Aql aqldan quvvat
Hayot seni ehtimol o‘z oldiga o‘tkazar,
Undan yaxshi muallim topmasliging muqarrar.
Abdushukur Balxiy.
* * *
...kurash hayot sharoitidir: kurash tugaganda hayot ham tugaydi.
V. G. Belinskiy.
* * *
G‘allaning qimmati hosildorligida, kishi qimmati esa o‘z yaqinlariga manfaat keltirishi bilan o‘lchanadi. Tug‘ilmoq, yashamoq, yemak, ichmak va axir-oqibatda o‘lib ketmoqni hasharotlar ham qila oladilar... Inson omma uchun foydali, haqiqiy ma’naviy hayot bilan yashaydi.
J. Garibaldi.
Aql aqldan quvvat
Turmushdagi yomonlikni ham yaxshilikni bilganday aniq va puxta bilish kerak. Mumkin qadar ko‘proq narsa bilish kerak. Tajriba qanchalik rang-barang bo‘lsa, u kishini shuncha yuqori ko‘taradi, tushuncha shuncha kengayadi. Siz yoshlar, agar haqiqatan ham «Katta go‘zal hayot» istasangiz uni vujudga keltiring.
|
Aql aqldan quvvat
Yaxshilarni ham, yomonlarni ham unutmangiz! O‘zi uchun va sie uchun halok bo‘lgan kishilar haqidagi shahodatlarni chidam bilan to‘plangiz!
* * *
Odamgarchilik vazifasini ado qilish uchun mard yurak kerak. To odamlarning hammasi chinakam insonlik darajasiga yetmaguncha bu yurak ishdan to‘xtamasligi kerak.
* * *
Voqealardan ham ko‘ra odamlar haqida ko‘proq so‘zlash kerak. Hammadan muhimi— odamlar.
Yu. Fuchik.
* * *
Foydali do‘st 3 ta va zararli do‘st 3 ta. Foydali do‘stlar— haqqoniy do‘st, samimiy do‘st va ko‘p eshitgan do‘stdir. Zararli do‘stlar— ikki yuzlama do‘st, xushomadgo‘y do‘st va mahmadona (laqma) do‘st.
Konfutsiy.
|