoiy hayot, tabiat hodisalarining mavjud tomonlari bilan keng bog‘langan bo‘lib, hamma vaqt real zaminga asoslanadi. Unda atrofimizni qurshab turgan real, moddiy dunyodagi turli obektlar aks etadi. Har bir topishmoq o‘ziga xos shakl va mazmunga ega bo‘lgan mustaqil bir butun badiiy asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati go‘zal obrazli ifodalarda aks etadi”. O‘zbek topishmoqlarning tadqiqi olimaning bu fikrlarini to‘la tasdiqlanadi.
Dunyoda tush ko‘rmaydigan odam bo‘lmaganidek, topishmoqlari bo‘lmagan xalq ham mavjud emas. Tush qanchalik umuminsoniy hodisa bo‘lsa, topishmoqlar ham dunyoning barcha xalqlariga xos bo‘lgan xalqaro janr hisoblanadi.Har ikkalasining asoslari ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik tafakkuri bilan chambarchas bog‘liq. Shunday ekan, tushlarning ham topishmoqlarning ham yuzaga kelishida o‘xshashlik qonuniyat mavjud desak bo‘ladi ekan. Mening nazarimda, u har ikki manbaning qadim tasavvurlar va metaforaga asoslanganligidir. Topishmoqlarda biror jism ikkinchi bir jismga majoziy qiyoslanib, ,,bu nima”, degan savol qo‘yiladi va yakunida uning javobi beriladi. Bu janrning zaruriy sharti, muhim spesifik xususiyati, o‘zgarmas qonuniyati hisoblanadi.
Topishmoqlar hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o‘xshaydi. Ba‘zan mazmuniga ko‘ra ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsam, ,,top” so‘zining talaffuz etilishidanoq o‘yla, axtar, solishtir, izla ma‘nolari yetakchilik qiladi. Unga ,,ish” qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi: ,,moq” harakat nomi qo‘shimchasidan keyin ,,qo‘lingdan kelsa”, ,,eplasang”, ,,uddalay olsang” tushunchalari ifodalanadi. Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor:

  1. Hajm jihatidan to‘g‘ri va ixcham.

  2. Shaklan she‘riy, nasriy ko‘rinishga ega.

  3. Yaqratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasini qo‘yiladi.

  4. Mazmunida hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topishga da‘vat etiladi.

  5. Topilishi lozim bo‘lgan narsa, ko‘pincha, bitta, ba‘zan ikki va undan ortiq miqdorga ega bo‘ladi.

  6. Topishmoqlarda qo‘llangan asosiy badiiy san‘at istiora hisoblanadi.

Topishmoqlarda topilishi lozim bo‘lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma‘lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san’atidan foydalanilgan holda boshqa narsa bilan bog‘lanadi.Masalan:
Qopcha,
Qopcha ichida uncha,
Uncha ichida ustuncha.
Bu topishmoqda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istiora vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi qismi unga o‘xshatilmoqda. Faqat un o‘rtasida ustuni ham bor ekan. Topishmoqni topayotgan odam matnda jiyda haqida gap ketayotganini topsa, fikriy musobaqada yengan bo‘ladi.
Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda aniq daliliy ma‘lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko‘plab keltirilgan ,, Devonu lug‘atit turk” asarida topishmoq matni uchramaydi. Shu bilan birga ,,tabzug‘”-topishmoq ekanligi qayd etilgan. ,,Tabzug‘”-bu so‘z, narsa-buyum jumbog‘i bo‘lib kishilik jamiyatida olib borilgan muzokaralarda narsa-buyumlarda jumboqlarda-mohiyat taqdim etilgan. Narsa-buyumlar zamiridagi ma‘no voqea-hodisaga nisbatan munosabat va xulosa bildirishga asos bo‘lgan. Ushbu janrning badiiy talqini yozma adabiyot namunalaridan Yusuf Xos Hojibning ,,Qutadg‘u bilig” asaridagi uch oyoqli kursi manzarasi tasvirida, Alisher Navoiyning ,,Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar va Eron shohi o‘rtasidagi muzokaralar tasvirida gavdalangan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining kichik janrlaridan biri bo‘lib, mohiyat jihatdan millat vakillarining ziyrak, sinchkov, kuzatuvchan bo‘lishlari uchun xizmat qiladi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, topishmoqlar asrlar o‘tib eskirmaydigan, yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan insonlarning ongini sharhlaydigan qadimiy janrlardan biri bo‘lib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Tojixon Sobitova, Omonulla Madayev, Mamatqul Jo‘rayev, Nazmiya Muxitdinova ,,O‘zbek folklori” Toshkent-2022-yil.
2.A.Primov ,,O‘zbek folklori” Guliston-2017
3.www.Ziyo.Net
Download 20.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling